G’. M. Sayfullayev


Ko`rgazmali qurollarni, tajriba kino va videofilmlarni hamda sxemalarni namoyish qilish



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə95/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Ko`rgazmali qurollarni, tajriba kino va videofilmlarni hamda sxemalarni namoyish qilish.


Tajribalar atrof tabiatni bilishning samarali metodi hisoblanadi, chunki ularda bolalarni qiziqtiradigan elementlar mavjud Bolalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, kuzatuvchanlik mantiqiy Fikr yuritish va nutqni tarbiyalashda tajribalar katta ahamiyatga ega. Bolalar kishilarning tabiatni o'zgartirishlarida tajribalar chinakam vosita bo'lishini ko'rishlari kerak. Tajribalarni o'quvchilar asosan mustaqil holda o'tkazadilar. Asboblar va moddalar bilan juda ehtiyot bo'lib ishlash talab etiladigan tajribalarni o'qituvchining o'zi o'tkazadi.
Tajriba o'tkazishdan oldin o'quvchilar undan ko'zlangar maqsadni yaxshi
tushunib olishlari, tegishli anjomlar (moddalar asboblar va boshqalar) bilan tanishib chiqishlari kerak. Tajriba o‘tkazish, uning borishi va natijalarini «Kundalik kuzatish daftari»ga yoki tutilgan daftarlarga yozib borish uchun bolalar bilan birgalikda batafsil ishlab chiqilgan reja bo‘Iishi zarur. Tajribalar natijalari ham daftarlarda yoritiladi va xulosalar chiqariladi.
Sinfda, maktab o‘quv-tajriba maydonchasida va joylarda olib boriladigan amaliy ishlardan maqsad bilimlarni o’zlashtirib olishdangina emas, balki ma’lum malaka va ko'nikmalami egallab olishda ham o‘quvchilarga yordam berishdan iborat. Bunday ishlar sirasiga, masalan, tabiat ustidan kuzatuv olib borish, kuzatuv natijalarini yozib borish va ishlab chiqish malakasini egallashga, gerbariy, kolleksiyalar, ko'rgazmali qo'llarni tayyorlashga, o'lchov ishlarini bajarishga (havoning harorati, gnomon soyasining uzunligi va boshqalarni o'lchashga) qaratilgan ishlar; tuproqning xossalarini, foydali qazilmalarni, odamning tanasi, shaxsiy hamda jamoat gigiyenasi qoidalarini o‘rganishga bog'liq bo‘lgan amaliy ishlar kiradi.
O‘quvchilaming har bir amaliy ishi oldindan yaxshilab tayyorlangan, to'g'ri tashkil etilgan, aniq rejalashtirilgan, topshiriqlar mazmuni puxta tuzilgan bo'lsagina ular samarali natija berishi mumkin.
Tajriba geografiyani o’qitishning yetakchi uslubi ekanligi bois hamda ba’zi turdagi amaliy ishlarni tayyorlash, tashkil etish, ularning o’zlariga xos xususiyatlari va ahamiyati bilan tanishamiz.
Tajriba geografiyani о ‘qitishning amaliy metodidir. Tajriba o‘qitish metodi bo’lib, uning yordamida o’rganilayotgan hodisa qonuniyatini aniqlashga yordam beruvchi sharoitlar yaratiladi. Tajribalar o’tkazishda o'quvchilarda boshqa metodlar bilan egallash mumkin bo’lmagan geografiya tasavvurlari shakllanadi.
Tajribalar atrof olamni bilib olishning qiziqarli va samarali metodidir. Ular ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, kuzatuvchanlik, mantiqiy tafakkur va nutqni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. U dunyoning moddiyligini, uni idrok qilib olish mumkinligini tasdiqlovchi har xil jismlarning xossalarini bilib olishning chinakam ilmiy metodidir.
Tajribalar mavhum tushunchalarni aniq tushunchalarga aylantirishda bolalarga yaqindan yordam beradi. Masalan, ular faqat tajriba jarayonidagina termometrning simob ustuni haroratning o‘zgarishiga qarab ko‘tarilishi va pasayishiga ishonch hosil qiladilai Faqat tajribagina suvning bir holatdan ikkinchi holatga o‘tishini ko‘rsatadi.
Oddiy tajribalar o‘quvchilar tomonidan uy sharoitlarida o‘quv-tajriba maydonida yoki tirik tabiat burchagida mustaqil bajariladi. Murakkabroq tajribalarni o'qituvchi darsda namoyish qiladi. Shuni esda tutish kerakki, mazmuni jihatidan eng oddiy tajriba faqat bilim berishi bilangina emas, balki kuzatish jarayonini fahmlashga, uning natijalarini ta’riflashga yordam berishi bilan ham qimmatlidir.
Faraz qilaylik, o‘quvchilar darsda Quyoshning Yer yuzasigi nisbatan holatiga qarab kuzda ob-havoning sovib borishi to‘g‘risida bilim olishlari kerak. Bu hodisani tushuntirish uchun o‘qituvchi tajriba o‘tkazadi. U yonib turgan shamga ingichka qog‘oz tasmachasini tutadi. Bitta tasmachani shamning tepasida ikkinchisini shamdan sal uzoqroqda ushlab turadi. O‘quvchilar qog‘oz tasmachalaming qaysinisi oldinroq yonganligini aytishlar va nima uchunligini tushuntirishlari lozim. O‘quvchilar bu tajribi orqali yozda va kuzda Quyosh nurlarining Yer yuzasini qanda isitishini bilib oladilar.
Tajribaning borishini kuzatib, o‘quvchilar kuzda Quyosh Yer ustida kun sayin tobora pasayishi to‘g‘risida xulosa chiqaradilar. Uninj qiya tushayotgan nurlari Yer yuzasidan uzoqlashib o‘tadi va havoni isitmaydi. Shuning uchun ham kuzda sovuq tusha boshlaydi.
Materialni mustahkamlash uchun o‘qituvchi namoyish qilgan va o‘quvchilaming o‘zlari o‘tkazgan tajribalarining rasmini chizisl yoki ularni ta’riflab yozish, ba’zi hollarda uni ham, buni han bajarish kerak. Asbob va moddalar bilan ishlashda ehtiyotlikni talab qiluvchi tajribalarni o‘qituvchining o‘zi o‘tkazadi. Har qaysi tajribani boshlashdan oldin o‘quvchilarga uning maqsadini, tajriba o‘tkazishda nima uchun xuddi shu asbob va moddalar olinganligin yaxshilab tushuntirish, tajribaning o'tkazilishini hikoya qilib berisl rejasini yozish kerak. Amaliy uslublar o'qituvchi tomonidan tashkil qilinadigan va yo‘naltiriladigan, o‘quvchilar fikrini
rivojlantirishga mo‘ljallagai so‘z, ko‘rgazmalilik va amaliy ishning o‘zaro murakkab bog‘lanishida bo‘lishini ko‘rsatadi.
Amaliy uslublar qo‘llanilishi o‘quvchilar retseptorlari va effektorlarining faol faoliyati bilan bog‘liq. Amaliy uslubla o‘rganilgan materialni chuqur tushunib yetishga, ko‘nikma va malakalar hosil qilishga imkoniyat yaratadi. Amaliy uslublami qo‘llashga o‘quvchilar faoliyatining o‘zi bilim manbai hisoblanadi. Bunday usullar sirasiga og'zaki, yozma mashqlar, laboratoriya ishlari, maktab yer maydoni, tirik tabiat burchagida sinfdan tashqari bajariladigan mashg'ulotlar kiradi.
Amaliy uslublarning turlariga:

  1. O‘quvchilaming tarqatma didaktik material bilan turli narsalar yasashi;




  1. Rasm chizishi;




  1. Tabiat obyektlarini tanib olish va aniqlash bo'yicha ishlari;




  1. Hodisalarni kuzatish va qayd qilishlari;




  1. Tajriba o‘tkazishlari (tajriba vositasida masalalarni hal qilish) kiradi.

Amaliy ish boshlanishi oldidan qo‘yilgan savol, muammo, masalaga o'quvchilar uning natijalari bilan javob berishlari kerak.


Geografiya darslari tanib olish va aniqlash amaliy metodlarining bir turi bolib, tarqalgan o'simliklarni yoki ularning qismlarini farqiga borib, tanib olish xususiyatlarini o'rgatadi.
Taqqoslashdagi farqga borish o'quvchining aniqlash qobiliyatini rivojlantiradi. Farq qilish va aniqlash bo'yicha ishlar darslardagina olib borilmaydi, o'qituvchi tabiatga uyushtiriladigan ekskursiyalarda ham o‘simliklarni topish va to‘plashni, namunalar yig‘ishni, ularning yoshi, vegetativ usullari, tuproq kesmalari, moslashishlarini, o‘zgaruvchanlikni o'quvchilarning o‘zlashtira olish qobiliyatlariga qarab tanlab berishi kerak. O‘simliklar, ular qismlarining shaklini bilib olish bo'yicha ishlarni o'quvchilar uy vazifasi sifatida bajaradilar.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin