Bilimlarnipuxtao‘zlashtirishtamoyili.Bu tamoyil olingan bilimlarni, shakllantirilgan o‘quv hamda ko‘nikmalarni o‘quvchilar xotirasida uzoq saqlanishini nazarda tutadi. O‘quvchilar bilimining puxta bo‘lishi o'qituvchining ko‘rsatib o‘tilgan tamoyillardan o‘quvchilarning taraqqiyot saviyasi hamda qiziqishiga qanchalik muvofiq tarzda foydalanishiga bog‘liq.
Bilimlarni puxta bo‘lishiga erishish uchun, avvalo, o‘quv yili boshlanishida ilgari o‘tilgan materialni yangi bilimlaming o‘zlashtirilishi ongli bo‘lishi uchun tiklash zarur. Birinchi navbatda, dasturning yangi material bilan ko‘proq bog‘liq bo‘Igan bo‘limlarini takrorlash lozim. Bunda yangi bilimlarni o‘zlashtirishning birinchi bosqichida o‘qituvchi o‘quvchilar yangi materialni asosli ravishda tushunishlari va o‘zlashtirib olishlari uchun uning barcha hajmini emas, balki asosiy mazmunini berishi kerak. Chunonchi, Vatanimiz tabiatining xilma-xilligi (4 - sinf) mavzusini o‘rganishda o‘quvchilar avval o‘lkadagi tabiiy sharoitning turli-tumanligi, keyin har bir zona bilan tanishadilar. Bu yangi fanlar kiritib borish imkoniyatini beradi, ular yordamida har bir zonaga xos bo‘lgan xarakterli xususiyatlar, jumladan, o‘simlik va hayvonot dunyosi aniqlanib, o‘quvchilarning bilish faoliyatlarini faollashtiruvchi qo'shimcha ma’lumotlar berib boriladi. Puxta bilimiarga erishishda ularni o‘quvchilaming faol fikr yuritishlari asosida muntazamlashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. O'quvchilar yangi bilimlarni, ilgari o‘rganilgan material bilan bog‘lab, chuqurroq o‘zlashtiradilar.
O‘qitishning individuallashtirish tamoyili.O‘rta ta’lim tizimini isloh qilish sharoitida bolalarning individual xususiyatlarini o‘rganish tobora katta ahamiyat kasb etib bormoqda. Har bir maktab o'quvchisi muayyan axborot va individual
xususiyatlarga ega, bu xususiyatlar ularning bilimlarni o‘zlashtirish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi. Biroq o'qitish jarayonida bolalar guruhida bilimlarni o‘zlashtirish darajasi bir xil bo‘lishi mumkin. Binobarin, bolalar taraqqiyotiga to‘g‘ri keladigan umumiylikni aniqlash mumkin.
U rivojlanish darajasi, bilim zaxirasi, fikrlash xarakteri, faoliyat va xulq-atvor, bahonalarining o‘xshashligi bo‘lishi mumkin. Ammo umumiylik bilan bir qatorda har bir o‘quvchi uchun o'zining individual xususiyatlari; 1) diqqatning rivojlanishi;
2) darsdagi xulq-atvorning xarakteri; 3) predmetga munosabati; 4) ko‘rgazmali va og‘zaki materialning qabul qilishining tezligi va aniqligi; 5) o‘quv materialini tushunib olishi va fikrlash xarakteri; 6) tabiat to‘g‘risidagi bilimlarining sifati, og‘zaki hamda yozma nutqlarining rivojlanish darajasi o‘ziga xosdir.
O‘qituvchi sinfda ish olib bora turib, har bir o'quvchi bilan yakka tarzda ishlash, ijobiy hislarni rivojlantirish, salbiylarini bartaraf etish, sinfni jamoa ishiga tortish maqsadida har bir bolaning shaxsiy qobiliyatini o‘rganish va hisobga olish zarurligini unutmasligi kerak.
O‘qituvchining o‘z o‘quvchilarini yaxshi bilishi ularga individual yondashishning asosi hisoblanadi, buning uchun u doim o‘quvchilarni kuzatib, har xil faoliyat jarayonida o‘rganib boradi. O‘quvchilarning qanday o‘zlashtirayotganligidan qat’i nazar, ularning hammasiga individual yondashish kerak. Darsni o‘zlashtirishga qiynalayotganlarga o‘z vaqtida qo'shimcha yordam ko'rsatish zarur. O‘qituvchi har bir topshiriqni (gerbariy va kolleksiyalar tayyorlash, tirik tabiat burchagi va o‘quv-tajriba maydonchasidagi ishlar, tabiat obyektlarini kuzatish) o‘quvchining individual xususiyatlarini, shu topshiriqni uddalay olishini o'rganilayotgan obyektga nisbatan qiziqishini hisobga olgan holda berishi kerak. O‘quvchilarga individual yondashishga asoslangan o'qitish jarayoni o‘quv materialining muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishini, bolaning aqliy rivojlanishini ta’minlaydi, axloq me’yorlami singdiradi.