G’. M. Sayfullayev


Jo`g`rofik maydoncha va tabiat burchagida kuzatish



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə100/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Jo`g`rofik maydoncha va tabiat burchagida kuzatish.


Joydagi amaliy ish va kuzatishlarning ko‘p qismini maktab oldi yer maydonida jihozlangan geografiya maydonchasida o'tkazish mumkin. Bunday maydonchada odatda tushuntirishi va o‘zlashtirilishi qiyin bo‘lgan murakkab mavzular o‘rganiladi. Geografiya maydonchasida ishni tashkil etish maktab oldi maydonidagidek bo'ladi. Geografiya maydonchasidagi darsga «Tabiatda suv» mavzusidagi dars misol bo‘lishi mumkin. Buning uchun maydonchaga suv keltirilib, tegishli suv oqimini hosil qilish kerak. Agar suv oqimi yo'liga har xil to'siqlar qo‘yilsa, qirg'oqlarning yuvilish orollarning hosil bo‘lish, daryoning oqimi, irmog'i va quyilish manzarasini vujudga keltirish mumkin. Geografiya maydonchasida o‘quvchilar tepalikning tuzilishi yaxshi ko‘ringani uchun, yotiq va tik yonbag‘irliklarini qarab chiqadilar, keyin o'zlari qumda tepalik modelini tayyorlaydilar.
Shuningdek, soyni uning yaxshi ko‘rinadigan qismlari - boshlanishi, oqimi, quyilishi, o‘ng va chap qirg'oqlari bilai modellashtirish mumkin.
Bunda o'quvchilar Quyoshning ufq ustidagi balandligin aniqlash uchun kun yarmidagi soyaning uzunligini o'lchashga ufqning asosiy va oraliq tomonlarini erkin aniqlashga o‘rganadilar tabiat hodisalarini kuzatadilar va tushuntiradilar. Geografiya maydonchasida 3-4- sinf o'quvchilari bilan mahalliy belgilarga qarab ufq tomonlarini aniqlash, kompas bo'yicha aniqlash quruqlik yuzasining shakllari, tog'lar kabi mavzularda darslar olib borish mumkin, bu darslar bolalarni qiziqtiradi, chunki ular amaliy faoliyat bilan bog‘liqdir.
Takrorlovchi umumlashtiruvchi dars odatda mavzi o'rganilgandan keyin o‘tkaziladi. Uning didaktik maqsadi ilgari o'tilgan qator darslar mazmunini bir-
biriga bog‘lash, ulardagi eng muhim masalalarni aniqlash va, umuman, mavzu bo‘yicha umumlashgan xulosalar chiqarishdir.
Takrorlovchi - umumlashtiruvchi darslar mazmuniga yangilik elementlarini: yangi misollar, oldingi darslarda foydalanilmagan ko’rgazmali qurollar, diafilmlar, diapozitivlar kiritilishi lozim.
O‘qituvchi takrorlovchi-umumlashtiruvchi darsga puxta tayyorlanishi (o‘rganilgan mavzu bo'yicha savollar ro'yxatin tuzish, umumlashtiruvchi jadval o‘ylab chiqish, individual didaktik kartochkalar tayyorlash) kerak. Bilimlaming o'zlashtirilganligin chuqurroq tekshirish uchun dasturlashtirilgan kartochkalardan shuningdek, o‘quvchilar tomonidan avval tayyorlangan albomdan foydalanish mumkin.
O‘quvchilar bilimini tekshirishda umumlashtiruvchi jadvallar alohida ahamiyatga ega, chunki ularda o'yin elementlari bor. Misol sifatida «To'rtinchisi ortiqcha» jadvalini keltirish mumkin. Bu jadvalning har bir qatorida to'rtta umumiy bo'lgan hayvonlardar uchtasi ular uchun umumiy bo'lgan belgi bo'yicha alohida guruhga birlashtirilishi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin