Tabiat haqidagi bilimlami o‘zlashtirishda amaliy ishlar katta rol o'ynaydi. Amaliy
ishlar o‘quvchilami ular faoliyati jarayonida har xil mehnat operatsiyalariga o'rgatish metodidir. Amaliy ishlarga o‘quvchilaming ekskursiya vaqtida tabiiy materiallar yig'ish, maktaboldi yer maydonidagi va tirik tabiat burchagidagi o'simliklarni parvarish qilish, gerbariy va kolleksiyalar tuzish, mulyaj, maket, ko'rgazmali qurollar tayyorlash kabi faoliyat turlari kiradi.
Geografiya bo‘yicha amaliy ishlar dastur va darsliklarga kiritilgan, ularning bajarilishi majburiydir. Ular boshlang‘ich sinfda politexnik ta’limni amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Amaliy ishlarning samaradorligi o‘quvchilarning ularni bajarishga tayyorgarlik darajasiga bog‘liq. Amaliy ishlarga tayyorlanish odatda uzoq vaqtni talab qiladi va bir necha bosqichdan iborat bo'ladi
O‘quvchilaming nazariy tayyorlanishi. Masalan, maktaboldi yer maydoniga sabzavot va manzarali o'simliklarni o'tqazish oldidan o'quvchilar ularning urug'larining unib chiqishini uzoq vaqt kuzatadilar. Uyda, tirik tabiat burchagida yoki darsda bolalar o‘simlik urug‘dan asta-sekin va muayyan sharoit (namlik, havo, issiqlik) bo‘lgandagina rivojlanishini aniqlaydilar. Olingan nazariy bilimlar o'quvchilami o'zlariga ajratilgan paykalda yoki tirik tabiat burchagida amaliy ishlami diqqat bilan, yodda saqlab bajarishga imkon beradi. Nazariy tayyorgarlikdan keyin bolalar ekish vaqtida tuproqning yumshoq, nam va issiq bo‘lishi kerakligini bilib oladilar, amaliy ishda faol qatnashadilar.
Amaliy ishda O‘quvchilaming barchasi qatnashishlari lozim. Buning uchun bolalarni ish bajarishga kerak bo'ladigan ish qurollari, asbob-uskuna va materiallar bilan ta’minlash zarur. Masalan, gerbariy tuzish uchun yig'ilgan o'simliklar solinadigan papka, qalin qog'oz yoki karton varag'i, ip, igna bo‘lishi lozim.
O‘quvchilarning amaliy ishlari o'qituvchi tomonidan nazorat qilib boriladi. U ishni bajarishda qiynalganlaiga o‘z vaqtida yordam berishi lozim. Biroq bunda bolalarning faolligi hamda mustaqilligini chegaralamaslik kerak.
O‘quvchilarning ishlari albatta tahlil qilinadi va baholanadi, muvaffaqiyatli bajarganlar rag'batlantiriladi.
Bu ishlarning bajarilishi O‘quvchilarning bilish faolligini oshirishda, bilimlarni konkretlashtirish va mustahkamlashda O‘qituvchiga yordam beradi.
Birinchi sinfda bolalar amaliy ish ko‘nikmalarini hali egallamagan bo'ladilar. Shuning uchun dastlabki paytlarda amaliy ish mashq qilish xarakterida bo’ladi. Masalan, tushda (kunning o‘rtasida) soyaning qoziqdan uzunligini aniqlashga yoki have haroratini o‘lchashga va ularning natijalarini yozib borishga O‘rgatish uchun uzoq vaqt mashq qilish kerak bo'ladi. O‘quvchilar oddiy, ko‘p vaqt va urinishni talab qilmaydigan topshiriqlardan asta - sekin ancha murakkabroq vazifalami bajarishga o'tadilar. Vaqt o‘tishi bilan amaliy ishlar tobora mustaqillashib borishi kerak. O'qituvchining amaliy ishlarga rahbarlik qilish shakllari ham o‘zgarib bormog'i lozim: agar birinchi darslarda har bir o‘quvchiga bosqichlar bo'yicha batafsil yo'l- yo'riq berish kerak bo‘lsa, yilning ikkinchi yarmida ish bo'yicha sinfdagi barcha o'quvchiga ko'rsatma berish kifoyadir. Amaliy ish o'tkazishda o'qituvchi o‘quvchilar asoslanadigan bilimlar saviyasini aniqlash kerak.
Shuningdek, rasmlar chizish, plastilindan obyektlar yopishtirish, tabiiy materiallami modellashtirish ham tavsiya qilinadi. Bunda o'quvchilar tasvirlanadigan jism yoki hodisaga diqqat bilan qaraydilar, ulardagi ilgari e’tibor berilmagan xususiyatlarni payqaydilar. Amaliy ishlar vaqtida xulosalarni yozib borish yoki rasmlar ostiga yozuvlar yozish bolalarga ta’riflami aniqlab olishga, geografiya atamalarini esda saqlashga yordam beradi.
Amaliy ishlami tajriba va kuzatishlar bilan bog‘lab olib borish kerak. Chunonchi, qizdirganda va sovitganda suv haroratining o'zgarishini kuzatish oldidan o'quvchilar suvning uch holatda bo'lishi, haroratning o'zgarishi bilan ular bir-biriga o'tishi to‘g‘risida bilim olishlari kerak. O'quvchilar termometr tuzilishini bilishlari va undan foydalana olishlari lozim. Ular 2- sinfda olgan bilimlaridan erkin foydalana olishlari uchun o'qituvchi avval suhbat, keyin amaliy ish o'tkazadi, bu vaqtda kerakli tajribalami takrorlaydi, termometrni qarab chiqishni taklif qiladi. Ilgari o'tkazilgan tajribalarga mavjud bilim,uquv hamda ko'nikmalarga murojaat qilish zarur, chunki bu o'quvchilarning aqliy faolligini oshiradi, yangi bilimlami yaxshiroq o'zlashtirilishiga yordam beradi.