G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/126
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#191676
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   126
Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi daslik

 
 


47 
II BOB. MARKAZIY ASAB TIZIMI BO‘LIMLARINING TUZILISHI VA 
VAZIFALARI 
Markaziy asab tizimi bosh va orqa miyadan tashkil topgan. Miyamizdagi 100 
mlrd.ga yaqin asab hujayralari birgalikda murakkab to‗r hosil qiladi va bu bizga asab 
yo‗llari orqali ichki muhitning nisbiy doimiyligini saqlash (1), turli xil emosiyalarni 
his qilish (2), harakatlarimizni ongli ravishda boshqarish (3), ongli ravishda o‗z 
tanamizdagi va atrof-muhitdagi yuz berayotgan o‗zgarishlarni anglab yetish (4), 
shuningdek fikrlash va xotira kabi oliy ong jarayonlarini amalga oshirish imkonini 
beradi.
2.1. Orqa miya 
MATning eng qadimiy filogenetik qismi hisoblangan orqa miya organizmning 
barcha murakkab harakatlarini boshqarishda ishtirok etadi; tana, qo‗l-oyoq terisidagi 
ekstroreseptorlardan, proprioreseptorlardan va deyarli barcha visseroreseptorlardan 
keladigan impulslarni qabul qiladi; bosh mushaklaridan tashqari hamma skelet 
mushaklarini asablaydi. Organizmdagi behisob harakat reaksiyalari orqa miyaning 
reflektor faoliyati natijasidir. Bu reflekslarning markazlari orqa miyada joylashgan. 
Ayrim reflektor harakatlarning markazlari orqa miyaning yuqori qismida joylashgan. 
Ana shu reflekslarning yuzaga chiqishida orqa miya afferent impulslarni 
reseptorlardan yuqoridagi markazga, efferent impulslarni esa, ana shu markazdan 
mushaklarga o‗tkazadi. Demak, orqa miya ikki asosiy faoliyatni – reflektor markaz 
va o‗tkazuvchi yo‗l vazifasini bajaradi.
Orqa miya tashqi ko‗rinishidan ichidan tor markaziy kanal o‗tgan uzun, silindrik 
shakldagi ipga o‗xshaydi. U umurtqa kanalida joylashgan va katta ensa oralig‗ining 
pastki chekkasidan boshlanadi. Tashqaridan orqa miya 3 qavatdan tuzilgan – 
qattiq, 
to‘rsimon
va 
yumshoq

Katta yoshli odam orqa miyasining uzunligi o‗rtacha 43 sm (erkaklarda – 45, 
ayollarda 41–42 sm), og‗irligi 34–38 g atrofida bo‗ladi va bu bosh miya massasining 
taxminan 2%ini tashkil qiladi. Orqa miyaning boshidan oxirigacha uning ikkala 
tomonidan 31 juft orqa-miya asablarining ildizchalari chiqadi. Orqa miyaning orqa 


48 
miya asablarining ikki juft ildizchalariga (2 ta oldingi va 2 ta keyingi) mos keladigan 
qismi orqa miyaning 
segmenti
deyiladi. Odamning orqa miyasi 31 segmentdan 
iborat. Shulardan 8 tasi bo‗yin, 12 tasi ko‗krak, 5 tasi bel, 5 tasi dumg‗aza va 1 ta 
dum (18-rasm). Orqa miyaning uzunligi umurtqa ustunidan ancha kalta bo‗lganligi 
sababli orqa miya segmentining tartib raqami va ularning joylashishi bo‗yin qismidan 
boshlab shu nomli umurtqalarning tartib raqamiga to‗g‗ri kelmaydi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   126




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin