Tasviriyko'rgazmaliqurollarniko'rsatishasosidagisuhbat Geografiya darslarida ko'pincha suratlardan foydalaniladi Masalan, «Dashtlar tabiati» mavzusini (4- sinf) o'rganishda o'qituvchi doskaga «Bahorda dasht» nomli suratni iladi va mavzi bo'yicha suhbat o'tkazadi O‘quvchilar suratda nimalar tasvirlangan? Suratda qanday o'simliklami ko'ryapsiz? (qum qiyoqi lola, gulsapsar, saksovul). Nima uchun dashtda o'simliklar kam? Nima uchun dashtda baland daraxtlar yo'q? Suratda tasvirlangai hayvonlarni sanab bering (burgut, ilon, kalxat, dasht qarg'asi o‘q ilon, qum quyoni, chipor yashurka). Bu jonzotlar nimalar bilan oziqlanadilar? kabi savollarga javob berishlari kerak.
Yordamchi savollar bo'yicha suratni tahlil qilib, o'quvchila yangi ma’lumot oladilar, chunki o'qituvchi o'quvchilarning javoblarini to'ldiradi, tushuntiradi va aniqlaydi.
O‘qilgan darslik mavzusi (maqolasi) asosida suhbat.Suhbatning maqsadi u yoki bu tabiat hodisasini bolalar tomonidan to‘g‘ri tushunilganligini aniqlash, mavzuni o'qishdan olingan yangi bilimlarni mustahkamlash va tizimlashtirishdir.
sinfda matn o'qilgach qisqa suhbat o'tkaziladi, unda bolalarga o'qilgan matn mazmunini qanday tushunganliklarini aniqlashga yordam beruvchi 2—3 ta savol beriladi. Keyin matn abzaslar yoki mantiqan tugallangan qismlar bo'yicha o'qiladi va o'qilganlarning mazmuni aniqlanadi. Shundan keyin o'quvchilarga o'qilgan
qismida qancha jumla bo'lsa, o'shancha savol beriladi. Matn albatta o'qituvchi tomonidan sharhlanadi, dars hikoya qilib berish, ko'rgazmali qurollar, o‘qitishning texnika vositalarini namoyish etish bilan birga olib boriladi. Suhbat o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirish darajasini aniqlash bilan tugallanadi.
Geografiya o`qitishning og'zaki metodlari ta’lim jarayonida o'qituvchi oldida turgan umumta’lim va tarbiyaviy vazifalarni amalga oshiradi.