Ma’lumki, mazmun va o'quvchilarning yoshiga muvofiq tarzda tanlangan metodlar bilim sifatining yuqori bo'lishini ta’minlaydi. Metod umumiy ma’noda maqsadga erishish usulidir.
O‘qitish metodi o‘qituvchining bilimlar berish va ayni paytda ularni o'quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olish usulidir. Metodning bu ta’rifi uning ikki bir-biriga bog‘liq tomonlari: beruvchi, ta’sir qiluvchi- o'qituvchi va qabul qiluvchi, o‘zlashtiruvchi - o‘quvchilarni ifodalaydi. Bu o‘zaro ta’sir qilishning xarakteri bo’lishi manbaiga bog‘liqdir. Bilim manbai o‘quv materialining mazmun bilan belgilanadi, u ta’lim jarayonida yetakchi hisoblanadi. Geografiyani o‘qitish amaliyotida turli xil o‘qitish metodlari qaror topgan. Biroq ushbu ancha muhim belgilarga qarab ular quyidagicha guruhlashtirish mumkin:
o‘quvchilar bilim oladigan manbalar;
d) o‘qitish jarayonida o'quvchilar faoliyatining xarakteri.
Bu uch belgi o‘rgatish va o‘rganishni bir butun jarayon sifatid tushunishdan kelib chiqadi. Bunda o‘qituvchining (o‘rgatuvchining) va o'quvchining (o'rganuvchining) faoliyatlari o‘zaro bog‘langan va taqozo qilingan, bilim manbalari esa o‘qituvchining, faoliyati bilan o‘zaro chambarchas bog‘lanishda bo‘ladi.
Darsda o'qituvchi turli ta’lim metodlaridan foydalanadi. O‘qitish uslublarini tanlashda bir qator omillar: yordamchi maktabning hozirgi bosqichdagi taraqqiyoti, o‘quv fani, o‘rganiladigan materialning mazmuni, o‘quvchilarning o‘quv materialini egallashga tayyorgarlik darajasi katta ahamiyatga ega.
Uslub tanlash va uni qo‘llash xususiyati faqat darsdagi o‘quv materialining maqsadiga emas, balki mazmuniga qarab ham aniqlanadi.
O‘qitish uslubi tushunchasi didaktik va uslubiyatning asosiy tushunchalaridan biri.
Pedagogikada o‘qitish deganda, o'qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari, ish usullarining tushunish qabul qilingan. Bu faoliyat yordamida o‘qituvchi bilim beradi, o'quvchilar bo‘lsa bilim doiralarini kengaytiradilar, ularning bilish qobiliyatlarini rivojlantiruvchi, dunyoqarashini shakllantiruvchi malakalar vujudga keladi.
Таlim-tarbiyajarayonio‘qituvchining o‘rgatuvchilik faoliyati bilan o‘quvchilarning o‘qish faoliyatining uyg'unlashishidir.
O‘qitish metodi deganda o‘qituvchi va o'quvchilarning o'zaro bog'langan faoliyati tushuniladi, bu jarayonda o'quvchilar tomonidan bilim, uquv va ko‘nikmalar o'zlashtiriladi, ularning idrok qilish qobiliyatlari rivojlanadi, dunyoqarashi shakllanadi.
O‘qitish metodlari to‘g‘risidagi masala -geografiyani o‘qitish metodikasidagi eng muhim masalalardan biridir: u geografiya tasavvurlari hamda tushunchalarini to‘g‘ri shakllantirish, sifatli ta’lim va tarbiya natijalariga erishish uchun qanday o‘qitish kerak degan savolga javob berishga imkon beradi.
Geografiya o`qitish metodlari uchta asosiy guruhga bo'linadi: