G’. M. Sayfullayev


Tushunchalar hajmiga qarab, alohida va umumiy bo‘ladilar



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə83/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Tushunchalar hajmiga qarab, alohida va umumiy bo‘ladilar.


(Masalan, geografiya kursida «O‘z o‘lkamizning tabiati»,
«Tabiatda mavsumiy o‘zgarishlar» tushunchalarini umumiy deb atash mumkin, ular hissiy qabul qilishlar bilan bog‘liqdir va alohida tushunchalar, umumiy
tasavvurlardan iborat. Alohida va umumiy tushunchalar ham geografik, ham biologik kelib chiqishig ega bo‘lishi mumkin.
Geografik tushunchalar alohida (Toshkent) va umumiy (tog'lar foydali qazilmalar) tushunchalarga, biologik tushunchalar tur (chittak, lola, archa, avlod, hayvonlar, bargli o'simliklar) tushunchalariga bo‘linadi.
Har xil tushunchalarni shakllantirishda tasavvurlar bilan tushunchalar o'rtasiga chegara qo‘yish mumkin. Tasavvurlar tobora umumlashib borib, tushuncha belgilariga ega bo'ladi. Tushunch muayyan holga kelib, tasavvurga o‘tadi.
Geografiya kursida tabiat va odamlar faoliyatini o'rganishda dastur qator tasavvur hamda tushunchalarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. Birinchi darsda o'quvchilar «tabiat», «jonsiz tabiat», «jonli tabiat» kabi tushunchalar bilan tanishadilar va maktabgacha bo‘lgan yoshda ham 1-4- sinflarda shakllangan tabiatning real qismlari va hodisalari to'g'risidagi tasavvurlar sistemaga olinadi.
Tushunchalarning eng muhim belgilari sistemalashtirishning asosi bo‘ladi. Masalan, «jonsiz tabiat» tushunchasi shunday eng muhim belgilarga egaki, ularni kichik maktab bolalari ham aniqlay olishlari kerak jonsiz tabiat jismlari ovqatlanmaydilar, o‘smaydilar nafas olmaydilar, ko‘paymaydilar. Bu tushunchalar keyinchalik geografiyani o'rganishda chuqurlashadi va kengayib boradi.
Tushunchalar umumiylashtirish, ya’ni umumiy xossalarga ega bo‘lgan jism va hodisalarni birlashtirish jarayonida shakllanadi. Umumlashtirish narsa va hodisalar muhim belgilari bo‘yichi birlashtirilgandagina to‘g‘ri hisoblanadi. Masalan, «metall tushunchasi quyidagi jaranglash, issiqlik o‘tkazish xususiyati, erish kabi umumiy belgilarga ega.
Tushunchalarni shakllantirishda shuni nazarda tutish kerakki tushuncha ayrim elementlardan tarkib topadi. Chunonchi, «tepalik tushunchasi quyidagi elementlardan: cho'qqisi, tagi, tik yonbag‘irlik, yotiq yonbag'irlik kabilardan tarkib topadi. «Daryo tushunchasi quyidagi unsurlarni: quyilish joyi, boshi (boshlanishi) o‘zani, o‘ng va chap qirg‘og‘i kabilami o‘z ichiga oladi.
Tabiat obyektlari va hodisalari to‘g‘risida to‘g‘ri tushuncha hosi qilish uchun avval ularni kuzatish, keyin ularning tasvirini qarab chiqish, o‘qituvchining
hikoyasi yoki suhbatini eshitish va olingan tushunchani darslik bo'yicha mustahkamlash kerak. O‘qituvchining maqsadga yo'nalgan ishi tushunchalarning muvaffaqiyatli shakllanishiga yordam beradi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin