G’. M. Sayfullayev


Tabiiy jismlar bilan ishlash metodikasi



Yüklə 0,61 Mb.
səhifə94/149
tarix19.12.2022
ölçüsü0,61 Mb.
#76293
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   149
darslik oxirgi variant G.Sayfullayev

Tabiiy jismlar bilan ishlash metodikasi. Geografiyani o'qitish uchun, ayniqsa, tabiiy jismlar kerak, chunki ular o'quvchilarda tabiiy jismlarni bevosita ko'rish asosida tasavvur va tushunchalar hosil qilishga imkon beradi (har bir o'quvchi tabiiy material bilan mustaqil ishlay olishi uchun uni yetarli miqdorda - o'quvchilar soniga qarab to‘plash kerak).
Qabul qilish uchun teri sezgisi, hid bilish, maza sezishni talab qilmaydigan yirik jismlarni o'qituvchi uzoqdan turib namoyish etadi. Yirik o'simliklar, masalan, makkajo'xori, pomidor, poliz ekinlari (o'simlik barg, ildiz, mevalari bilan) yoki
hayvonlar, parrandalar (mushuk, qush va boshqalar) shunday ko'rsatilishi mumkin. Narsani o'quvchilarning barchasi yaxshi ko'rishlari uchun u sinf doskasiga o'qituvchi stoli balandligida o'rnatiladi. Tirik hayvonlarni namoyish qilish o'quvchilarga faqat ularning tashqi ko'rinishi haqidagina emas, balki harakati, qiliqlari, ovozi va hokazolar haqida ham tasavvur hosil qilish imkonini beradi, bu
tasavvurlar ancha to'liq va ravshan bo'ladi.
Kuzatishlarga yaxshiroq rahbarlik qilish uchun o'qituvchi o'quvchilar oldiga kuzatilayotgan jismning katta-kichikligi, shakli, rangi, jonli bo'lsa, yuz asosiy qismlari, harakatlanish usuli haqida, shuningdek, boshqa narsalarga o'xshashligi va ulardan farqiga oid yo'naltiruvchi savollar qo'yadi.
Suratlar bilan ishlash metodikasi. Geografiyani o'qitishda o'qituvchi o'quvchilarga ular hali ko'rmagan ko'pgina obyekt va hodisalar to'g'riisda ma’lumotlar beradi. Biroq eng jozibali va qiziqarli hikoya ham, agar u yaxshi surat ko'rsatilmasa, yetarli, to'liq va yorqin tasavvurlar bera olmaydi. Faqat suratlarni diqqat bilan ко‘rib chiqish orqali tabiiy holdagi jism bilan tanishishdagiga yaqin keladigan taassurotlami hosil qilish mumkin.
Geografiya darslarida ko'pincha devoriy suratlar ishlatiladiki, ular bo'yicha sinf o'quvchilarining barchasi ishtirokida ish olib boriladi. Yirik suratlar bo'lmasa, kichikroq suratlardan foydalanish mumkin, ularni har bir o'quvchiga ko‘rsatish kerak.
O‘qituvchi qaysi turdagi surat bilan ishlamasin, uning maqsadi - suratning geografiya mazmunini ochib berish, bolalarda geografiya bilimlarining manbai sifatida undan foydalana olish uquvini hosil qilishdir. Bu haqda oldingi sahifalarda ham fikr yuritdik.
Darsning tuzilishi va suratning mazmuniga qarab, undan turlicha foydalaniladi. Surat o‘qituvchi hikoyasining tasviri bo'lib xizmat qilishi mumkin. Bunda uning tafsilotlariga to'xtash shart emas, chunki u hikoyadan olinadigan taassurotni susaytiradi. Suratning mazmunidan bu holatda faqat bayonning eng muhim ma’nosi bilan bog'liq holda foydalaniladi.
Surat, shuningdek, suhbatning boshlanish qismi ham bo'lishi mumkin. Bu holda
o'qituvchi darsni suratni ko'rib chiqish bilan boshlaydi va suhbat jarayonida o‘quvchilarni uning geografiya mazmunini o'zlashtirishga olib keladi. Bunda o‘quvchilarning ko'proq faolligiga erishish kerak. Ular suratda tasvirlangan obyektlarni faqat ko‘rish bilan qabul qilib qolmasdan, balki ularning ayrim tomonlarini solishtirishlari, ilgarilariga taqqoslashlari va surat mazmunidan baholi qudrat xulosalar chiqarishlari kerak.
Darslikdagi mavzular matnini muhokama qilish jarayonida ham suratlar ko’riladi, bu o‘qilganlarni yaxshiroq tushunish va eslab qolishga yordam beradi. Shuningdek, suratlardan materialni takrorlash va mustahkamlashda keng foydalaniladi. Suratlardan foydalanib, o'quvchilar o‘tilganlarni yaxshiroq hikoya qilib beradilar. Bunda ular o‘qituvchining qo‘shimcha tushuntirishlarini ham esga oladilar, o‘zlarining shaxsiy fikr va mulohazalarini bayon qiladilar, o'quvchilarning o‘quv materialini puxta va chuqur o‘zlashtirishlarini ta’minlaydi.
Takrorlash — umumlashtirish darslarida suratlardan tashqari ilgari foydalanilmagan otkritka, kitob, jurnallardan, gazetalarning suratlaridan foydalaniladi, bu materialning o'zlashtirilishini tekshirishga yordam beradi.
Suratlar bilan ishlashda ularning mazmunidan to’g’ri foydalanish, bolalarning kuzatishlariga to‘g‘ri rahbarlik qilish kerak. Geografiya darslarini tasvirlar bilan ta’minlashda O‘zbekiston tabiatini madh etgan xalq rassomi O‘rol Tansiqboyevning suratlari katta o‘rin tutadi. Masalan, qudratli daryoning go‘zal manzarasi, jonajon respublikamiz qiyofasi tasvirlangan «Sirdaryo» suratidan «Tabiatda suv» mavzusini o‘tishda foydalanish mumkin.
Rassomning «Qoraqum GES», «Jonajon o‘lka», «Sug'orish» va boshqa zamonaviy mavzularda chizilgan suratlari «Jonajon o'lka tabiati» mavzusini o'rganishda yaxshi tasviriy vosita bo'lib xizmat qiladi. «Tog'dagi bog'lar», «Olmaliqqa yo‘l», «Chirchiq vodiysi», «Burg'ilash minorasi» nomli suratlarda odamlarning yaratuvchilik faoliyati bilan bog‘liq ohanglar yetakchilik qiladi.
Rasmlarni ko’rish orqali olingan taassurotlar yodda uzoq vaqt saqlanishi uchun ularning soni ko’p bo'lmasligi kerak. Suratlar bir nechta bo’lganda mazmunni yaxshiroq o'zlashtirib olishga yordam beruvchi metodik uslub-taqqoslashdan
foydalanish mumkin. Suratdan darslik bilan ishlashga ham foydalanish mumkin, masalan, darslik matnidan suratning mazmuniga mos keladigan ta’riflar tanlanadi. Bunday topshiriq o'quvchilarni suratga e’tibor bilan qarashga va bir paytning o'zida o‘qilganlarning mazmunini yaxshiroq tushunib olishga undaydi. Surat mazmunining o‘quvchilar tomonidan aytib berilishi ularda umumlashtirish uquvlarini shakllantiradi, kichik yoshdagi maktab o'quvchilarining analitik-sintetik faoliyatini rivojlantiradi.
Kuzatish tabiat jismlari va hodisalarining tabiiy sharoitlarda maqsadga yo'nalgan holda bevosita shu hodisalarni borishiga aralashmagan holda sezgilar bilan qabul qilib olish yoki laboratoriya sharoitida ularni qayta tiklashdir.
Ko‘rgazmali metodlarda o'quvchilaming kuzatishi amaliy metod sifatidagi kuzatishdan tubdan farq qiladi. Birinchi holatda o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan namoyish qilinayotgan jadval, tajriba va shunga o‘xshashlarni kuzatadilar. Ikkinchi holatda o‘quvchilar amaliy kuzatish ishlarini bajaradilar: o'simliklarni yoki ularning qismlarini o'lchaydilar, hisoblaydilar, yozadilar, rasmlarini chizadilar, quritadilar va hokazo. Bu kuzatish natijasida o'quvchilar kuzatgan jism yoki hodisani isbotlovchi materialni topshiradilar. Bunday kuzatish, aniqlash va eksperimentlar darsda, uyda, ekskursiyada va maktab maydonchasida o'tkazilishi mumkin.
O'quvchilar bevosita rahbar o'qituvchining og'zaki va yozma topshiriqlarini mustaqil ravishda bajaradilar.
Kuzatishlar o'zining bajarilishi muddati bo'yicha ikki: qisqa muddatli va uzoq muddatli guruhlarga bo'linadi. Qisqa muddatli kuzatishlar to'laligicha dars tizimiga kiritiladi va tarqatma material bilan bajariladi. Ammo kuzatishning borishi va natijalari darsda ma’lum qilinib, namoyish etiladi. O‘quvchilar qisqa muddati kuzatishlarni o'qituvchining topshirig'i bilan ekskursiyalard o‘tkazadilar (tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlarni ta’riflash muayyan sharoitlarda o‘simliklami yig‘ish). Tabiatda olib boriladigan uzoq muddatli fenologik kuzatishlar va maktab yer maydonidag kuzatishlar keng qo‘llaniladi.
Kuzatish tabiatni o‘rganishning ko‘rgazmali metodidir. Kuzatishlar ikki belgi muayyan maqsadning bo‘lishi va diqqatni kuzatish obyektini bilgan holda to‘plash
bilan xarakterlanadi.
O‘qitishning boshlang'ich bosqichlarida o‘qituvchi o‘quvchilarning kuzatishlarini tashkil qila turib, ularni oldin safarbar qilishi yoki kuzatish mo'ljallangan jismni ongli qabul qilib olish uchun kerakli ma’lumotlarni aytishi, kuzatiladigan obyektnini muhim xususiyatlarini ajratishi, kuzatishning izchilligini ko'rsatish zarur. Kuzatishsiz o'quvchilar tabiat jismlari va hodisalari, ularning xususiyat hamda sifatlari, ular o‘rtasida mavjud bog‘lanishlar haqida to‘g‘ri tasavvurlar ololmaydilar.
O‘quvchilarda tegishli tasavvurlarning hosil bo‘lishi qabul qilishning boyligi va to'liqligiga bog'liqdir. Kuzatishda o‘quvchilar faqat kuzatilayotgan obyektlarning tomoshabini bo‘lib qolmasdan, balki ularning xarakterli xususiyatlarini bilib olishga intiladilar. Masalan, chinor va zarangning barglari rangini o‘zgarishini kuzatib, o‘quvchilar shu daraxtlar nihollarining barglarin bir-biri bilan taqqoslaydilar va ularning farqlanadigan hamda umumiy belgilarini aniqlaydilar yashik yoki maydonchaga O‘simlik urug‘larini ekib, o‘simtaning urug‘ qobig'ini qanday yorilib chiqayotganligini, birinchi barglar qanday vujudga kelayotganini va o‘simlikning rivojini kuzatadilar.
Jism va hodisalarni kuzatish, ularni taqqoslash, O‘xshashlik va farqlarini aniqlash tafakkur, diqqat hamda irodaning rivojlanishiga yordam beradi. Kuzatish jarayonida, amaliy xarakterdagi bilimlar masalan. O‘simliklar dunyosining xarakteriga qarab, joyda oriyentirlash hayvon va O‘simliklarning xulq-atvori, tabiatdagi o‘zgarishlarga qarab, ob-havoning o'zgarishini oldindan aytib berish mehnat darslarida geografiya materialidan foydalan olish (tabiiy materiallar- mevalar, urug'lar, barglar, po‘stlog’ bilan ishlash) uquvlarini hosil qiladilar.
1—3- sinflardagi kuzatishlardan o'quv shaklining xilma-xil shakllarida: 1) sinfdagi dars va amaliy mashg'ulotlarda; 2) ekskursiyalarda; 3) tirik tabiat burchagi va maktaboldi yer maydonidagi mustaqil mashg‘ulotlarda; 4) uy vazifalarini bajarishda foydalanish kerak.
Kuzatishlar davomiyligi va xarakteri bo'yicha qisqa muddatli va uzoq muddatli bo'lishi mumkin. Qisqa muddatli kuzatishlar biror narsani qabul qilib olish uchun
o‘tkaziladi. Hayvonlar (kirpi, toshbaqa, shoxilon, kapalak, ninachi) ning harakatlanishini kuzatish qisqa muddatli kuzatishga misol bo‘lishi mumkin.
Uzoq muddatli kuzatishlar vaqt oraliqlari bilan bo'lingan, lekin yagona uzluksiz jarayonni hosil qilgan qator hodisalarni qamrab oladi. Bunga o‘simlikning o'sishini, daraxtlardagi barglar rangining o'zgarishini, qushlarning uchib ketishini va hokazolami kuzatish misol bo‘lishi mumkin. Ular bir qator qisqa vaqtli kuzatishlardan tashkil topadi. Uzoq vaqtli kuzatishlar hodisalar o'rtasidagi bog'lanishlami, ularning kelib chiqish sabablarini aniqlashga yordam beradi. Bular kurtakdan bargning rivojlanishini, tut ipak qurtining rivojlanishini kuzatishlar bo'lishi mumkin. Kuzatishlar oqibatida o‘quvchilar taraqqiyot davrlarining izchilligini va ular o'rtasidagi aloqalarni belgilaydilar. Kuzatishlar jamoa (butun sinf bilan bir vaqtda) yoki yakka (har bir o'quvchi mustaqil) holda bo'lishi mumkin.
Kuzatish uchun oson (uddalasa bo'ladigan) obyektlarni tanlash zarur. Kuzatishlar o'lkashunoslik xarakterida bo'lsin. Juda murakkab va tushunarli bo'lmagan hodisa va narsalarni tanlash kerak emas. Bu o'quvchilar qiziqishini sovitishi va kuzatishni chalkashtirib yuborishi mumkin. Tanlangan shakllardan qat’iy nazar 1-4- sinf o'quvchilari uchun o'lkashunoslik kuzatishlari albatta izchil bo'lishi kerak. Bundan tashqari, o'lkashunoslik kuzatishlar kompleksi albatta tizimlashgan geografiya bilimlarini tushunib olishga, idrok qilish faolligini, tabiatga qiziqish va muhabbatni rivojlantirishga, tabiat (atrof) obyektlari to'g'risidagi bilimlarni kengaytirishga yo'naltirilmog'i lozim.
1-2- sinflarda tabiatni kuzatish uchun atrof olam bilan tanishtirishga oid darslardan foydalaniladi. 3-4- sinflarda kuzatishlar sistemasi «Jonajon o'lka tabiati» mavzusi bilan bog'liq holda mavsumiylik tamoyili asosida tuziladi.
Tabiatni kuzatishlar tizimiga ushbu tushunchalarni, ya’ni jonli va jonsiz tabiat, mevali va manzarali daraxtlar, erta gullovchi o‘simliklar, texnika ekinlari, suv o‘simliklari, sabzavot va poli ekinlari, g‘alla ekinlari, hasharotlar, baliqlar, suvda va quruqd yashovchilar, qushlarni kiritish mumkin.
Alohida e’tibor Quyosh balandligining, kun va tun uzunligining yil fasllari bo‘yicha o‘zgarishini kuzatishlaiga qaratiladi. Bu kuzatishlar o‘quvchilarga tabiat
va odamlar mehnat faoliyatidag mavsumiy o'zgarishlar sabablarini aniqlash imkoniyatini beradi
Bolalarni jism va hodisalarni ko‘ra olish, eshitish va qabul qilib olishga o‘rgatish boshlang‘ich sinf o'qituvchisining eng muhin vazifalaridan biridir. Bolalar ko'pincha ikkita tanish daraxtg (masalan, chinor va zarangga) qaraydilar, ularni bir-biridan ajrata olmaydilar. Bolalar suratni ko‘rib, undagi eng muhin tomonlarni ko'ra oladilar, deb bo‘lmaydi. O‘qituvchi ular oldiga aniq obyektlarnii topish, ularni ta’riflash, savollarga javob berishga oid muayyan vazifalar qo‘yishi kerak.
Kuzatuvchanlikni rivojlantirish uchun bolalarni jism va hodisalarni taqqoslashga o'rgatish muhimdir. Kuzatish uchun biror narsani ko'rsata turib, o‘qituvchi ularni nimaga o'xshashligini so‘rashi kerak. O‘xshashlikni aniqlab, o‘quvchilar e’tiborini narsalar o‘rtasidagi farqlarga qaratish kerak. Bunda kuzatishga iloji boricha ko'proq sezgi a’zolarini jalb etish muhim. Bolalar ko'ribgina qolmasdan, kerak bo‘lganda ushlab, hidlab ham ko‘rsin.
Kuzatuvchanlik tabiatga, ishlab chiqarishga, muzeyga, fermaga, zooparkka ekskursiyalar o'tkazish vaqtida ham rivojlanadi. Bu ekskursiyalar shunday ko‘rishgina emas, balki sinchiklab qarash, shunday eshitishgina emas, balki diqqat bilan quloq solish qobiliyatini tarbiyalaydi. Geografiyani o'qitilishini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi boshlang'ich sinfdayoq bolalarni tabiat jismlari va hodisalarini kuzatishga o‘rgatadi.
Shunday qilib, geografiyani o'qitishda ko’rgazmali uslubdan foydalanish bolalarda aniq faktik bilimlarning to‘planib borishiga yordam beradi. Kuzatuvchanlikni rivojlantirish uchun darslarga o‘yin turlarini kiritish foydalidir.
Geografiya kursida fenologik kuzatuvlar alohida o‘rin egallaydi. O‘qituvchining o‘zi tegishli malaka va ko'nikmalarga ega bo‘lsagina bolalarni fenologik kuzatuvlami to‘g‘ri o'tkazishga o‘rgata oladi.
Tabiatning rivojlanishida har yili mavsumiy davriylikni kuzatamiz. Bu yil fasllari va jonli hamda jonsiz tabiatning har biriga xos bo'lgan hodisalardir. Jonli tabiatning mavsumiy rivojlanishi qonuniyatlarini muhit sharoitiga bog‘lab o'rganadigan fan fenologiya deb ataladi.
Umumiy va xususiy fenologiya farq qilinadi. Umumiy fenologiya mavsumiy davriylikning juda ham xilma-xil va murakkab bo'lgan tabiatni o‘z ichiga oluvchi yagona jarayon sifatida o'rganadi. Jonli tabiatning mavsumiy rivojlanishi har bir biogeosenoz ekologik qonuniyatlaming kompleks ko’rsatgichi hisoblanadi. Bu ko'rsatgich har bir tabiat hududi iqlimini o‘rganishda olimlarga yordam beradi. Xususiy fenologiya mavsumiy hodisalarning butun kompleksini emas, balki o'simliklar yoki hayvonlarning rivojlanish fazalarini o'rganadi (fitofenologiya yoki zoofenologiya).
Har qanday organizm mazkur joyda necha ming yillar davomida yuzaga kelgan (o‘z atrofidagi) muhit bilan birgalikda bir butunni tashkil etganidan, kishilar o‘simliklar bilan hayvonlarni parvarishlash yuzasidan olib boradigan ijodiy ishlarida mavsumiy hodisalami kompleks tarzda o‘rganmasdan iloji yo‘q. Bunga to’g’ri tabiat qonunlarini bilishga imkon beradigan umumiy fenologik kuzatuvlar yordamida erishish mumkin, xolos.
Umumiy fenologik kuzatuvlar haqiqiy tadqiqot ishining boshlanishi hisoblanadi va har qanday tadqiqot singari o‘qituvchiga atrof tabiatda u ilgari payqamagan narsalarni ko‘rishga imkon beradi O‘qituvchi mohirlik bilan boshchilik qiladigan bo‘lsa, fenologil kuzatuvlar o'quvchilarga ham tarbiyaviy jihatdan ijobiy ta’sir ko'rsatadi. Maktabda umumiy fenologik kuzatuvlardan Geografiyaka doir sinf mashg‘ulotlarini joyning tabiati va xo‘jalig bilan bog‘lab olib boriladigan metod sifatida foydalanish mumkin va lozim.
O‘qituvchi ko‘p yillik fenologik kuzatuvlarga asoslanib, jonajon o‘lkaning ekologik xarakteristikasi uchun asos bo'lib qoladigai o‘rtacha ko‘rsatkichlarni chiqarib olishi kerak.
Yerning shakli, sutkalik va yillik harakatlari bilan hali tanish bo'lmagan uchinchi sinf o‘quvchilariga tabiatdagi ko'pgina mavsumiy o‘zgarishlarni ilmiy tarzda tushuntirib berish uchun Yer yuzasi ustida Quyosh holatining sutka davomida va turli mavsumda qanday o‘zgarishini va shunga bog‘liq holda turli holatin kuzatish muhim ahamiyatga ega. Mana shu kuzatuvlami tashkil etish va o'tkazish ustida to‘xtalib o‘tamiz.
O‘qituvchi birinchi mashg'ulotdayoq o‘quvchilar tabiat shunoslik darslarida nimalami o‘rganishlari bilan tanishtiradi va ularga qaysi vaqtda tong otishini (qachon yop-yorug‘ bo‘lib ketishini) va qaysi vaqtda qorong‘u tushishini (qachon hammayoq qop-qorong‘i bo'lishini) hafta davomida yozib borishni taklif etadi. Dastlabki 1- va 2- kunlari bi borada bolalarga ota-onalari yordam berib turganlari ma’qul chunki bolalarning ko'pchiligi soatga qarab vaqtni aniqlasl malakasini hali egallab olmagan bo'ladi (uchinchi sinf o'quvchilar vaqt birliklari bilan o‘quv yilining birinchi choragida tanishadilar) yozib kelgan yozuvlaming to‘g‘riligini o‘qituvchi har kuni tekshirib chiqadi. Bolalar bu ishni qiziqish bilan bajarishadi, agar yozuvlarda ba’zi tafovutlar bolsa, olingan natijalami muhokama qilishadi (bunday tafovutlar bo‘lishi muqarrar, chunki bolalar kunning boshlanishi bilan oxirini ko‘rsatadigan aniq mezonni hali bilishmaydi). Tong bilan oqshom boshlangan vaqtni hammadan ko‘ra aniq belgilab kelgan ba’zi o'quvchilar o‘z yozuvlarini darsda o‘qib berishadi, boshqa o'quvchilar esa yozuvlarida farq bo'lsa, ularni tuzatishadi. So'ngra o'qituvchi yonma-yon o'tirgan ikki o'quvchiga kun bilan tunning uzunligini hisoblab chiqishni taklif etadi, Bir sutka 24 soat ekanini bolalar endi bilishadi. Zarur hisoblarni bolalarning o'zlari bajarishlari muhim. O‘qituvchi olingan natijalarni aniqlashtirib beradi va kun bilan tunning uzunligi ko‘rsatkichlari bundan keyin o‘zgarmasdan qolaveradimi yo‘qmi, degan savolga javob berishni o'quvchilarga taklif etadi. Yilning turli fasllarida bu ko’rsatgichlar o‘zgarib turishini bolalar endi bilishadi. Shu sababdan bu gapni tasdiqlab berish uchun kuzatuvlami davom ettirish kerak bo'Iadi.
O‘quvchilarga kun bilan tun uzunligining o‘zgarib borishi ustidagi kuzatuvlarni oyiga bir marta, taxminan oyning 2O-22- sanasida olib borish (sentabrda bunday ishni oy oxirida ham o'tkazish mumkin) va natijasini yozib qo'yish vazifasi topshiriladi. Kuzgi va bahorgi tengkunlik, quyoshning qishki va yozgi vaqtlarda chiqishining qachon boshlanishini bolalarning o‘zlari kuzatish jarayonida aniqlab oladigan bo‘lishlari juda muhimdir.
Kun bilan tun uzunligini o‘zgarib borishi ustidagi kuzatuvlar bilan bir qatorda Quyoshning Yer yuzasiga nisbatan holati, haroratning o‘zgarishi ham kuzatib
boriladi. O‘quvchilar jonsiz tabiatning mana shu hodisalari o'rtasidagi bog’lanishni va o'simliklar bilan hayvonlar hayotida ro'y beradigan o'zgarishlaming shu hodisalarga bog'liqligini tezda payqab oladilar. Jonli va jonsiz tabiatdagi mavsumiy o'zgarishlarni kuzatib borish natijasida o‘quv yili oxiriga kelib, o‘quvchilarda jonajon oika tabiatining bir butunligi haqida yaxlit tushuncha hosil bo'lishi kerak. Kuzatuvlar maqsadini bolalar o‘quv yilining boshidayoq anglab oladigan bo'lsa, ish qiziqarli mashg'ulot tusini oladi. Mazkur ishni o'quvchilar diqqat bilan, juda aniq bajaradigan, hatto unga ijod elementlarini kiritib boradigan bo'lishlariga erishmoq zarur.
Tarqatib chiqiladigan tabiiy materialni o'rganish jarayonida bolalarda kuzatuvchanlik va diqqat- e’tibor rivojlanib boradi. O'qituvchi avval kuzatuvlarning batafsil rejasini berishi, o'rganilayotgan obyektning muhim belgilari bilan xossalarini qaytariqa aniqlash kerakligini darslarning birida ko‘rsatishi kerak, xolos Masalan, xiyobonga (maktab ver maydoni, bog‘i, tabiatga ekskursiyaga chiqilganda bolalar o‘z o‘lkaIarida eng ko‘p tarqalgan ba’zi daraxtlar, butalar va o‘tlar bilan tanishib, bargli va meva shox-novdalar namunasini, yaxlit holdagi o‘t o‘simliklarni yig‘ib keladilar. Keyingi darsda esa o‘rganilayotgan shu o‘simliklarni belgilari aniqlanadi. O‘qituvchi yonma-yon o‘tirgan ikki o'quvchiga bir-biriga taqqoslash yo‘li bilan daraxtlaming bargla va mevalarining tuzilishidagi o'xshashlik va farqni, yana ikki o'quvchiga butalarning barglari bilan mevalari tuzilishidagi o‘xshashlik va farqni topishni (agar bular bo‘lsa), uchinchi ju o'quvchiga o‘tsimon o'simliklarning qismlari bilan tanishib solishtirib ko'rishni va o'xshashlik hamda farqini aniqlashni taklif etadi. O‘quvchilar ishni bajarar ekanlar, obyektlarni diqqat bilan ko‘rib chiqadilar, o‘z kuzatuvlari haqida avval bir-birlariga so‘zlab beradilar, keyin har bir guruhdan bitta o‘quvchi o‘z kuzatuvlarining natijasi to‘g‘risida butun sinfga gapirib beradi. Shu tariqa ularda o'rganilayotgan daraxtlar, butalar va o‘tlar haqida, ularning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida yaxlit tushuncha hosil bo‘ladi ular ko‘rib chiqqan narsalarini yaxshiroq eslab qoladilar.
Dars oxirida o'qituvchi kuzatuvlar davomida aniqlangan ko‘pdan-ko‘p faktlarni umumlashtirishga va o‘simliklarning yashash muhiti bilan o‘zaro bog‘liqligi
to‘g‘risida xulosa chiqarishg yordam beradi.
Keyinchalik o'qituvchi bolalarga biror topshiriq berar ekan bajarilgan ish uchun bir-biriga baho qo‘yishni taklif etishi mumkin. Demak, o'quvchilarning har biri o‘quv yili davomida goh o'quvchi, goh o‘qituvchi rolini bajarib, o'qituvchiga yordamchi bo’lib borishi mumkin. Pirovard natijada, o‘qituvchi bilan o‘quvchilar o‘rtasida o‘zaro ishonch munosabatlari tarkib topa boradi, ya’ni hamkorlik pedagogikasiga ilk qadamlar qo'yiladi.
Kuzatuvchanlik va diqqat- e’tiborni rivojlantirish uchun masalan, hayvonlarning xulq-atvorini kuzatish foydalidir Chunonchi, tabiatga ekskursiyaga chiqilganda bolalar chumchuq jiblajibon, qarg‘a va maynalarning yer yuzida qay tariqa harakatlanishini kuzatishib, o‘qituvchidan ularning yurishlari imkoni boricha o'xshatib namoyish qilib ber, degan topshiriq olishadi. Yoki boshqa bir kuzatuv olib borish: musicha, chittak chumchuq, qarg‘a, mayna, zag‘izg‘onlar qanday ovoz chiqarishini tinglash va kuzatuvlardan keyin shu tovushlarga taqliq qilib, tovush chiqarish o‘quvchilardan so'raladi. O‘quvchilarnig ba’zilari qushlaming ovozi va harakatlariga taqlid qiladilar, boshqalari o‘z o‘rtoqlarining qanday qushlarga taqlid qilayotganini aniqlab borishadi. Bu mashg‘ulot quvnoqlik bilan, qiziqarli o‘tadi, natijada bolalar yovvoyi qushlarning hayoti to‘g‘risidagi tasavvurlarga ega bo'lishadi, ularda bu qushlarga nisbatan qiziqish va ular hayotini yana kuzatib borish, ularni asrash, qishda boqish istagi paydo bo'ladi.

        1. Yüklə 0,61 Mb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin