G’. M. Sayfullayev



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə41/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

ITUZUMDOSHLAR OILASI


Ituzumdoshlar oilasi yer kurrasining mo‘ladil iqlimli mintaqasida va tropiklarda keng tarqalgan 80 turkumga oid 3000 ga yaqin turi o‘z ichiga oladi. O'zbekistonda ituzumdoshlarga mansub 11 turkumga oid 36 tur o‘simlik o‘sadi.
Ituzumdoshlarning ko‘pchiligi bir yillik va ko‘p yillik o‘tlar, qisman chalabutalar yoki butalardir. Ildizi o‘q ildiz. Poyasi tik, yonboshlab yoki yotib o‘suvchi, ba’zan shakli o‘zgargan yer osti poyalarini hosil qiladi (masalan, kartoshkada). Barglari oddiy, butun yoki bo‘lingan, yonbargsiz, asosan ketma-ket, gulli poyalarda esa ba’zan qarama-qarshi joylashadi. Gullari to‘g‘ri, ba’zan bir poya va shoxlar uchidagi gajak to‘pgulda joylashgan. Gullari to‘g‘ri, ba’zan bir oz qiyshiq, ikkijinsli, yakka-yakka holda barglar qo‘ltig’ida yoki poya va shoxlar uchidagi gajak to‘pgulda joylashgan. Gulqo‘rg‘oni murakkab. Kosachasi bir-biri bilan qo‘shilgan 5 ta kosachabargdan tashkil topgan, 5 ta tishli.
Toji yarmigacha yoki uchigacha bir-biri bilan qo‘shilgan 5 tojbargdan tashkil topgan, rangi och sariq, pushti, binafsha yoki oqimtir ko‘k. Changchilari 5 ta, tojbarglarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan nayga o‘rnashgan. Urug’chisi bitta, 2 ta urug’chibargning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Tugunchasi 2, ba’zan 3-6 uyli, har qaysi uya ko‘p urug‘kurtakli. Mevasi rezavor meva yoki ko‘sakcha.
Ituzumdoshlarga mansub yovvoyi turlarning ko‘pchiligi begona o‘tlardan iborat. Ular orasida hammaga tanish qora ituzum ham bor. Qora ituzum ituzum turkumiga oid bir yillik o‘t. Uni paxtazorlarda, polizlarda, boshqa ekinzorlarda, tashlandiq yerlarda va hatto yo‘l yoqalarida ham uchratish mumkin. Qora ituzumning bo‘yi 25-50 sm. Poyasi sershox, tik o'suvchi. Barglari oddiy, sersuv, to‘q yashil rangli, uzunchoq tuxumsimon, cheti notekis tishli, uchi o‘tkirlashgan. Gullari oqish, 3-10 tadan shoxlar uchidagi to‘pgullarda joylashgan. Kosachasi 5 ta kosachabargning va toji 5 ta tojbargning qo'shilishidan hosil bo‘lgan. Changchilari 5 ta, chang iplari yo‘q, ular tojbarglarning ichki tomonida o‘rnashgan. Urug’chisi
bitta, ikkita mevabargning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Qora ituzum iyun oxiridan to tupini sovuq urmaguncha gullayveradi. Oldingi ochilgan gullardan hosil bo‘lgan sharsimon rezavor mevalar avgustning oxirida qorayib pishadi. Qora ituzum o‘sgan yerlarda shu turkumning ikkinchi turi qizil ituzumni ham uchratish mumkin. Bu ituzum qora ituzumdan faqat mevasining qizilligi bilan farq qiladi. Qora va qizil ituzumlaming mevalari C darmondorisiga boy, undan xalq tabobatida foydalaniladi. O‘zbekistonda ituzum turkumiga oid 10 turdagi o‘simlik o‘sadi. Bulardan kartoshka va baqlajon sabzavot ekini sifatida ko‘p ekiladi.
Ituzumdoshlarga mansub keng tarqalgan begona o‘tlar qatoriga mingdevona va bangidevona turkumlari ham kiradi. Bularni asosan qishloqlar atrofidagi go‘ng va axlat to‘kiladigan yerlarda, tashlandiq hovlilarda, chorvachilik fermalari atrofida, ekinzorlar chetidagi laxtak yerlarda, marzalarda va ba’zan yo‘l yoqalarida uchratish mumkin.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin