Vegetativ organ (lotincha vegetatjo so‘zidan olingan, o‘sish, rivojlanish degan ma’noni bildiradi). O‘simlikning ildizi, poyasi, bargi vegetativ organi hisoblanadi. Vegetativ organlar arxigoniyali, ochih urug’ hamda yopiq urug’lik O‘simliklarda yaxshi taraqqiy etgan. Ildiz tuproq ichida joylashadi. Uning vazifasi tuproq ostidan mineral tuzlarning suvdagi eritmasini s o‘rib olish hamda o‘simlikni mustahkam tutib turishdir.
O‘simlikning yer usti organi poya, undan kurtak, barglar chiqadi. Poya asosan ildiz so‘rib olgan suv va mineral moddalarni barg va bargda hosil bo‘lgan organik moddalarni o‘simlikning boshqa organlariga o‘tkazish uchun xizmat qiladi. "Barglar fotosintez hamda suv bug’lantirish kabi bir qancha muhim vazifalarni bajaradi.
O‘simliklarning vegetativ organlari bir yillik O‘simliklarda ko‘pincha urug’ning unib chiqishidan boshlanib va yangi urug’ning paydo b o‘lishi bilan tugaydi. Bunga biz bug’doy, arpa, no‘xat, zig’ir kabi bir yillik o‘simliklarni misol qilish mumkin. Ko‘p yillik o‘simliklarda ham urug’ unib chiqib vegetativ organlar va urug’li mevalar hosil qiladi.
Ikki yillik o‘simliklar ham urug’dan ko‘payadi: birinchi yili vegetativ organlarni hosil qiladi (ularning birida oziqa moddalar to‘planadi) keyingi yili esa generativ organlarni chiqarib gullaydi, so‘ng urug’li mevasi yetilishi bilan nobud bo‘ladi.
Shuningdek, ko‘p yillab vegetativ organlarini rivojlantiruvchi va urug’ hosil bo‘lishi bilan umri tugaydigan, o‘simliklar (bambuk agava) ham bor, ular monokarplar deyiladi.
O‘simliklar vegetativ organlarining o‘sishida ma’lum bir qonuniyatlar bo‘lib, ulardan biri qutblilikdir. Qutbliliknng mohiyati shundan iboratki, o‘simlikning yuqorigi uchi, ostki uchi morfologik va fiziologik jihatdan bir - biridan farq qiladi: ildiz pastga — tuproqqa kirsa, poya yuqoriga qarab o‘sadi. Daraxtlardan tayyorlangan qalamcha yerga albatta morfologik uchi bilan emas, balki ostki uchi bilan o‘tkaziladi. Ildiz stalamchaning ostki uchidan paydo bo‘ladi,yuqori uchidagi kurtakdan yangi novda o‘sa boshlaydi.
Ildiz quyidagi fiziologik va mexanik vazifalarni bajaradi: o‘simliklarni tuproqda mustahkam biriktirib turadi va uni shamol yordamida boshqa mexanik ta’sirotlarga qarshi chidamligini oshiradi;
tuproqdan suv va unda erigan mineral hamda qisman organik moddalarni so‘radi; ildizda zaxira oziq moddalar to‘planadi. Ayrim o‘simliklarda ildiz g’amlovchi organlarga aylanadi;
vegetativ ko‘payish uchun xizmat qiladi. Ana shunday ildizlarni ko‘pincha daraxt o‘simliklarda — olma, gilos, akatsiya; o‘t o‘simliklaridan kakra, pechak kabilarda uchratamiz; ayrim o‘simliklarda ildiz tuproqda yashovchi mikroorganizmlar bilan aloqa qilib turadi. Ildizdagi organi k moddalar tufayli tuproqda yashovchi zamburug’lar va bakteriyalar doimo hamkorlikda simbioz holda yashaydi (Simbioz grekcha, sim — birga, bio — yashayman, degan ma’noni bildiradi).Ildizlar kelib chiqishiga ko‘ra asosiy, yon hamda qo'shimcha ildizlarga bo‘linadi Asosiy ildizlar — gulli o‘simliklar urug’idagi murtak ildizchasining rivojlanishidan hosil bo‘ladi va vertikal holda yo‘nalib, tuproqda chuqur kirib boradi. Bir pallali o‘simliklarda asosiy ildiz yaxshi o‘smaydi va tez nobud bo‘ladi. Yon ildizlar keyinroq— asosiy ildizdan ko‘payadi. Tuproqning yuqori qatlamida namgarchilikning kamayishi bilan yon ildizlar tuproq osti qismiga kirib boradi. Yon ildizlar o‘z navbatida shoxlanib, birinchi tartib ildizini chiqaradi. Bu ildiz esa ikkinchi tartib ildizini chiqaradi va h.k. Yon ildizlar qo‘shimcha ildizlardan ham hosilbo‘ladi Qo‘shimcha ildizlar. Ko‘pchilik o‘simliklarda asosiy ildizlardan tashqari, qo‘shimcha ildizlar ham bo‘ladi. Qo‘shimcha ildizlar tuzilishi va
vazifasi jihatdan asosiy hamda yon ildizlarga o‘xshash bo‘ladi. Deyarli barcha o‘simliklarda qo‘shimcha ildizlar endogen yo‘li bilan perestikldan, xayrixoh poyalarda esa ikkilamchi floemadan rivojlanadi. Bu ildizlar asosiy, yonildizlardan emas, balki poyadan, hattoki bargdan hosil bo‘ladi. Ma’lumki, nam tuproqda tegib turgan tok, novdasi yoki poyasi darhol q o‘shimcha ildiz chiqaradi. Begoniya, binafsha briofillium o‘simliklari esa hatto barglaridan ham ildiz chiqaradi. Demak, ularni bargidan ham ko‘paytirish mumkin. Bir pallali o‘simliklarda asosiy ildizlar taraqqiy etmaydi, chunki, urug’dan unib chiqqandan ingichka 1-4 ildizga, o‘simlikni to‘liq qondira olmaydi. Shuning uchun poyadan ko‘plab qo‘shimcha ildizlargina hosil bo‘ladi. G’allasimon o‘simliklar, to‘planish oldidan yer yuzasiga yaqin joylashgan poyasining bo‘g’inidan bo‘shgina ildizlar chiqara boshlaydi. Bu qo'shimcha ildizlar yaxshi taraqqiy etgandan so‘ng asosiy ildiz nobud bo‘ladi. Ildizlar tashqi ko‘rinishidan ham bir-biridan farq qiladi. Ikki pallali o‘simliklarda asosiy ildiz baquvvat bo‘lib, tuproqda vertikal yo‘nalishda kirib boradi. Bunday ildiz o‘q ildizdeb ataladi. Ingichka, yantoq, kakra kabi ikki pallali o‘simliklarning o‘q ildizlari tuproqda (15—20 m gacha) chuqur kirib boradi.Ko‘chat qilib o‘tkazilgan madaniy o‘simliklarda o‘q ildizlar uzun bo‘lmaydi, chunki ko‘chatni kavlab olish paytida uning uchidagi hosil qiluvchi to‘qima uzilib qoladi. Shuning uchun ham bu ildizlar bir xil yo‘g’onlikda bo‘ladi. Ma’lumki, ildizlar poyalardan farq qiladi. Masalan, ildizlarda barglar yoki reduksiyalanib qobiqqa aylangan barglar bo‘lmaydi. Ularning yana xarakterli belgisi uchida doimo ildiz qini bo‘lishidir. Ba’zi bir ko‘p yillik o‘simliklar yon ildizlarda qo‘shimcha kurtaklar hosil qilish qobiliyatiga ega bo‘lib, keyinchalik bu kurtaklardan ildizbachkilarideb ataladigan yangi yer usti poyalar o‘sib chiqishi mumkin. Bunday bachki chiqaruvchi ildizlar gilos, olma, akastiya, terak hamda buta o‘simliklarida bo‘ladi. Shuningdek, kakra, qizilmiya, pechak kabi o‘simliklar ham ildizidan bachkilaydi. Shunday o‘simliklar bor yerni diskalab qirqib haydasa, qirqilgan ildizlarning har bir bo‘lagidan kurtak hosil bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligida ayrim madaniy
o‘simliklarni ko‘paytirishda shunday usuldan foydalaniladi. Ildizning ichki tuzilishi
Qin hujayralari bir-biri bilan juda bo‘sh tutashgan bo‘lib, tez qariydi va tuproq bilan ishqalanib to‘kiladi. Suvda o‘sadigan o‘simliklarda ildiz qini o‘rniga ildiz xaltachasi bo‘ladi va u ildiz uchini suvdagi turli qarshiliklardan asraydi.
Ildiz qinining ustida uning o‘sish nuqtasi yoki konusi joylashgan. O‘sish konusining hujayralari bir xil meristema hujayralardan iborat.
Poya yuksak o‘simliklarning yer ustidagi asosiy vegetativ organlaridan biridir. Poya urug’ning murtak qismidagi embrion har holdagi poyachaning rivojlanishidan hosil bo‘ladi. Urug’ning unishi bilan poya yer betiga chiqadi va meristema hujayralarning bo‘linishi hamda yiriklashishi hisobiga o‘sadi.
Poya o‘simlikning yer ustidagi bargsiz, kurtaksiz qismi bo‘lib, bargni ildiz bilan morfologik hamda funksional bog’laydi. Uning funkstiyasi suv va unda erigan mineral moddalarni ildizdan barg yetkazish hamda bargda hosil bo‘lgan organik moddalarni ildizga o‘tkazishdan iboratdir. Yorug’lik sevuvchi o‘simliklarda poya uzun bo‘ladi. U ba’zan suv va boshqa zaxira oziq moddalar to‘plovchi ombor vazifasini ham o‘taydi. Bundan tashqari, poya nafas oluvchi organ ham hisoblanadi. Ayrim o‘simliklarda assimilyatsiya hamda vegetativ ko‘payish vazifalarini bajaradi.
O‘simlik poyalari o‘sish xarakteriga, shakliga hamda uzun qisqaligiga qarab bir necha xil bo‘ladi. Ko‘pchilik o‘simliklar (kungaboqar, makkajo‘xori, roza) da poyalar tik o‘sadi. Ko‘tarilib o‘suvchi poyalar esa sho‘ra, tuyaqorin, shuvoq, izen kabi o‘simliklarda uchraydi: poyalari tuproqqa suyanib, o‘z gavdasini yuqoriga ko‘taradi. Ayrim poyalar (tok, vika,) tanasini tik tuta olmasligi tufayli boshqa o‘simliklarga ilashib o‘sadi. Chirmashib o‘sadigan o‘simliklarga pechak, xmel poyalari kiradi. O‘z poyasini tik tutib tura olmaydigan, ingichka, uzunpoyali, ilashib, o‘ralib o‘suvchi poyali o‘simliklar lianalardeb ataladi. Lianalar asosan tropik o‘rmonlarda o‘sadigan o‘simliklar hisoblanadi hindiston palmasi, «Ratanga»
ana shunday o‘simliklar dan bo‘lib, poyasining yug’onligi 2—4 sm, bo‘yi 300 metrgacha boradi. O‘rta Osiyoda uchraydigan pechakguldoshlar, xmellar tipik o‘tsimon lianalar bo‘lsa, tok, ilon o‘tlar esa daraxtsimon lianalardir.
Poyalarning shakli o‘simliklar turiga qarab har xil ularning yumaloq, silindrsimon (arpa, bug’doy, qamish), uch Xiorali - (xiyokguldoshlar oilasiga mansub xiyok, salomalaykum), to‘rt qirrali (labguldoshlar oilasiga kiruvchi yalpiz, rayxon) shuniingdek, murakkabguldoshlar oilasidan silfiya o‘simligida va ko‘p qirrali poya qovoq, tarvuz, sachratqi, kaktus kabi o‘simlik turlari uchraydi. Tabiatning tashqi muhitlariga moslashgan gulli o‘simlik- larning poyasi uzun-qisqa bo‘ladi. Bahorda o‘sadigan ayrim o‘tlar poyasining uzunligi atigi bir necha sm ga boradi. Tabiatda bahaybat daraxtlar ham uchraydi. Dunyoda eng baland daraxt Avstraliya evkalipti, uning balandligi
155 metrgacha boradi. Poyalarining yug’onligi ham xilma-xil: ba’zi bir o‘simliklarning poyasi yo‘g’on bo‘lib, diametri bir necha metrga etsa, ba’zilariniki bir necha millimetrni tashkil qiladi. Masalan, pechak poyasining yo‘g’onligi 1-3 millimetr, Afrika baobob daraxti tanasining diametri esa 10 -
12 metrga teng keladi. O‘simliklarning yashovchanligiga ekologik sharoitning ta’siri juda katta. Olimlarning tajribasiga ko‘ra, Meksika agava o‘simligini qrimga yoki qora dengiz bo‘yiga ekilgandan so‘ng 100 yil urniga 23-26 yil yashagan. Apsheron yarim orolida esa undan ham oz 12 -15 yil turgan. Adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, drakon va afrika baobob daraxti eng ko‘p yasharkan. Afrika baobob daraxti 5150 yil, drakon esa 6000 yil yashaganligi aniqlangan.Poyalarining shakli va yashovchanligiga qarab, barcha gulli o‘simliklar: daraxt, buta, chala buta, o‘t o‘simliklariga bo‘linadi.
Daraxt o‘simliklar — asosan ko‘p yillik, yirik, yaxshi rivojlangan poyaga ega bo‘lgan va kuchli ravishda ikkilamchi tartibda yo‘g’onlashgan tanali o‘simlikdir.
Buta o‘simliklar asosan ko‘p yillik bo‘lib, bir necha poyasi bo‘lishi bilan farq qiladi. O‘simlikning yer ustki qismiildiz bo‘g’zidan boshlab shoxlaydi.
Poyasi ikkilamchi tartibda yo‘gonlashib, bo‘yi 4-5 metrdan oshmaydi. O‘rta Osiyoda o‘sadigan zirk, jiyda, bodom, anor kabi o‘simliklar shular jumlasidandir.
Chala buta o‘simliklari poyalarining pastki qismi yog’ochlanib, usti po‘kak bilan qoplanadi. Poyaning shu qismini qishda sovuq urmaydi, qolgan uchki, ya’ni novdalari yog’ochlanmay tashqi tomondan epidermis bilan o‘ralgan qismi esa sovuq urib ketadi. Erta ko‘klamdan boshlab poyaning sovuq urmagan qismidan yangi kurtak ko‘kara boshlaydi. Bunga cho‘l shuvog’i, izen, astragal, shuningdek, sho‘raklar misol bu’ladi.
O‘t o‘simliklar yashovchanligiga qarab uch guruhga bo‘linadi: bir yillik, ikki yillik, ko‘p yillik o‘t o‘simliklar. Bir yillik o‘t o‘simliklar (arpa, bug’doy, kungaboqar, zigir) yil davomida urug’dan unib vegetativ organlarini rivojlantirib, gullab meva hosil qiladi va nobud bo‘ladi. Ikki yillik o‘t o‘simliklar ikki yil yashaydi. Ular birinchi yili yer usti ham yer osti vegetativ organlarini hosil qiladi. Bu organlarda yil bo‘yi organik moddalar to‘planadi. Ana shunday o‘simliklar birinchi yili ildizmeva, piyozbosh, bo‘g’im oralig’i qisqargan novda chiqaradi. Ikkinchi yili esa yaxshi rivojlangan novdani hosil qilib gullaydi, urug’ hosil qiladi va nobud bo‘ladi. Bunday o‘simliklarga sholg’om, turp, lavlagi, sabzi, piyoz va karam misol bo‘la oladi. Bu o‘simlik- lar madaniy holda ikki yillik bo‘lib, yovvoyilashgan turlari ko‘p yil yashaydi. Ko‘p yillik o‘tlarning hayoti bir necha o‘n yillar davom etadi, lekin yer usti organlarida gul hosil qilib, urug’ yetishtirgandan so‘ng nobud bo‘ladi, yer ostida esa uzoq yashovchan vegetativ organlari qoladi. Bu organlaridan har yili qaytadan ko‘karib chiqaveradi. Ana shunday o‘simliklarga yalpiz, qulupnay, fialka,g’umay lola kabi o‘simliklar kiradi.
Novda O‘simliklar morfologiyasida bargli, kurtakli poya novdadeb ataladi. Novda asosan kurtakning rivojlanishidan hosil bo‘ladi. Novdaning uchidagi doimiy kurtak uning yuqoriga qarab o‘sishi uchun xizmat qiladi. Uchki kurtakning ostida, barg Qo‘ltig’ida ham kurtaklar joylashgan bo‘lib, ular yonkurtaklardeb ataladi. Yon kurtaklar novdada ketma-ket va qarama-
qarsh ijoylashadi. Novdadagi yon kurtaklar ikki xil bo‘lib, ularning biri yon novda ikkinchisi esa gul va barg hosil qiladi. Yon novda hosil bo‘ladigan kurtak vegetativkurtak,gul hosil qiladigan kurtak esa generativkurtakdeyiladi. Vegetativ kurtakning uchi o‘tkir, o‘zi esa biroz yalpoqroq bo‘ladi. Generativ kurtak esa yumoloq va biroz yirikdir. Kurtaklar novdaning bo‘g’im qismida joylashadi. Novdaning yo‘g’onlashgan qismiga bo‘g’imdeb ataladi. Bo‘g’imda barg, barg qo‘ltig’ida esa hamma vaqt kurtako‘sadi. Novda bilan barg orasidagi burchakka bargqo‘ltigideyiladi. Ikki bo‘g’im orasidagi masofa bo‘g’im oralirini tashkil qiladi va u uzun yoki qisqa bo‘lishi mumkin. Meva daraxtlarning qisqa bo‘g’imli novdalarida generativ kurtaklar rivojlanib, meva hosil qiladi. Uzun bo‘g’imli novdalarda esa faqat vegetativ kurtak bo‘ladi yoki umuman bo‘lmasligi ham mumkin. Novdalardagi rivojlanmagan kurtaklar yaishrinkurtaklar deyiladi. Yashirin kurtak zaruriyat tug’ilguncha tinch holatda turadi. Moboda novdaning tepa kur tagi shikastlansa, yashirin kurtak ko‘kara boshlaydi. Agar bu kurtak ham bo‘lmasa novdaning istagan joyidan qo‘shimcha kurtak hosil bo‘ladi. Tol, terak, tut kabi daraxtlar. Shundan keyingi ularning o‘sishi qo‘shimcha yoki yashirin kurtaklar hisobiga bo‘ladi. Qo‘shimcha kurtaklar yangi novdaga aylanadi. Novdada yasmiqchalar ham bo‘ladi. Yasmiqcha siyrak joylashgan bo‘lib, po‘sti probkalashib ular orasidan bemalol havo, suv bug’lari o‘ta oladi. Yasmiqcha epidermisdagi ustista vazifasini bajaradi.
Shakli uzgargan novdalar shakli uzgargan novdalar er osti va usti shakli o‘zgargan novdalarga bo‘linadi. Er osti shakli o‘zgargan novdalar. Ildizpoya
— er osti shakli uzgargan novda bo‘lib, asosan ko‘p yillik o‘t o‘simliklarda uchraydi. Ildizpoya tashxi kurinishdan ildizga uxshab ketadi, lekin morfologik ham anatomik tuzilishi jixatidan tubdan farq qiladi ildizpoyadagi yaxshi rnvojlangan bo‘g’imlarda barglar bo‘ladi. Ba’zan ildiz bo‘g’imidan qo‘shimcha kurtaklar bu kurtaklardan esa er osti hamda usti novdalar o‘sib chiqadi. Ildizpoyaning uchi ildiz qini bilan emas, kurtak bilan tugaydi.
Masalan, g’umay, ajrix va bug’doyiq tez ko‘payadigan ildiz poyali begona o‘t O‘simliklardan hisoblanadi.
Ma’lumki, ildizpoya ham vegetativ ko‘payuvchi, ham zahira oziq moddalar to‘plovchi organdir Shuning uchun ham uning mayda-mayda bo‘laklari mustaqil ko‘karib chiqaveradi., O‘simliklarda qisqa hamda uzun ildizpoya bo‘ladi. Kichraygan ildizpoya gulsapsar, kanna, silfiya kabi O‘simliklarda, uzun ildizpoya esa qamishda, g’umayda uchraydi. Qisqargan ildizpoya simpodial, uzun ildizpoya esa monopodial shoxlanishga ega.Tugunak. Yer osti novdaning juda yugonlashgan hamda seretli qismi tugunakdeb ataladi. Tugunak er osti va usti shakli o‘zgargan novdalardan hosil bo‘ladi.Yer osti tugunak kartoshka va tapinamburda uchraydi. Ekilgan kartoshka tugunagining kurtaklaridan poyalar o‘sib, barglari yaxshi rivojlangandan so‘ng poyaning er osti qismidagi oq rangli poyalar stolon deb ataladi.
Barg
O‘simlik hayotida eng muhim funksiyalardan bo‘lgan fotosintez va transpirastiyani barggina bajara oladi. Yuksak yashil O‘simliklarda barg o‘simliklarning eng muhim organlaridan biri bo‘lib, ular muhim vazifalarni bajaradi:
Barg havodan karbonat angidrid gazini va ildizi orqli tuproqdan suvni so‘rib olib quyosh energiyasi ta’sirida organik moddalar hosil qiladi— havoga sof kislorod ajratib chiqaradi. K. A. Timiryazevning ta’biricha, barg organik moddalar hosil qilishda birdan bir tabiiy laboratoriyadir.
Barg ildiz yordamida suvning so‘rilgan tuzli eritmalarini o‘simliklarning hamma organlariga ko‘tarilishiga yordam beradi.
Barglar toza suvni bug’lantirib transpiratsiya vazifasini bajaradi va yana tuproqdan mineral moddalarga boy bo‘lgan suvni o‘zlashtiradi. Ayniqsa, yozning issiq kunlari bug’langan suv o‘simliklarni qizib ketishidan saqlaydi.
Barg o‘simliklarning tashqi sharoitga moslashish organi bo‘lib xizmat qiladi. Nam tuproqlarda o‘sadigan o‘simliklarning barglari suvni ko‘p bug’lantirishga moslashganligi uchun odatda yirik bo‘ladi. Quyoroq zonalardagi o‘simlik barglari ancha mayda bo‘ladi — suvni kam bug’lantiradi.
Barglar to‘kilib o‘simlik hayotini saqlab qoladi. Yozning issiq kunlari, namgarchilik kam bo‘lganda to‘ukilib, o‘simlikni qurib qolishdan saqlaydi — suv ortiqcha isrof bo‘lmaydi. Qishda esa o‘simlik uchun ortiqcha organga aylanadi. Endi u erda to‘kilib o‘simlik ildiz sistemalarini sovuq urishdan asraydi.
Ayrim O‘simliklarda barg ozida zaxira oziq moddalarni to‘plash uchun ham maxsus joy hisoblanadi. Piyozbosh, aloe, boshkaram ana shunday O‘simliklardandir.
Barg novdaning o‘sish konusdagi meristema xujayralaridan Hosil bo‘ladi. Bargning hosil bo‘lishida o‘sish nuqtasining hujayralari ishtirok etib, shu nuxtadan biroz pastroqda bo‘rtmalarni, bo‘rtmalar esa boshlangich bargchalani hosil qiladi. Boshlangich bargchalarning hosil bo‘lishi bilan barg plastinkasi, bandi hamda yon bargchalar shakllana boshlaydi. Demak, gulli o‘simliklarning to‘la rivojlangan bargi uchta asosiy qismdan: barg plastinkasi, bandi va yon barchalardan iborat. Ayrim bir va ikki pallali O‘simliklarda barg bandi o‘rnida barg qini bo‘ladi. Barg plastinkasi bandga birikkan yassi qism bo‘lib, har xil shaklga ega. Barg bandi esa qisqa yoki uzun bo‘ladi. U elastik bo‘lgani uchun bargning egiluvchanlik qobiliyatini oshiradi, har xil mexanik ta’sirdan saqlaydi shuningdek, barg plastinkasini kerak tomong (ayniqsa, yorug’likka) burilishiga yordam beradi.
Ba’zi O‘simliklarda barg bandsiz bo‘ladi. Bunday barg plastinkasi bevosita novdaga birikadi. Bir pallali o‘simliklard barg qinining plastinkaga o‘utish joyida rangsiz, kichkina yupqa o‘simta, ya’ni tilcha bor. Tilchaning ikki chetida burchaksimon o‘simta deb ataladi. O‘simliklarda barg bandining tagidan alohida o‘simtalar chiqadi. Bular yonbargchalardeb ataladi. Yon
barg chalar juft bo‘lib, barg bandining ikki tomonida joylashadi yon bargchalarning asosiy vazifasi barg qo‘ltig’ida shakllana yotgan yon kurtakni tashqi muhitning noqulay sharoitlaridan himoya qilishdan iborat, chunki yon bargchalar kurtakdan ilgariroq paydo bo‘ladi. Yon bargchalar karamgullilar, oilasiga kiruvchi O‘simliklarda bo‘lmaydi. Ular ba’zi bir O‘simliklarda (olmada) o‘z funksiyasini bajargandan so‘ng to‘kilib ketadi.
Yon bargchalar atirgullilarda yashil rangda bo‘lib, fotosintez funkstiyasini ham bajaradi. Dukkaklilar oilasiga mansub o‘simliklar Hatto barg, gajak akatsiyada esa tikanga aylangan.
O‘simliklarning barglari shakli jihatidan juda xilma xil bo‘lishiga qaramay, ular ikki guruhga, oddiy hamda murakkab barglarga bo‘lib o‘rganiladi. Barg bandida bitta barg plastinkasi o‘rnashgan bo‘lsa, oddiybarglar deb ataladi. Oddiy barglar kuzda o‘z bandi bilan birga to‘kiladi. Buni g’o‘za olma, terak, shaftoli barglarida kuzatish mumkin Agar barg bandiga bir nechta barg plastinkachalari o‘rnashgan bo‘lib, kuzda oldin barg plastinkachalari va asosiy barg bandi alohida-alohida to‘kilsa murakkabbargdeb ataladi. Oddiy barglar plastinkasi ignasimon, nishtarsimon, yuraksimon, buyraksimon, panjasimon va boshqa ko‘rinishga ega.
Barg plastinkalarining xillariga qarab ham barglar bir necha xil bo‘ladi. Masalan, tekis qirrali barglar: behi va limon o‘simliklarida tishsimon qirrali barglar tutda, arrasimoi qirrali barglar esa qayrag’ochda uchraydi.
Barg plastinkalari o‘yiq o‘simliklar ham bor. Agar barg plastinkasining cheti barg unining to‘rtdan bir qismigacha o‘yilgan bo‘lsa, bundaybargbo‘linma deb ataladi. Bunday barglarni dub, zarang, go‘za, chinor kabi daraxt o‘simliklarda ko‘rish mumkin.
Uyiqlar barg plastinkasining yarmigacha borsa, bo‘linganbarglardeb ataladi. Agarda o‘yiqlar bargning markaziy tomirigacha etgan bo‘lsa, ular qirqilganbarglardeb ataladi. Bunga sabzi va tarvuz barglarini misol qilish mumkin. Murakkab barglarning bir necha turi mavjud. Uch bargchali murakkab barglarga yung’uchqa va sebarga misol bo‘ladi. Panjasimon
murakkab barglar (lyupin, nasha, kashtan o‘simliklarida) asosiy barg bandining uchiga panjasimon shaklda o‘rnashgan. Patsimon murakkab barglar toq va juft bo‘ladi. Toq patsimon bargda asosiy barg bandiga bargchalar ketma-ket yoki qarama-qarshi joylashib, uchi ham bargcha bilan tugaydi. Akasiya, no‘xat, o‘simliklari shunday bargga ega bo‘lib, ulardagi bargchalarning soni ham juft bo‘ladi. Agar barg bandining uchi tikan yoki jingalak bo‘lib tugasa, bargchalarning soni juft bo‘ladi va juftpatsimonbarglardeb ataladi. No‘xat yasmiq kabi o‘simliklarda shunday barglar mavjud.