G’. M. Sayfullayev


Floraning inson hayotidagi ahamiyati



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə27/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Floraning inson hayotidagi ahamiyati


O‘simliklar butun Yer yuziga tarqalgan bo‘lib, faqat quruqlikda emas balki ko‘l, daryo, dengiz va okeanlarda, ba’zan ancha katta chuqurliklarda ham o‘sadi.
Yashil o‘simliklar havodan karbonat angidrid gazini o‘zlashtirib, yashil pigment-xlorofill yutgan Quyosh nuri yordamida (yorug’da) biriktirish xususiyatiga ega. Fotosintez yoki uglerod assimilyastiyasi deb ataladigan bu jarayon natijasida o‘simliklar tanasining tuzilishi va hayot faoliyatining saqlanishi uchun zarur bo‘lgan organik moddalar hosil bo‘ladi.
Fotosintez natijasida atmosferaga ajralib chiqadigan juda ko‘p miqdordagidagi kislorod planetamizda hayotni saqlab turadi, chunki o‘simliklar, hayovonlar va odamning nafas olishi uchun kislorod zarur.
O‘simliklar, hayvonlar va odam nafas olish jarayonida karbonat angidrid gazini ajratadi, bundan tashqari, nobut bo‘lgan organizmlarning chirishi, yonish va achish jarayonlarida ham bu gaz atmosferaga chiqadi. Biroq, atmosferada karbonat angidrid gazining zaxirasi ortib ketmaydi, chunki o‘simliklar fotosintez natijasida har yili bu gazning qarib 175 milliard tonnasini o‘zlashtirib, uni organik modda hosil qilishda sarflaydi. Shunday qilib, o‘simliklar karbonat angidridning biogen aylanishida ishtirok etib, uni assemilyastiya jarayonida sarflaydi. Bundan tashqari o‘simliklar qurib, chiriganda ham karbonat angidrid atmosferaga o‘tadi.
Yashil o‘simliklar juda ko‘p karbonat angidrid o‘zlashtirib, milliard tonnalab organik modda hosil qilib va havoga nihoyatda ko‘p kislorod ajratib, planetamiz tabiatini tubdan o‘zgartiradi.
Yashil bo‘lmagan o‘simliklar ham moddalarning o‘zgarishida ishtirok etadi. Ular o‘simlik va hayvonlarning nobut bo‘lgan qoldiqlarida yashab, murakkab organik moddalarni bir muncha oddiyroq mineral moddalarga parchalaydi. Bu moddalarni yuksak o‘simliklar oson o‘zlashtiradi.
Azotning biogen aylanishi jarayoni ham o‘simliklar yordamida sodir bo‘ladi. Bu jarayonning mohiyati shundan iboratki, tuproq bakteriyalarining ayrim turlari atmosferadan erkin azotni o‘zlashtirib, o‘z tanasining oqsil moddalarini tuzish ularning tanasidagi azot tuproqda turli o‘zgarishlarga uchrab, ammiak va element holidagi azot shaklida atmosferaga qaytadi. Boshqa hollarda, alohida tuproq
bakteriyalari ta’sirida azot saqlovchi organik moddalar va ammiak asta sekin nitrat kislota to‘zlariga aylanadi, undan yuksak o‘simliklar mineral. O‘simliklar boshqa ko‘p moddalarning, masalan, oqsillar va bir qancha birikmalar tarkibiga kiradigan fosfor va oltingugurtning biologik aylanishida ishtirok etadi. O‘simliklar nobut bo‘lib, tanasi parchalanib ketgandan keyin bu elementlar qaytadan tuproqqa tushadi. Shunday qilib, agar Yer yuzida o‘simlik qoplami bo‘lmaganda edi organik olamning boshqa formalari yashashi mumkin bo‘lmas edi.
O‘simliklar inson hayotida ham katta ahamiyatga ega. Ular tarkibidagi organik moddalar (oqsillar, uglevodlar, moylani inson non, sabzavot, meva shaklida istemol qiladi, yoki ular mollarga beriladi.
Inson o‘simliklardan qurilish materiallari, gazlama to‘qish uchun tola, qog’oz buyumlar uchun xomashyo, yoqilg’i sifatida foydalanadi. Ulardan ko‘p dorivor vositalar, oshlovchi va buyuk moddalar, kauchuk, efir moylari, turli kimyoviy xom ashyolar va boshqa ko‘p moddalar ham olinadi.
O‘simliklar orasida insonga katta zarar etkazadigan turlar ham bor. Ko‘p bakteriyalar odam organizmiga kirib olib, xavfli kasalliklar (o‘lat, vabo, tif, sil, va boщqalar) qo‘zg’atadi. Boshqalari hayvonlarda og’ir kasalliklar qo‘zg’atadi. Ekinlarning ko‘p kasalliklari ham parazit zamburug’larning faoliyatiga bog’liq. Begona o‘tlarning ham ko‘p turi bo‘lib, ular dalalarda ekinlarni bug’ib qo‘yadi.
Inson tabiat hosili, uning quchog’ida yashaydi, tarraqiy etadi, zurriyot qoldiradi. Hazrati inson hayotini nabotot olamisiz tasavvur qilish qiyin. Chunki inson hayot ekan, oziq- ovqatlarni, mahsulotlarni talab etadi, go‘zallika talpinadi, musaffo havoga chigisi keladi. Ha, oziq ovqatlarning aksariyati tabiat ne’matlari o‘simlik mahsulotidir, insoniyatni, go‘sht, sut mahsulotlari bilan ta’minlab turadigan hayvonot olami ham o‘simliklarsiz yashay olmaydi.
O‘simliklar biz uchun go‘zallik yaratadi, havoni pokiza qilib beradi, sanoat uchun muhim xomashyo, xo‘jalik va qurilish vositasi xullas ularning xosiyatini sanab, poyoniga yetish qiyin. O‘simliklarning ajoyib xislatlardan biri ularning shifobaxshligidir. Olimlar keltirgan ma’lumotlarga qaraganda, sayyoramizda tirik moddalar umumiy og’irligining 99 % ni yashil do‘stlarimiz-o‘simliklar dunyosi
tashkil qilar edi. O‘simlik deganimizda biz quruq Yerlarimizda joylashgan dov- daraxt, ekin, o‘t-o‘lanlarnigina nazarda tutmaymiz, balki daryo, dengiz va okeanlardagi suv o‘tlari, fotosintez qobiliyatiga ega o‘simliklarning hammasini ko‘z o‘ngimizga keltiramiz. O‘simliklar olamining salmoqli qismi sayyoramiz o‘rmonlariga to‘g’ri keladi, ular butun quruqlikning 40 % maydonini egallagan. Biz madh etadigan mana shu o‘simliklar dunyosi insoniyatni kislorod bilan ta’minlovchi
«tiriklik fabrikasi» hisoblanadi.O‘simliklar dunyosini tirik organizmlar uchun oziq tayyorlab beradigan ulkan bir fabrikaga qiyos qilish mumkin. Jumladan, S.S.Shvarst keltirgan ma’lumotlarga qaraganda, jahonda madaniy holda o‘stirilayotgan barcha o‘simliklar organik moddalarga aylangan 6 milliard tonnaga yaqin karbon bersa, tundra zonalaridagi o‘simliklar dunyosi 9 milliard biologik mahsulot beradi.Afsuski, sayyoramizning eng katta boyligi bo‘lgan o‘simliklar dunyosi inson faoliyati, qolaversa ilmiy texnika taraqqiyoti ta’sirida borgan sari kamayib bormoqda. Aniq ilmiy manbalarda keltirilishicha, biz yashab kelayotgan Yer kurrasida bundan bir yarim yil muqaddam o‘rmonlar 47 % maydonni tashkil etgan bo‘lsa, hozir ular 27% ga tushib qoldi. Ko‘p mamlakatlarda juda katta o‘rmonlar kesilib, o‘rniga kata-katta zavod, fabrika va kombinatlar qurilmoqda. Atrof muhitning ifloslanishi natijasida noyob o‘simlik turlari qirilib ketmoqda. Kelajakda birlashgan millatlar tashkiloti bergan rasmiy ma’lumotlariga qaraganda 250 ming xil o‘simlik turi tamomila yo‘q bo‘lib ketish xafida ekanligi qayd qilinadi. hozirgi zamon ilm-fan va texnikasi yordamida o‘rmonlardan oqilona foydalanish va ularni qaytadan tiklash ishlari keng ko‘lamda olib borilayapti. Har holda o‘rmon massivlarini kengaytirib borishga va bu borada rejali ish tutishga harakat qilinmoqda. Ha, bizda O‘zbekistonda tabiatning ko‘rkam tuhfasi bo‘lgan o‘simliklar ardoqlanadi. Bu mo‘jizakor tabiat arzandasini qanchalik e’zozlasak va uni muhofaza qilsak shunchalik oz. O‘rmon – bebaho boylik salomatlikni tiklovchi kishiga zavq-shavq, dillarga huzr bag’ishlovchi maskan, kishiga ne’matlarni tortiq qiluvchi manba, noyob qurilish materiallari millionlab tonna qog’oz. O‘rmon qadim zamonlardan beri kishilarni yedirib, ichirib, kiyintirib kelayotgan hayot timsolidir. O‘rmonlarning kishilikka ato qiluvchi marhamatini hech qanday narsa bilan almashtirib bo‘lmaydi. Shu tufayli ham o‘rmon umuman
nabotat olami. Tabiat mo‘jizasi sahovati butun tirikzot uchun beqiyos tuhfadir. O‘simliklar dunyosi yiliga 180-250 milliard tonna karbonat angidrid yutib, 150-200 milliard tonna kislorod ajratadi. Shunday ekan o‘rmonlar kamayib boraversa havoning tabiiy musafoligida va iqlimda o‘zgarishlar sodir bo‘lishi mumkin.
Afsuski, mana shu ko‘rkam tabiatning ajoyib iltifoti bo‘lgan o‘rmonlar jahon uzra kamayib bormoqda. O‘simliklarning bizga unchalik sezilmaydigan, biroq juda foydali taraflaridan biri ular ona tabiatda azot balansini ushlab turishda asosiy vositalardan hisoblanadi. O‘simlik barglari, shox shabbalari Yerga tushib, mikroorganizmlar yordamida chiriydi tuproqning ustki qavatini organik moddalar bilan boyitadi. Bu chirindilar o‘simliklarga organik o‘g’it sifatida xizmat qiladi. O‘rmon daraxtlari sanoat markazlarining iflos chiqindi gazlarini, chang zarrachalarini shuningdek uglevodlarini va boshqa zararli moddalarni o‘ziga singdirib oladi.Nina bargli o‘rmonlarning yana bir xosiyati o‘zidan fitonsitlarini kasallik ko‘zgatuvchi mikroorganizmlar kushandasi havoni sog’lomlashtirishga, musaffo bo‘lishiga yordam beradi,. yurakka yaxshi ta’sir ko‘rsatadi, me’da ichki funksiyasini yaxshilab, uning harakatini kuchaytiradi. Fitostitlar qator kasalliklarning oldini ham oladi.
Terak, olma va evkalit daraxtlaridan chiqadigan fitosititlar gripp virusini, karam, sarimsoq fitositlari sil mikroblarini o‘ldiradi.
Shifobaxsh o‘simliklar juda qadimdan o‘rganilgan. Hozir shifobaxsh o‘simliklar haqidagi fan tez suratlar bilan rivojlanayapti. Hozirgi paytda ilmiy tibbiyotda qo‘llanilayotgan dori-darmonlarning qariyib 40% ziyodini o‘simlik mahsulotlari tashkil qiladi. Ilmiy manbalarda keltirilishicha tabiat ne’matlaridan tayyorlanadigan dori-darmonlar sun’iy yo‘l bilan olinadigan preparatlarga nisbatan afzalligi bilan ajralib turadi. Keyinga vaqtlarda shifobaxsh o‘simliklarning xususiyatlari to‘g’risida atroflicha ma’lumotlar berilmoqda. Mamlakatimizda shifobaxsh o‘simliklarni yetishtirib beradigan maxsus xo‘jaliklar borgan sari ko‘payib bormoqda. Shifobaxshligi bilan dong taratgan do‘lana, chakanda, chilonjiyda, yong’oq, bodom, qoraqat, archa kabi daraxtlar tabiiy holda o‘sadigan zira, anzur piyozi, shuningdek lolalar turi kamayib ketib, noyob o‘simliklarga
aylanib qolmoqda. Bularning sababi ko‘plab madaniy o‘simliklar areali kengaytirilib, yangi yerlar o‘zlashtrilmoqda. Ovqatni xushxo‘r va mazali qiladigan shifobaxsh zirazorlar ham kamaymoqda. Bu borada o‘simliklar dunyosini muhofaza qilish maqsadida xalq orasida tushuntirish ishlari olib borishi kerak, ota-bobolarimiz bitta daraxt kessang, urniga ikkita nihol o‘tkaz deganlar ana shunday qilganda yashil do‘stlarimiz soni ortib boradi. Mamlakatimiz tabiatni muhofaza qilishni jumladan, o‘simliliklar olamiga muhabbat bilan qarashni uni targ’ib qiladi. Bu borada keng miqyosida Amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda. Qo‘riqxonalar tashkil etilmoqda, yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan o‘simliklar «Qizil kitob»ga kiritilda va ular ustidan qat’iy nazorat o‘rnatildi.
Barchaga ma’lumki, daraxtlardan qurilish materiali sifatida foydalaniladi, biroq, ayrim joylarda mahalliy aholi noyob daraxtlarni rejasiz kesib har xil maqsadlar uchun, jumladan qurilishda foydalanmoqda. Asriy archazorlar, ko‘rkam qaragaylarning kesilib ketishi natijasida ularning juda kamayib qolganligi kishini tashvishlantirmoqda.
Shahar atrofidagi kichik o‘rmon xo‘jaliklari rivojlantrilsa, bu joyda shifoxonalar, dam olish uylari, turistik bazalar, yozgi o‘quvchilar oromgohlari qurilsa juda xayrli ish bo‘lar edi.
O‘zbekistonimiz o‘z chiroyi bilan don chiqargan O‘rta Osiyoning so‘lim go‘shalarini bir zum ko‘z oldimizga keltiraylik. Musaffo havosi ko‘rkam o‘simliklari bilan mashhur. Tabiat go‘zalligining kashf etuvchi omillaridan biri son- sanoqsiz yovvoyi o‘simliklardir ularning naqadar foydali ekanligini bir misolda ko‘rishimiz mumkin. Hozir har yili yovvoyi o‘simliklardan 11 mln tonna turli mahsulotlar va dori-darmonlar tayyorlash uchun 20 ming tonnaga yaqin xom-ashyo olinadi.
O‘simliklar butun Yer yuziga tarqalgan bo‘lib, faqat quruqlikda emas balki ko‘l, daryo, dengiz va okeanlarda, ba’zan ancha katta chuqurliklarda ham o‘sadi.
Yashil o‘simliklar havodan karbonat angidrid gazini o‘zlashtirib, yashil pigment-xlorofill yutgan Quyosh nuri yordamida (yorug’da) biriktirish xususiyatiga ega. Fotosintez yoki uglerod assimilyastiyasi deb ataladigan bu jarayon natijasida
o‘simliklar tanasining tuzilishi va hayot faoliyatining saqlanishi uchun zarur bo‘lgan organik moddalar hosil bo‘ladi.
Fotosintez natijasida atmosferaga ajralib chiqadigan juda ko‘p miqdordagidagi kislorod planetamizda hayotni saklab turadi, chunki o‘simliklar, hayovonlar va odamning nafas olishi uchun kislorod zarur.

    1. Yüklə 0,61 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin