G’. M. Sayfullayev


A —tog’ olmasining bachki ildizlar yordamida ko‘payishi; B



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə32/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

A —tog’ olmasining bachki ildizlar yordamida ko‘payishi; B — qulupnayda yashil novda —gajaklar bilan ko‘payish; V krijovnikni parxish usulida
ko‘paytirish.
Sudralib o‘sadigan o‘simliklar er usti novdalar yoki gajaklari yordamida ko‘payadi. Palak otib, o‘rmalab o‘suvchi o‘simliklar (qulupnay, g’ozpanja) shunday usulda ko‘payadi. Gajakning tuproqqa tegib turgan qismi qo‘shimcha ildiz hamda kurtak chiqarib, yangi o‘simlikni hosil qiladi. Ikki yil davomida bir tup qulupnaydan 200 gacha o‘simlik hosil bo‘ladi.

  1. Parxish qilib ko‘paytnrish. O‘simlik shoxlari yoysimon shaklda erga egiladi va novdasining uchi erdan chiqib turadigan qilib k o‘miladi. Ma’lum vaqtdan so‘ng novdaning ko‘milgan qismida qo‘shimcha ildizlar paydo bo‘ladi, shundan keyin parxishni boshqa joyga ko‘chirish mumkin.

Parxish qilinadigan novdaning tilinishi tez ildiz otishiga yordam beradi.
Anor, tol, tok, va anjirlar parxish qilib kupaytiriladi.

  1. Qalamcha bilan ko‘upaytnrish. Ona o‘simlikdan qirqib olingan, vegetativ kupayish uchun xizmat qiluvchi o‘simlikning bir qismiga qalamcha deyiladi. qalamchalar ko‘pincha o‘simlikning novdalaridan tayyorlanadi. Tok, terak, tol va anorlar qalamcha; olcha, atirgul, siren, tog’sag’iz, krimsag’izlar ildizlari bilan begoniyannng ayrim turlari, binafsha va gloksiniyalar esa bargi orqali ko‘payadi.

  2. Tuplarni bo‘lish. Ko‘p yillik manzarali o‘simliklar (floks, navro‘zgul, otquloq, ravoch) hamda buta (na’matak) larning to‘plangan novdalar kavlab olinib ildizi bilan bo‘lib o‘tkaziladi.

  3. Payvandlash. Payvandlash kurtakning yoki qalamchaning boshqa o‘simlik bilan qushilib o‘sib ketishiga aytiladi. O‘tkaziladigan o‘simlik payvandust, payvandlanadigan o‘simlik payvandtag deb ataladi


Payvandlashning turlari:
1— kopulirovka; 2— yorma payvand; 3 pokulirovka (kurtak payvand); a — payvandust; b — payvandag
Payvandlash usuli bilan asosan qo‘shimcha ildiz chiqarish qiyin bo‘lgan mevali daraxt va rezavor o‘simliklar ko‘paytiriladi. Payvandlashning bir qancha usullari qalamcha payvand, kurtak payvand, iskana payvand va hokazolar) mavjud bo‘lib hamma usullari ham o‘simlikning navini yaxshilash va undan yuqori hosil olishga qaratilgan.
Gul. Yopiq urug’lilar jinsiy ko‘payishi jihatidan boshqa o‘simliklarga qaraganda yuqori bosqichda turadi. Ularda jinsiy ko‘payish uchun maxsus reproduktiv organlari — gul hosil bo‘ladi.
Gulda juda murakkab va muqim rivojlanish: mikro va sporogenez, changlanish, urug’lanish va mevaning hosil bo‘lish jarayonlarini kuzatish mumkin. Gulbandining ahamiyatiga to‘xtab o‘tamiz. Gulbandi gulni poyaga biriktiradi. Bir xil o‘simliklarning gullarida gulbandi bo‘lmaydi. Bunday gullarga o‘tirgich gul deyiladi. Issiqsevar o‘simlnklarda gulbandi uzun bo‘ladi.


1 - gulkosasi; 2— gul toji; 3—changchi; 4— urugchi 5—gul o‘rni Bo‘lsa, bunday gullar gulkosasimon deyiladi. Bunga lavlagi (Beta


vulgaris), otquloq (Rumux), izen (Kochia prostrata) va boshqalarni misol qilish mumkin
Gulkosa gulkosa barglariga ega. Gulkosa barglari gulni guncha vaqtida tashqi tomondan o‘rab turadi. Gulkosa bargchalarida xlorofill donachalari bo‘lganligi sababli qo‘shimcha fotosintez organi hisoblanadi.
Gultoj barglarining yigindiga gultoj deyiladi. Gultoj barglari tiniq rangli bo‘lib, hasharotlarni o‘ziga jalb qiladi. Gulkosa va gultoj barglari o‘zaro birikkan yoki birikmagan bo‘lishi mumkin.
Masalan, karamning gulida gulkosa hamda gultoj barglari erkin o‘sgan.
Pechak gulida esa ular birikib o‘sib qo‘ng’iroqsimon gultojni hosil qilgan.
Gul qismlarining gul o‘rinda joylashiga ko‘ra gullar aktinomorf (to‘g’ri), zigarmorf (notug’ri), assimetrik, diklik, astiklik va gemistiklik b o‘ladi.
Gul yuzasidan bittadan ortiq simmetriya chizigi o‘tkazish mumkin bo‘lsa, bunday gullar aktinomorf gullar deyiladi O‘rik, shaftoli, bodring, g’o‘za, boychechak, gilos, pomidor va shu kabi o‘simliklarning gullari bunga misol bo‘la oladi.
Gul yuzasidan faqatgina bitta simmetrik chiziq o‘tkazish mumkin bo‘lsa, ular zigomorf gullar deyiladi. Bunday gullar yalpiz, kiyik o‘t, beda, sebarga akatsiya, shirinmiya va boshqa O‘simliklarda uchraydi. Gul yuzasidan birorta ham simmetrik chizigi o‘tkazib bo‘lmasa, ular assimitrik gullar deyiladi. Kanna (Sappa) va Valeriana o‘simligida shunday gullar mavjud. Murtak xaltasining qarama-qarshi qutblaridagi har qaysi yadro o‘z navbatida ikki marta mitoz yo‘li bilan bo‘linib, 4 tadan yadro hosil qiladi. Shu bilan 8 yadroli murtak xaltachasi rivojlanadi.
Changlanish. Changlanishning tiplari va yo‘llari O‘simliklar avval gullaydi, so‘ng changlanadi. Masalan, bodom, tog’olcha, shaftoli, o‘rik daraxtlari avvalo gullaydi, keyin barg chiqaradi. Olma, nok, bexi daraxtlarida esa gullash barg chiqarish bilan birga yoki barg chiqargandan s o‘ng boshlanadi. Ko‘pchilik o‘simliklar esa barg yozgandan keyin gullaydi. Bunday o‘simliklarga tok, anor, anjir, tut, tol, terak, poliz va sabzavot ekinlari misol bo‘ladi Changlanish urug’lanish jarayonini ta’minlaydi. Changdondagi changning urughi tumshuqchasiga tushishiga changlanish deyiladi. Changlanish ikki xil bo‘ladi o‘z o‘zidan va chetdan changlanish (ksenogamiya). o‘z-o‘zidan changlanish. Bu jarayon quyidagicha kechadi.

  1. Avtogamiya — urug’chining tumshuqchasiga shu gulning chang- donidan chiqqan chang tushadi. Bunday changlanish, asosan ikki jinsli gullarda o‘tadi.

  2. Geytenogamiya — bir o‘simlik individumi o'rtasida bo‘ladi, ya’ni bir gul chaigdonidan chiqqan chang shu o‘simlik individumidagi ikkinchi gulning tumshuqchasiga tushadi.

  3. Kleystogamiya — bunda gul ochilmasdan oldin, ya’ni yopiqlik paytida changlanish bo‘ladi. Kleystogam gullarni binafsha (Viola), eryonrox (Arachis), aria (Hordeum) o‘simliklarida ko‘rish mumkin.

  4. Ksenogamiya — bir o‘simlik individumida joylashgan guldagi changdondan chiqqan chang ikkinchi o‘simlik individuvidagi urg’ochi tumshuqchasiga tushadi.


Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin