Barcha tirik organizmlarga xos xususiyatlar O‘simliklarda ham mavjud. O‘simliklar ham nafas oladi, oziqlanadi, rivojnadi, ko‘payadi va oxirida nobud bo‘ladi. Barcha tirik organizmlarning o‘ziga o‘xshash yangi individlarni hosil qilishi ko‘payish deb ataladi. O‘simliklar dunyosida ko‘payishning turli xili mavjud. Tuban, shuningdek, yuksak o‘simliklar uch xil (jinsiy, jinssiz hamda vegetativ). Ko‘payadi. Jinsiy ko‘payish. Bunday ko‘payishning mohiyati shundaki, fiziologik jihatdan farq qiladigan ikkita gaploid xujayra bilan ko‘shilmasa, yangi: organizmni hosil qiluvchi zigota vujudga kelmaydi va ular halok bo‘ladi.
O‘simliklarda jinsiy ko‘payish konyugatsiya kopayish deb ataladigan ikki tipga bo‘linadi. Konyugatsiya yo‘li bilan ko‘payishda o‘zaro yaqin turgan ikki xujayraning karama-qarshi tomonidan maxsus o‘simta hosil bo‘lib, ular bir-biriga qarab o‘sadi. O‘simtalar uchrashishi bilan ular o‘rtasidagi parda erib kanalchani hosil qiladi.
Hujayraning biridagi protoplast ikkinchisiga kanalcha orqali o‘tadi va yadro bilan yadrosiga, sitoplazma bilan sitoplazma bilan sitoplazma qo‘shiladi. Natijada zigota hosil bo‘ladi hamda noqulay sharoitdan o‘zini saqlaydi. Qulay sharoitning hosil bo‘lishi bilan undan yangi organizm vujudga keladi. Bunday ko‘payish ko‘pincha suvuti spiragirada uchraydi.
Kopulyatsiya yo‘li bilan jinsiy ko‘upayish izogamiya, geterogamiya va oogamiya kabi uch xil formada o‘tadi. «Kopulyatsiya» lotincha so‘z bo‘lib juftlashish degan ma’noni bildiradi nikohlanaman Izogamiay grekch a so‘z bo‘lib «izos»—teng, «gomeo»—, degan ma’noni bildiradi. Kattaligi va formasi birbiridan farq qilib zigota hosil bo‘ladi. hosil bo‘lgan zigota ustidan yangi stalin po‘stloq qilmaydigan erkak va urgochi gametalarning xivchini bo‘lib, uning yordamida suvda tez suzib harakatlana oladi. Ular bir-biri bilan qo‘shilganda xivchinsiz bitta hujayra — zigota hosil bo‘ladi. Bu hujayra keyinroq qalin po‘stga o‘ralib, o‘zini noqulay sharoitdan asraydi. Bunday ko‘payishni yashil suvutlarida ulotriksda ko‘rish mumkin.
Geterogamiya ham grekcha «geteros» har xil, «gomeo» nikohlanaman degani.
Bunda gametalar o‘zining katta-kichikligi bilan bir-biridan farq qiladi. Xivchinli ikkala gameta ham bemalol harakat qiladi. Ularning kichikrog’i erkak gameta mikrogameta, yirikrog’i esa urgochi makrogameta hisoblanadi
Mikrogameta makrogametaga nisbatan harakatchan bo‘ladi. Ikkalasi ko‘shilganda zigota hosil bo‘ladi. Bur hujayrali xlamidomonada (yashil suv o‘ti) geterogamiya yo‘li "bilan ko‘payishga misol bo‘ladi.
Jinsiy ko‘payishning uchinchi formasi oogoniy bo‘lib, grekcha «oog» tuxum, «gomeo»— nikohlanaman degan ma’noni bildiradi. Oogamiyada urg’ochi gameta yirik va qo‘zg’almas, erkak gameta esa juda mayda hamda qarakatchan bo‘ladi.
Urg’rochi gametaning xivchini bo‘lmaydi, u tuxum hujayradeb ataladi. Spermatozoid yoki sperma deb ataladigan erkak gametaning esa xivchini bo‘ladi. Oogamiya yashil suv o‘tlarida ham qo‘ng’ir suv o‘tlaridan fukusda uchraydi. Ko‘pchilik tuban usimliklar va barcha yuksak o‘simliklar oogamiya yo‘li bilan ko‘payadi. Yuksak o‘simlnklarda spermatozoidlar xivchini bo‘lmagan uchun spermin bilan almashadi.
O‘simlnklarda gametaning hosil bo‘ladigan joyi gametangiyadeyiladi. Agar gametangiya bir hujayrali bo‘lsa oogoni ko‘p hujayrali bo‘lsa arxegoniydeb ataladi. Spermatozoid hosil qiluvchi organ esa anteridiydeyiladi.
Agar jinssiz ko‘payishda yangi organizm o‘z irsiy belgilarini bir hujayra
-(spora) bilan tiklasa, jinsiy ko‘payish irsiy belgilar ikkita (otalik va onalik) hujayra asossini ifodalaydi. Shuning uchun ham jinsiy hujayralarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan organizm ikkita moslashuvchi nasliy bo‘g’inlarga ega bo‘ladi. Bunday organizm yashovchan emas, balki noqulay sharoitlarga chidamlidir. Bu uning er yuzining ko‘pchilik territoriyalariga tarqalishga sabab bo‘lgan.
Jinssiz ko‘payish. Bunday ko‘payish asosan bir hujayral sporalar yoki zoosporalar yordamida amalga oshadi. Spora bu grekcha urug’ degan ma’noni bildiradi. «Zoon » esa hayvon demakdir. Xivchini yordamida suvda harakatlanuvchi sporalar zoosporalardeb ataladi. Sporalar quruqlikda o‘suvchi o‘simliklarda hosil bo‘lib, mustaqil harakatlana olmaydi. Ular mayda va engil bo‘lganligi uchun esgan shamol ularni bemalol uchirib keta oladi. Zoosporalar ko‘pincha suv o‘tlarida, zamburug’larda hosil bo‘lib, o‘z xivchinlari yordamida suvda bemalol harakatlanadi.
sporalar yoki zoosporalar ona o‘simlikning maxsus hujayralaridan yoki organidan hosil bo‘ladi. Ularni agar spora hosil qilsa, sporangiya,zoospora hosil dilsa zoosporangiyadeb ataladi.
Evolyutsiya jarayonida organizmlarning birmuncha murakkablashishi sporangiyalarni ko‘p hujayrali bo‘lishiga va mustaqil organga aylanishiga olib keldi. Shunday qilib, har xil o‘simlik turida o‘ziga xos sporangiya hosil bo‘ldi. Ana shunda o‘ziga xos har xil sporangiya va undan hosil bo‘lgan sporalar zamburug’ turlarida ko‘plab uchraydi.
Ona o‘simlikdan ajralgan spora yoki zoospora qulay sharoitga tushsa, bemalol o‘sadi, urug’lanish jarayoni o‘tmasdan yangi o‘simlik hosil bo‘ladi. Shuning uchun, ham bunday ko‘payish jinsiykupayish.deb ataladi. Havo harorati, chirindi va suv etarli bo‘lgan muhit sporaning o‘sishi uchun yaratilgan qulay sharoitdir spora va zoosporalar reduksion bo‘linganligi uchun ular gaploid xromosomga ega bo‘ladi.
Nasllarning navbatlashishi yoki gallanishi. Ayrim o‘simliklar faqat jinssiz, ayrimlar esa jinsiy, lekin uchinchi xil o‘simliklar borki, ular ham jinsiy, ham jinssiz ko‘payadi.
Paporotnikda nasllarning gallanishi:
/—saprofit — barg ostida sporangiya hosil bo‘ladi; 2— sporangiya; 3— tetradasporasi; 4— etilgan spora; 5—sporadan yosh o‘simtaning o‘sib rivojlanishi, 5—jinsiy organli gametofit; 7—arxegoniy; 7a— anteridiy; 8—tuxum hujara; 8a — spermatozoid; 9—urug’langan tuxum hujayra (zigota); 10—zigotaning rivojlanishidan hosil bo‘lgan yosh saprofit.