KARAMDOSHLAR OILASI . Afrika chitiri, chitir, jag‘-jag‘, karam, o‘sma, rediska, Sholg’om, tukli chitir, turp. Karamdoshlaroilasining vakillari yer sharining deyarli barcha qit’alarida o‘sadi. U 350 turkumga oid 3000 ga yaqin turni o‘z ichiga oladi. O`zbekistonda bu oilaga mansub 200 ga yaqin tur va 76 turkum uchraydi. Karamdoshlarningko‘pchiligi bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik o‘tlardir. Ildizi -o‘q ildiz. Poyasi tik o‘suvchi. Barglari oddiy, butun yoki qirqilgan, poyada ketma -ket
o‘rnashgan. Ko‘pchilik vakillarining ildiz bo‘g‘zida to‘p barg hosil bo‘ladi. Gullari to‘g‘ri va ikki jinsli, shingil to‘pgulda o'mashgan. Gul qismlari gul o‘miga halqa shaklida joylashgan. Gulqo‘rg‘oni murakkab, kosacha va tojga ajralgan. Kosacha to‘rtta, bir-biri bilan qo‘shilmagan kosabargdan, toj ham to‘rtta erkin holdagi tojbargdan tashkil topgan. Kosachabarglar va tojbarglar gulo‘miga «krest-but» shaklida joylashganligi uchun adabiyotlarda bu oila krestguldoshlardeb ham atalgan. Gulida ikkita urug‘chi bargning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan bitta urug‘chi va oltita changchi bo‘lib, ulardan to‘rttasi uzunchoq, ikkitasi esa kaltaroq. Mevasi-qo‘zoq (bo‘yi enidan 3 marta va undan ham uzun) yoki qo‘zoqcha (bo‘yi eni bilan barobar yoki 2 marta uzun) tubidan ikki pallaga boMinib ochiladi, ikki uyli, quruq. Karamdoshlarga mansub yovvoyiturlarningko‘pchiligi cho‘llarda, tog‘taklaridagi qirlarda hamda adirlarda kuzgi yog‘ingarchilikdan so‘ng unib chiqadi. Yosh maysalar qish va bahorda o‘sishda davom etadi. Yozning boshlanishi bilan ularning mevasi pishadi, poya va barglari qovjirab urug‘lari to‘kiladi. Bunday o‘simliklar efemerlardeyiladi. Efemerlar qishdan oriqlab chiqqan qo‘ylar, echkilar, qoramollar, otlar va tuyalar uchun to‘yimli oziq hisoblanadi. Efemcrlardan
biri jag‘-jag’dir.
Jag‘-jag‘ shu nomli turkumga oid, bo‘yi 10 -30 sm keladigan bir yillik o‘t. Uning poyasi dag‘al tuklar bilan qoplangan. Ildiz bo‘g‘izida joylashgan barglari qisqa bandli, patsimon bo‘lingan, poya dagilari esa o‘troq bandsiz. Gullari poya yoki shoxlar uchidagi bargsiz to‘pgulda shingilda joylashgan. Kosabarglari yashil, uzunligi 1, 5 mm, tojbargl ari oppoq, kosachabarglaridan 1,5 marta uzun. Changchilari 6 ta, sirtqi halqada ikkita kalta changchini va ichki halqada o‘rnashgan to‘rtta uzun changchini ko‘rish mumkin. Urug'chisi bitta, tumshuqchasi ikkiga bo‘lingan. Bu esa mazkur urug‘chining ikkita urug'chibargning qo‘shilishidan hosil bo‘lganligini ko‘rsatadi. Tojbarglar och rangli. Bu gulning hasharotlar yordamida changlanishidan darak beradi. Changlanish
va urug’lanishidan so‘ng tugunchadan meva-qo‘zoqcha hosil bo‘ladi.