G’. M. Sayfullayev


O’qitishning og`zaki metodlari



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə88/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

O’qitishning og`zaki metodlari


Og‘zaki metodlar - o‘qituvchining materialni og‘zaki bayon qilishi, suhbat, kitob bilan ishlash;


Ko'rgazmali metodlar — namoyish qilish — (ko'rsatish), mustaqil kuzatishlar, ekskursiyalar;
Amaliy metodlar - og‘zaki va yozma mashqlar, grafik (chizma) va laboratoriya ishlari.
O‘qitish metodlarini metodik uslublar bilan adashtirmaslik kerak. Metodik uslub faqat metodning unsurlaridan biri, uning tarkibiy qismidir (ko'rgazmali qurollarni, kinofilmlardan fragmentlarni, diafilm, diapozitivlarni ko'rsatish, doskadagi sxemalardan, rasmlardan foydalanish, tajribalarni namoyish qilish, geografiya maydonchasi, maktaboldi maydonidagi amaliy ishlar vaqtida u yoki bu boshqa faoliyatni ko'rsatish va hokazolar).
Metod va metodik uslublar o'zaro chambarchas bog'Iiqdir. Ularning didaktik birligi shundan iboratki, ular bir-biriga o'tishi mumkin. Masalan, o'quvchilar bajaradigan tajribalar o‘qitish metodi hisoblanadi, tajribani o'qituvchi tomonidan hikoya vaqtida namoyish qilinishi metodik uslubdir. Hikoya davomida o'qituvchi tomonidan diafilm namoyish qilinishi metodik uslub hisoblanib, o‘quv filmlarini ko'rish o‘qitish metodi ham bo'lishi mumkin. Metod va uslublardan kompleks holda foydalaniladi, ular bir birlarini to'ldiradi, o‘rganilayotgan tabiat jismlari va hodisalarini bolalar tomonidan qabul qilib olinishini yaxshilashga, Geografiya kursida tushunchalarni to‘g‘ri shakllanishiga xizmat qiladi.Har bir metod turi kichik uslublardan iborat.
Hikoya. O‘quvchilarga bilim berishning yetakchi metodi o‘qituvchining jonli so‘zi — hikoyasidir. U o‘qish kitoblarini o‘qish obyekt, jism va hodisalarni namoyish qilish, o'qitishning texnika vositalaridan foydalanish, o‘quvchilar oldiga savollar qo‘yish badiiy adabiyot o‘qish va boshqalar bilan uyg‘unlashadi. Hikoya o‘qituvchi shaxsiga bog‘liq, shuning uchun u juda katta imkoniyatlarga ega.
O‘qituvchi hikoyasi tasviriy, hissiy va izchil bayondir. Hikoyadagi izchillikka
qat’iy rioya qilgan holda o'qituvchi har xil usul va mantiqiy ishlashning uslublari (tahlil, taqqoslash, umumlashtirish) ni qo'llaydi, O‘quvchilarga to‘g‘ri tuzilgan bayonning namunasini beradi.
Geografiya darslarida tabiatdagi biror hodisa yoki voqea eng katta kashfiyotlar tarixiy, olimlarning (biografiyasi) hayot faoliyati kishilarning o‘simlik va hayvonot dunyosini o‘zlashtirish hamda qayta tiklash bilan bog‘liq bo‘lgan ijodiy faoliyati to‘g‘risida gap borganda qo‘llaniladi. Qator hollarda o‘qituvchining darsdagi hikoyasi o‘zining sujet yo‘nalishi va obrazliligi bilan murakkab bo‘lmagan ilmiy asarlarga yaqinlashib ketadi. O‘qituvchi materialni aytib berish yo‘li bilan o'quvchilar ongida yorqin manzara qoldirish, ezgu tuyg‘ularni uyg'otish, murakkab fikrni to‘la mantiqiy rivojlantirish uchun ular oldiga savollar qo'yadi.
Hikoya sujetli, illustratsiyali, informatsion kabi xillarga ega. Yangi material bayoniga o‘quvchilarning tirik tabiat burchagi maktab yer maydoni, ekskursiya yoki yozda, tabiat qo'ynida o'qituvchining topshirig‘i bilan olib borgan kuzatish va tajribalar to‘g‘risidagi hikoyani kiritish g'oyat qimmatlidir. O‘quvchilar O‘qigan kitoblaridagi qahramonlarni hikoya qilib beradilar.
O‘qitish amaliyotida hikoyaning aytib berish, ta’riflash, xarakterlash, tushuntirish, muhokama qilish kabi xillari qo'llaniladi.
Aytib berish bayonning shunday turiki, unda aniq fakt, voqea, jarayon yoki harakatlar haqida tushunarli, ravon gapirib beriladi. Hikoya shohid (sayyoh, yosh tabiatshunos, sayohatchi, biror kashfiyotning ishtirokchisi va boshqalar) nomidan olib boriladi.
Таriflash — borliq jismlari va hodisalarining (foydali qazilmalar, o‘simlik va hayvonot dunyosining), u yoki bu tabiiy zona iqlimining xususiyatlarini izchil bayon qilishda qo‘llaniladi.
Xarakterlash ta’riflashning bir ko'rinishidir, u jism (narsa) yoki hodisaning belgi va xususiyatlarini sanab o'tishdan iborat (tog'lar, daryolar, tabiiy zonalar xarakteristikasi).

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin