G’. M. Sayfullayev



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə89/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Tushuntirish — bayonning bir ko'rinishi, unda yangi tushunchalar, atamalar ochib beriladi, sabab-oqibatlar bog'lanishi, tobelik belgilanadi, ya’ni u yoki bu
hodisaning mantiqiy tabiati (masalan, nima uchun tundrada tun uzun, kun qisqa bo'lishi, nima uchun kun va tun, yil fasllari almashib turishi) ochib beriladi. Tushuntirishdan barcha darslarda foydalaniladi, ko’pincha u muhokama qilish bilan uyg'unlashadi.
Muhokama qilish - bayon qilish bo’lib, unda o‘quvchilarni xulosa va xotimaga olib keluvchi qoida hamda isbotlarning izchil rivojlanishi beriladi. Hikoyaning bu shaklidan o'rganilayotgan hodisani (masalan, o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘zgarishiga iqlimning ta’siri, suv, metallning xususiyatlari) tahlil qilish zarur bo’lganda foydalaniladi.
Hikoyaning yuqorida qayd etilgan xillaridan geografiya darslarida ular bir-biriga uyg‘unlashtirilgan holda foydalaniladi. O‘qituvchi dars materialini qay tahlit bayon qilmasin, didaktik ma’no o‘quvchilarga ilmiy umumlashtirilgan bilimlarning faol berilishi o‘shanday qolaveradi.
Hikoyaning har qanday xili ushbu didaktik talablarga:

  1. tanlangan materialning ilmiyligi va yuqori g‘oyaviyligiga;




  1. mantiqiy izchillik va isbotlanuvchanligiga;




  1. o'quvchilar uchun aniq, ravon va tushunarli bo‘lishligiga;




  1. o‘qituvchi nutqining tasviriy va hisobiy bo‘lishligiga javob berishi kerak. 1-2- sinflarda hikoyaning davomiyligi 5-8, 3-4- sinflarda esa 10-12 daqiqadan oshmasligi lozim. Hikoya jarayonida o‘zlashtirishning faollashishiga yordam beruvchi didaktik uslublardan foydalanish zarur.

    1. Dars mavzusini bildirish. Yangi mavzuni bayon qilish oldidan o‘quvchilarga yechimi yangi bilimlar uchun zarur bo‘lgan masalalar taklif qilinadi va u shu darsda o‘rganish obyekti bo'lib qolad ya’ni muammoli vaziyat; «qiyinlashish vaziyati» vujudga keltiriladi. Yangi materialni o‘rganish tajriba o‘tkazish, shuningdek, tabiatga o'tkazilgan kuzatishlami tahlil qilish bilan boshlanadi.

    2. Bayon rejasini bildirish. Bu uslub faqat o'zlashtiris jarayonini faollashtiribgina qolmasdan, balki o‘quvchilarni butun bayon tizimini ko'rishga o‘rgatadi, bu bilan tafakkurning mantiq izchilligini rivojlantirishga, o‘rganilayotgan

atrof hayot faktlar yoki hodisalari o'rtasidagi muayyan bog‘lanishlarni aniqlashga yordam beradi masalan, «Cho‘l tabiati» mavzusini bayon qilaturib, o'qituvchi doskaga ushbu rejani yozishi mumkin: 1) tabiiy zonalar xaritasida cho‘llarning geografik o‘rni 2) cho‘l iqlimini xususiyatlari; 3) yuzasi; 4) vohalari 5) cho‘lda yil fasllari.

    1. O‘quvchilar e’tiborini faollashtiruvchi savollami bayon davomida berib borish.

    2. O‘quvchilarning idrok qilish faoliyatlarini faollashtiruvchi taqqoslash (masalan, dala, cho‘l, dasht, o‘rmonlarning o‘simlik va hayvonot dunyosini taqqoslash va hokazolar).

    3. Yangi materialni bayon qilish davomida ilgari o‘rganilga mavzular turmush bilan, amaliyot bilan (masalan, «Skelet mavzusini «Mushaklar» mavzusi bilan, jonajon o‘lka tabiati har xil zonalar tabiati mavzusi) bilan aloqasini turmushda amaliyotda o‘rganish.

    4. Hikoyaga maqol, qiziqarli material yoki kitob o‘qis epizodini kiritish. O‘qituvchi hikoyasini tegishli maqolalar o‘qigandan keyin yoki undan oldin boshlashi mumkin. Qo‘shimcha materialdan foydalanish hikoyani boyitadi va konkretlashtiradi. Hikoya davomida foydalanilgan maqol, matal va topishmoqlar darsni boyitib, bayon qilayotgan materialni o‘quvchi tomonidan qabul qilib olinishini osonlashtiradi.

    5. Ko'rgazmalilik (surat, jadval, texnika vositalari) ni qo'llash. Hikoya davomida ko'rgazmalilikning har xil vositalarida foydalanish o'quvchilarda aniq tasavvurlar hosil bo‘lishiga o'rganilayotgan materialga diqqat va qiziqishni quvvatlashga, uni puxta o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Sxemalar, jadvalla tajribalar, doska va daftardagi (atama) va xulosalar o‘quv materialini o‘zlashtirilishini yengillashtiradi.

Qayd etilgan bu didaktik uslublardan foydalanish o‘quvchilarga aqliy faoliyatini maksimal faollashtirish uchun yetarli emas. Vazifani bajarishga muammoli bayon
qilish yordam beradi, u o'quvchilarning mustaqil faoliyatiga asoslanadi, o'qituvchi tomonidan qo'yilgan masala va muammolarni hal etishdan iborat bo'ladi.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin