G’. M. Sayfullayev


Jonli tabiat burchagini jihozlash



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə102/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Jonli tabiat burchagini jihozlash.


Burchakda hayvonlar uchui ajratilgan joy ularning tabiatdagi hayot sharoitlariga mos bo‘lishi kerak. Akvariumni zoodo‘kondan olgan ma’qul. Ammo akvarium sifatida xohlagan shisha idishdan foydalanish mumkin, lekin shun hisobga olish kerakki, baliqlar asosan to'rtburchak idishda yaxsh ko‘rinadi. Akvariumdagi baliqlar soni uning katta-kichikligiga (o‘lchamiga) va undagi o'simliklarning soniga muvofiq
bo‘lishi kerak, bunda yutiladigan va chiqariladigan kislorodning balans ta’minlansin.
Akvarium baliqlari doimiy parvarishga muhtoj. Ularga oziqni zoodo'kondan sotib olish mumkin. Baliqlar shartli refleks hosi qilishlari uchun ularni muayyan vaqtda oziqlantirish kerak. Bolalar suv haroratini termometr bilan o‘lchab tekshirib boradilar.
Sudralib yuruvchilar, suvda va quruqlikda yashovchilar uchun xilma-xil ko‘rinish va o'lchamdagi terrariumlar quriladi. Odatdagi terrarium metalldan yoki yog'ochdan tayyorlangan yashik bo‘lib yon va tepa devorlari shisha va to‘rdan iborat. Shisha devor terrariumda yashovchilarni kuzatish, yon devor hamda tepasining to‘rda bo‘lishi toza havo bilan ta’minlash imkoniyatini beradi Terrariumning metall tagligiga tuproq sepiladi, unga o'simlikla o‘tqaziladi va suvli idish joylashtiriladi. Terrariumga undi yashovchilarning yashirinishlari uchun toshlar qo'yiladi. Suvga va quruqlikka ehtiyojmand suv baqalari va tritonlar uchun akvaterrarium, ya’ni quruqlik oroli bo'lgan akvarium quriladi, akvarium tagiga tuproq solingan va suv sathidan bir oz ko'tarilib turadigan shisha bonka qo'yib tayyorlash qiyin emas.
O‘simlik va hayvonlar namunalarini yig‘ish, kuzatishlar tashkil qilish. Jonli tabiat burchagining aholisi (ya’ni o'simlik va hayvonlari) uning asosini tashkil qiladi, unga qarab jihozlar tanlanadi. O‘simlik va hayvonlar to'plami geografiya dasturiga ko‘ra o'lkashunoslik xususiyatlari hisobga olinib belgilanadi. Barcha o‘simliklar ularning nomlari, qachon va qayerdan olinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar yozilgan yorliqlarga ega bo‘lishlari zarur.
Avvalo, o‘simliklarning shundaylarini tanlash kerakki, bunda jumladan, quruq iqlimga (kaktus, aloe), nam iqlimga (asparagus tradeskansiya) moslashgan o‘simlikIarni, tropik o'simliklarni (begoniya), mo‘tadil iqlim o‘smliklarini (navro'zgul), yorug‘likni sevuvchi (xina) va soyaga chidamli (plushch, aspidistra) o'simliklarni namoyish qilish mumkin bo‘lsin.
Keyin shunday o‘simliklar tanlanadiki, ular bilan, masalan, yorongul, fuksiya, begoniya, kaktus, tradeskansiya, elodeya, binafsha kabilarning har xil turlari
yordamida turlicha tajribalar o'tkaziladi. Tradeskansiyada qalamchalar bilan ko’paytirishini namoyish qilish maqsadga muvofiq. Begoniya, fuksiya, yoronguldan ham foydalanish mumkin. Barglardan ko’paytirishni uzumbarg binafshasi va boshqa shu turdagi o‘simliklarda ko'rsatish mumkin.
Jonli tabiat burchagida tajribalar o‘tkazishda har xil madaniy o‘simliklaming urug‘laridan: loviyaning quruq, ivitilgan urug'idan (1- sinf), rediska, qizil lavlagi, sabzi urug'laridan (2- sinf), pomidor urug‘i va paxta chigitidan (3- sinf) keng foydalaniladi. Tajribalar geografiya va qishloq xo‘jaligi mehnati dasturiga muvofiq o'tkaziladi.
Jonli tabiat burchagida hayvonlarning har xil turlari bo'lishi lozim. Barcha akvariumlarda chig‘anoqli molluyskalar bo‘lishi kerak, chunki ular akvarium devorlarini suv o'tlaridan tozalaydi, atmosfera havosidan nafas olganliklari sababli akvariumdagi boshqa hayvonlar uchun zarur bo‘lgan suvdagi havoni yutmaydi. Baliqlardan yashash sharoitlariga uncha talabchan bo'lmaganlari, masalan, guppi, qilich baliq, tilla baliq, to‘rsimon dumli baliq, teleskop, kometa kabilarni saqlagan yaxshi. Aylanchiq baliq, suv qandalasi kabi suv havzalari vakillarini alohida shisha bonkalarda saqlash kerak, chunki ularni baliqlar yeb qo'yadilar. Shuningdek, yirtqich hisoblangan gambuziyani ham alohida saqlagan ma’qul.
Geografiya o`qitish jarayonida akvarium katta rol o'ynaydi, o'quvchilar suv hayvonlarining harakatlanishini, qanday ov qilishlarini kuzatadilar, ularning tana qismlarini ko‘radilar. Baliqlami harakatda ko’rib, bolalar ularning harakat a’zolariga e’tibor beradilar, baliqlar hayotida rang qanday rol o‘ynashligini aniqlaydilar. Gambuziya va tangabaliqlarning ko‘payishini kuzatishga alohida e’tibor beriladi. Kuzatish kundaliklarida tangabaliq lichinkalari va gambuziya chavoqlarining paydo bo‘lishi hamda rivojlanish muddatlari yozib boriladi. Akvariumda hayvonlardan
tashqari o‘simliklar (shoxbarg, urut, vodokars, vallesneriya, elodeya, ryaska) ham saqlanadi, ular bilan o‘quvchilar dastumi o‘tish davomida tanishib boradilar.
Dasturga muvofiq kichik yoshdagi maktab o'quvchilari baqa va qurbaqaning rivojlanishi (itbaliq, dumli baqacha va yetuk baqaning vujudga kelishi) ni ham kuzatadilar. Jonli tabiat burchagida bolalar ularni solishtirishlari, tana qismlarini
ko'rib chiqishlari, ularning tuxumlari bir-biridan qanday farq qilishini, tuxumdan itbaliq rivojlanishini kuzatishlari mumkin. O‘quvchilar, shuningdek, kaltakesak va toshbaqalarning xulq-atvori, harakatlanishi, tashqi xususiyatlarini ham kuzatishsa bo'ladi.
Geografiya o'qituvchisi o'quvchilaming jonli tabiat burchagidagi o‘simlik va hayvonlarni izchil ravishda parvarish qilib borishlariga, gullarni muntazam sug'orishlari, barglarni yuvishlari, hayvonlarni boqishlari hamda toza joyda saqlashlariga erishishi kerak. Buning uchun o‘quvchilaming navbatchiligi yo‘lga qo‘yiladi.
Jonli tabiat burchagidagi tajriba, kuzatish va amaliy ishlar o‘qituvchining diqqat markazida bo'lishi va u tomonidan nazorat qilib borilishi kerak. Barcha ishlar reja bo’yicha tuzilishi zarur, reja tuzishda mavsumiylik tamoyiliga amal qilish lozim. Burchakdagi ishlar yillik, yarim yillik va choraklik reja asosida tuziladi. Reja tuzishda o‘quvchilarning qiziqishlari, ishni uddalay olishlari hisobga olinadi. Rejada maqsad va mavzuni belgilash, ishning mazmuni va shakllari ochib berilishi, amalga oshirish metodlari ko‘rsatilishi, O‘quvchilar egallashi mo‘ljallangan amaliy ko‘nikmalar belgilangan bo'lishi kerak. Ayrim mavzularni ham rejalashtirish mumkin. Ish rejasining bajarilishini maxsus jurnalda qayd etib borish zarur. Umumiy daftar jurnal sifatida xizmat qilishi mumkin, unda o‘qituvchi, o‘quvchilar bajargan ishning hajmi va olgan natijalarini ko‘rsatadi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin