Sog‘lomturmushtarzi - ko‘pgina ichki va tashqi omillar, obyektiv va subyektiv sharoitlar hosilasi.
Sxolastika (sxolastik)- o‘rta asr falsafasida ustun bo‘lgan, cherkov va din aqidalarini quruq safsata, formal mulohazalar bilan asoslashga uringan, hayotdan va amaliyotdan ajralgan oqim.
Sinergetika-1. o‘z-o‘zidan paydo bo‘lish nazariyasi, o‘tgan asrning 70- yillarida paydo bo‘lgan fanlararo ilmiy yo‘nalish I.R.Prigojin, G. Xakel va boshqalar tomonidan asoslangan; astronomik, kimyoviy va biologik sistemalarning o‘z-o‘zida
paydo bo‘lishi. Sinergetikada o‘z-o‘zidan paydo bo‘lishni muvozanat bo‘lmagan sistemalarda birdaniga paydo bo‘lish deb tushuniladi; 2. jonsiz tabiatda yangi tuzilmalaming shakllanishi va yashashi;
Tabiatilmi - tabiat haqidagi fanlar sistemasi.
Texmosfera - texnikaning tabiatga ta’siri.
Tabiat - keng ma’noda-butun borliq, xilma-xil shakl va ko‘rinishdagi olam,
Tabiatshunos - tabiatni o‘rganuvchi, tekshiruvchi kishi, olim.
Tabiyun- materializm tarafdori, materialist.
Tabiiy - 1. tabiatga, obyektiv mavjudotga oid tushunchalar nazariyasi: tabiiy sharoit; tabiiy hodisalar; tabiiy fanlar va h.k.lar; 2. fanda tabiat taraqqiyotining alohida pog‘onalarini yoki uning tarkibiy qismlarini tashkil etish haqidagi tushunchalar ifodasi; 3. tarixiy taraqqiyot natijasida o‘z-o‘zidan qonuniyatli ravishda kelib chiqadigan, tarixiy- zaruriy holat.
Tabiiylik - moddaning tabiiyligi va h.k.
Tabiyot - 1. tabiat hodisalari va qonuniyatlari haqidagi fan, tabiiy fanlaming umumiy nomi, maktabda tabiat to‘g‘risida o’qitiladigan fan nomi; 2. tabiiyot, tabiat haqidagi fanlar tizimi. Maqsadi-tabiat hodisalarining mohiyatini aniqlash, tabiat qonunlarini bilish hamda ulardan amalda foydalanish yoilarini ochib berish. Moddiy borliqni butunligicha, butun tabiiy fanlar tizimi asosida, bir-biridan ajratmagan holda o‘rganish hozirgi kunda «Tabiatshunoslik» deyiladi.