G’. M. Sayfullayev



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə101/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Jonli tabiat burchagi. Tabiatda davomli (uzoq vaqt davom etadigan) kuzatish va tajribalar o'tkazish uchun jonli tabiat burchagi tashkil qilinishi kerak, u yerda hayvon va o'simliklarni saqlash va zaruratga qarab ulardan geografiyani o'rganishda foydalanish mumkin. Burchak o'quvchilaming darsdan va sinfdan tashqari ishlari uchun baza hisoblanadi. Bu yerda ular yilning istagan vaqtida ish olib borishlari mumkin. Quyi sinflarda tabiatni o'rganishni hamisha bolalami doimo o‘rab turgan va ularga tanish bo‘lgan o'simlik hamda hayvonlardan boshlash lozim. Bu tamoyilga darslarda ham, sinfdan tashqari mashg'ulotlarda ham amal qilish kerak. Bu tamoyilni amalga oshirishga jonli tabiat burchagidagi ishlar imkon beradi. Shu vaqtning o‘zida u o'quvchilarda jonajon vatanga muhabbatni tarbiyalaydi, tabiat to‘g‘risidagi bilimlarini kengaytiradi.
Ekskursiyalar jonli tabiat burchagini tashkil qilishning boshlanishi bo’lishi mumkin. Suv havzasidagi hayot bilan tanisha turib, o‘quvchilar molluska, ninachi qurtlari, har xil qo‘ng‘izlar, peskar (tangabaliq), shuningdek, suv o'simliklarining
barchasi akvarium, shisha bonkalar yoki boshqa yaroqli idishlarga joylashtiriladi. Bog‘ va polizlarda ko‘pincha meva, rezavor meva hamda sabzavot o'simliklari zararkunandalarining g'umbak va qurtlari uchraydi. Ekskursiya vaqtida ularni yig‘ib, jonli tabiat burchagida ular ustida hasharotlar taraqqiyotining butun siklini tekshirib borish va qurtning harakatsiz g‘umbakka aylanishini, g'umbakdan kapalak chiqishini kuzatishni tashkil qilish mumkin. Jonli tabiat burchagiga keltiriladigan tirik obyektlar alohida daftarda hayvon yoki o'simlikning keltirish vaqti (kuni), kimdan qabul qilinganligi, hayvonning nomi va holati ko'rsatilib qayd etib borilishi kerak.
Jonli tabiat burchagi uchun xona. Jonli tabiat burchagi uchun xona ajratilgani ma’qul. Bunga imkoniyat bo'lmaganda burchak o‘simlik va hayvonlari geografiya xonasi yoki sinfga joylashtiriladi. Jonli tabiat burchagi uchun xona yorug‘ bo'lishi kerak, deraza ro’parasiga qo'yilgan har xil tagliklar ham suv hayvonlari hamda suv o'simliklari bo'lgan akvariumlarni qo‘yish uchun qulay bo'lishi lozim.
Agar jonli burchak alohida xonada bo‘lsa, unda qushlarni ham saqlash mumkin. Barcha qush qafaslariga tozalash oson bo‘lishi uchun harakatlanadigan taglik va oziq uchun harakatlanadigan yashik o‘rnatiladi. Maktab tabiat burchagida jo‘r, sa’va, to‘ti, chittak kabi qushlami saqlash ma’qul. Qafaslar devor yoki derazalarga ilib qo'yiladi, ularni shamol o‘tib turadigan joyga qo‘ymaslik kerak, bunday joy qushlar uchun halokatlidir. Terrariumlar xona o'rtasiga yoki devor bo'ylab qo'yilgan, stolchalarga o'rnatiladi. Sut emizuvchilarning (olmaxon, dengiz cho'chqasi) katakchalari xonaning qorong'iroq qismida polga qo'yiladi. Agar Geografiya xonasi katta bo'lmasa, o'simlik va hayvonlarning bir qismi sinflarga joylashtiriladi, kerak bo‘lganda ulardan foydalaniladi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin