Sitoplazma. Sitoplazmada bir qator tuzilmalar (organoid va organellalar) bo‘lib, ulaming har biri o‘ziga xos xususiyatga ega va ma’lum vazifani bajarishga ixtisoslashgan. Ko‘pchilik organoidlar barcha hujayralar tarkibida uchraydi (mitoxondriya, hujayra markazi, Golji majmuasi, ribosoma, endoplazmatik to‘r,lizosoma), boshqalari esa faqat ma'lum turdagi hujayralarda mavjud (miofibrilla,kiprikchava boshqalar).
Maxsus organoidlar: o‘simliklarda -plastidalarhayvonlarda -sentriol - hujayra markaziMoslashgan organoidlar: kiprikchalar- infuzoriyalarda, nafas olish yo'llarida xivchinlar -spermatozoidlarda, evglenada Tonofibrillar - epitelial hujayralarda neyrofibrillalar- nerv hujayralarida
Sitoplazmada turli xil moddalar ham tlo‘planadi. Ular kiritmalar deb ataladi. Bular sitoplazmaning (ba’zan yadroning) doimiy bo‘lmagan tuzilishi hisoblanib, organiodlardan farqli ravishda hujayraning hayot faoliyati jarayonida goh paydo bo‘lib, goh yo‘q bo'lib turadi. Qattiq holda uchraydigan kiritmalar granulalar,suyuq holdagisi esa vakuolalar deb ataladi. Moddalar almashinuvi natijasida hujayrada yana bir qator mahsulotlar: sekretsiya qiluvchi hujayralarda oqsil granulalari, pigmentlar yoki zaxira ozuqa moddalar-glikogen donachalari, yog‘ tomchilari uchraydi.
Hujayra membranali tuzilishga asoslangan. Bunga ko‘ra hujayra bir xil tuzilishga ega membranalardan tashkil topgan. Bu membranalar ikki qavat lipidlardan iborat, ulaming ichki va tashqi tomonidan oqsil molekulalari har xil chuqurlikga botib kirgan.
Tashqi sitoplazmatik membrana barcha hujayralarda uchraydi. Hujayra sitoplazmasini tashqi muhitdan ajratib turadi. Tirik hujayraning yuza qismi to‘xtovsiz harakatda, unda qavariq va botiqlar paydo bo‘ladi, to‘lqinsimon tebranma harakat vujudga keladi, doimo u orqali makromolekulalar ko‘chirilib turadi.
Sitoplazmatik membrana yuksak pishiqlikka va elastiklikka ega bo‘lib, ozgina shikastlangan vaqtlarda ham o‘zining bir butunligini oson va tez tiklay oladi.
Biroq sitoplazmatik membrana bir tekis chiziqdan iborat emas u juda ko‘p sonli mayda-mayda teshikchalar bilan ta’minlangan. Ular orqali hujayraning ichki qismiga fermentlar yordamida ionlar va kichik molekulali moddalar o‘tishi mumkin. Shu bilan birga bunday moddalar hujayra ichkarisiga to‘g‘ridan- to‘g‘ri membrana orqali ham o‘ta oladi, bu passiv diffuziya emas, balki faol tanlab o'tkazish jarayoni bolib, energiyaning sarflanishini talab qiladi.
Sitoplazmatik membrana orqali ayrim moddalar osonlik bilan o‘tib ketsa, boshqalari umuman o‘tmaydi. Masalan, K+ ionlarining hujayra ichidagi miqdori, uning tashqarisiga nisbatan ko‘p bo‘ladi. Na+ ionlari aksincha hujayra tashqarisida ko‘p. Hujayra membranasining tanlab o‘tkazish xususiyati yarim o'tkazuvchanlikdeb ataladi. Yuqorida qayd qilingan ikki yo‘ldan tashqari, kimyoviy birikmalar va qattiq zarrachalar hujayraning ichki qismiga pinositoz va fagotsiioz yo‘li bilan ham o‘tadi. Hujayra membranasida botiq joy hosil bo‘lib, uning ikki uchi hujayralararo suyuqlikni (pinositoz)yoki qattiq moddalami (fagasitoz)asta-sekin qamrab olib, bir- biri bilan tutashadi.
Sitoplazmatik membrananing yana bir vazifasi ko‘p hujayrali organizmlar to‘qimasida hujayralar o‘rtasidagi aloqani ta’minlashdir. Bu birinchidan, juda ko‘p burmalar va o‘simtalar hosil qilish va ikkinchidan, hujayralar tomonidan hujayralararo bo‘shliqni toldiruvchi juda zich biriktiruvchimoddalami ajratish bilan amalga oshiriladi.
Plazmatik membrana muhim vazifani bajaradi. Birinchidan, membrana hujayra ichki muhitini uning tashqi muhitidan ajratib turuvchi to‘siqdir. Ikkinchidan, plazmatik membrana ichki muhit bilan tashqi muhit o‘rtasida moddalaming almashinuvini ta’minlaydi. Hujayra membranasi yarim o‘gkazuvchanlik xususiyatiga ega, chunki ayrim moddalar boshqa moddalarga nisbatan osonroq o‘tadi. Lipidlarda yaxshi eriydigan, molekulyar massasi kichikroq moddalar membrana orqali tez va oson o‘ta oladi. Molekulyar massasi og‘ir moddalar membranadan deyarli o'tmaydi.
Moddalaming membranadan o‘tish yolIaridan biri diffijziyadir. Bunda moddalar konsentratsiyasi yuqori joydan konsentratsiyasi pastroq joyga o‘tadi. Masalan, suvning membrana orqali o‘tishi osmos deyiladi. Ko‘proq suyultirilgan eritmalarda suvning konsentratsiyasi yuqoriroq bo‘lganligi sababli suv ko‘proq to‘yintirilgan eritmaga o‘tadi, chunki to‘yintirilgan eritmada suvning konsentratsiyasi past bo‘ladi. Agar moddalar membrana orqali konsentratsiyalar farqiga nisbatan teskari harakatlansa, masalan, konsentratsiyasi past joydan konsentratsiyasi yuqori joyga o‘tsa, bu hodisa moddaiaming aktiv transporti deb ataladi. Aktiv transport ATF energiyasi sarflanishi hisobiga kechadi. Aminokislotalar, glyukoza, Na va К ionlarinyng membrana orqali o‘tishi aktiv transport orqali amalga oshadi. Hujayraning ichida Na ionlari uning atrofidagi muhitga qaraganda kam bo‘lishiga qaramay Na ionlari hujayradan tashqariga chiqariladi. Bunda ATF energiyasidan foydalaniladi. SHu usulda kaliy ionlari hujayraning ichiga kiritiladi. Membrananing tarkibida ionlaming tanlab o‘tkazuvchanligini ta’minlovchi ion kanallari mavjuddir.
Hujayra membranasi faqat ayrim molekulalar yoki ionlami ichkariga o‘tkazib, tashqariga chiqaribgina qolmay, balki yirik molekulalar yoki ular yig’indisidan hosil bo‘lgan yirik zarrachalami ham otkazadi. Bu xususiyat membrananing suyuq holatida ekanligiga bog‘liqdir. Bu jarayon endotsitoz (endo-ichkari, sito-hujayraso‘zlaridan olingan) deyiladi. Endotsitozning bir ko‘rinishi fagotsitozdir (fageo-emoq,hazmqilmoqso‘zidan olingan). Bunda, asosan qattiq yirik zarrachalar hujayraga kiritiladi. Bu vaqtda qattiq zarrachaga tegib turgan membrananing ikki qismi harakatlanib, zarrachani o‘rab oladi va natijada membranaga o‘ralgan zarra hujayra sitoplazmasi ichiga botib qoladi va hazm vakuolasi hosil bo‘ladi. Keyinchalik hazm vakuolasi lizosomalar bilan birikib, ular ichidagi fermentlar ta’sirida molekulalar parchalanadi. Fagotsitoz hayvonot olamida keng tarqalgandir. Amyoba va infuzoriya kabi sodda hayvonlarning ko‘pchiligi fagotsitoz usulida oziqlganadi. Umurtqalilarda oq qon tanachalarida (leykositlar) fagotsitoz xususiyati keng tarqalgan. Organizmga tashqaridan kirgan yot zarrachalar, kasallik qo‘zg‘atuvchi har oil mikroorganizmlar leykositlar tomonidan fagotsitoz usulida
qamrab olinib, yo‘q qilinadi. 0‘simliklar, bakteriyalar, ko‘k-yashil suv o‘tlarining hujayra qobig‘i juda qalin, zich po‘st hosil qilganligi uchun ularda fagotsitoz jarayoni deyarli uchramaydi. Endotsitoz pinotsitoz usulida ham amalga oshirilishi mumkin (yunoncha pino-ichamandegan so‘zdan olingan). Pinotsitoz har xil moddalarning eritma holida mayda tomchi shaklida hujayraga kirishidir. Pinotsitoz ham fagotsitoz kabi amalga oshiriladi. Pinotsitoz tabiatda keng tarqalgan bolib, o‘simlik va hayvon hujayralarining asosiy oziqlanish usullaridan biridir. Endotsitozga teskari bolgan hodisa ekzotsitozdir (yunoncha ekzo-tashqari so‘zidan olingan). Bunda sitoplazmadagi vakuola ichida hazm bolmay qolgan moddalar membrana orqali hujayra tashqarisiga chiqariladi.
Fagotsitoz, pinotsigoz, ekzositoz ionlar va molekulalaming membrana orqali o‘tkazilishi energiya sarflanishi bilan kechadigan jarayondir.
0‘simlik hujayrasi ham xuddi hayvon hujayrasi singari sitoplazmatik membrana bilan o‘ralgan bo‘ladi. Biroq, bundan tashqari hayvonlar hujayrasida uchramaydigan sellyulozadan iborat qalinhujayra qobig’iga ega. Hujayra qobig‘ida maxsus teshikchalar bo‘lib, qo‘shni hujayralaming endoplazmatik to‘rlari bir biri bilan tutashgan bo‘ladi.
Zamburug’larning hujayralari ham xuddi o‘simlik hujayralari kabi hujayra qobigi bilan o‘ralgan. Ammo ular sellyuloza emas, balki xitinsimon moddalardan iborat.