G’. M. Sayfullayev



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə38/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Yerbag’ir tugmachagul apreldan sentabrgacha gullaydi. Dastlabki ochilgan gullardan may oyida meva hosil bo‘ladi. Mevasi to‘pmeva, 12- 16 mevachadan tashkil topgan. To‘pmevasi pishgach bir urug’li mevachalarga bo‘linadi.
Tugmachagulning quritilgan bargi, guli va urug’i xalq tabobatida ichni yumshatuvchi dori sifatida ishlatiladi. Tugmachagul turkumiga oid o‘simliklarning hali pishib yetilmagan to‘pmevasi seret bo‘lib, kungurador kulchani yoki tugmachani eslatadi. Shu sababli tugmachagul deb atashgan. Bu turkumga oid turlardan 6 tasi O‘zbekistonda o‘sib, hammasi ham begona o‘tdir.
O‘zbekistonda oilaning tabiiy holda o‘sadigan tugmachagul, gulxayri, dag‘al kanop, bo‘ritaroq kabi turkumlari bor.
Bog’larda va gulzorlarda, qadim zamonlardan beri manzarali o‘simlik sifatida qizil baxmalgul, gulibaxmal yoki xatnigul ekiladi. Bu gul baxmalgul turkumiga oid madaniy o‘simlik bo‘lib, Balqon yarim orolidan kelib chiqqan. Uning guli yirik, to‘q qizil va seryaproq (tojbarglari ko‘p). Qizil baxmalgulning gullarida oziq-ovqat mahsulotlarini bo‘yash uchun ishlatiladigan bo‘yoq borligi aniqlangan.
O‘zbekistonda baxmalgul turkumiga oid 4 ta tur o‘sadi. Bularning hammasi ham manzarali o‘simliklardir. Daryo va ko‘llar sohilidagi to‘qaylarda, sernam yerlarda dorivor gulxayri o‘sadi. U gulxayri turkumiga oid bo‘yi 70-150 sm keladigan ko‘p yillik o‘t. Uning ildizi yo‘g‘on, guli pushti rang. Gul osti kosachasi 8 -9 bargchadan tashkil topgan, changchi
iplaridan hosil bo‘lgan nay silindrsimon tuklar bilan qoplangan, uzunligi 1,5-2 sm. Ildizidan tayyorlangan damlama ilmiy tabobatda yo‘talga qarshi ishlatiladi. O‘zbekistonda gulxayri turkumiga oid 4 ta tur o‘sadi. Respublikamiz paxtazorlarida uchraydigan dag’al kanop hamda adirlarda ko‘p tarqalgan oq gulxayri (g'almas) ham shu oilaga kiradi. Respublikamizda ekiladigan, gulxayridoshlarga mansub o‘simliklar ichida g‘o‘za asosiy o‘rinni egallaydi. O‘zbekistonda g‘o‘za turkumiga mansub 3 tur o‘sadi. Bularning hammasi ham bir yillik, madaniy o‘simlik sifatida o‘stiriladi. Jaydari g'o'za-ko'saklari mayda, pastga egilgan deyarli ochilmaydi. Tolasi malla rang, qisqa va dag‘al. Vatani Afrika, O‘rta Osiyoda eramizdan oldingi davrlardan boshlab to 1925 -yilgacha ekilgan. Hozirgi vaqtda uni faqat tajriba maydonlarida uchratish mumkin. Meksika g'o'zasi yoki oddiy g'o'za. Ostki kosachabarglari 3 ta, erkin yoki tublari bilan sal qo‘shilgan. Gullari yirik, tojbarglari och sariq, tubi qizil, dog‘siz. Ko'saklari yirik, 4 -5 chanoqli, yaxshi ochiladi tolasi mayin, uzun, oq, ba’zan qo‘ng‘ir rangda. Vatani Markaziy Amerika. 1925 -yildan beri O‘zbekiston dehqonchiligida asosiy o‘rinni egallab kelmoqda. Misr g’o‘zasi yoki Barbadoss g‘o‘zasi. Ostki kosachabarglari ham 3 ta, erkin yoki tublari bilan sal qo‘shilgan. Gullari yirik, tojbarglari sap -sariq-limon rangida, tubida qizil dog‘i bor. Ko‘saklari yirik, 3 -4 chanoqli, yaxshi ochiladi. Tolasi uzun, ipakka o‘xshash mayin, och sariq. Vatani Janubiy Amerika (Peru, Kolumbiya, Braziliya). Hamma «ingichka tolali g‘o‘za navlari» va «Misr g‘o‘zasi» shu turga taalluqlidir. Gulxayridoshlarga mansub tolali o‘simliklardan yana biri bo'ritaroq turkumiga mansub kanopdir. O‘zbekistonda kanopdan tashqari bo‘ritaroq turkumiga oid yana 5 ta tur o‘sadi. Bu oilaga kiruvchi o‘simliklar kosachasining tagida ostki kosachabarglarining borligi, gullarining yirikligi, changchilarining ko‘p va qo‘shilib o‘sishi, urug‘chini o‘rab turishi hamda mevasi ko‘sakdan iboratligi bilan ajralib turadi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin