Ko'rgazmali metodlarni umumpedagogik tamoyil, ko'rgazmalilik bilan
adashtirmaslik kerak. Bu tushunchalar har xil bo'lib, bir-biriga sira o'xshamaydi. Ko'rgazmali vositalar deyarli hamma geografiya darslarida qo'llaniladi. Ko'rgazmalilik o‘quvchilarning nutqi va tafakkuridagi nuqsonlarni tuzatish (korreksiyalash) da katta ahamiyatga ega. To‘g‘ri qo'yilgan savol, keyinroq esa tizimlangan savollar majmuasi namoyish qilinayotgan obyekt va tajribalarga e’tiborni jalb qiladi. Bu savollar o'quvchilarni maqsadga yo'naltirgan holda, izchillik bilan kuzatish, taqqoslash, xulosa chiqarish va umumlashtirishga da’vat qiladi.
Geografiya darslarida qo'llaniladigan ko'rgazma natural (tirik tabiiy obyektlar va tasviriy jadvallar, sistemalar, mulyajlar, kino, diafilm, diapozitiv) bo'lishi mumkin.
Ko'rgazmalilikning tasviriy vositalari, jadval va rasmlar o'quvchilarga o'rganilayotgan obyektlaming tuzilishi, shakli, rangi, ularning tabiiy o‘rab olgan muhiti, hayot tarzi kabilar to‘g‘risida tasavvurlar beradi.
Boshlang'ich sinflarda jismlar, narsalar, hodisalarga oid tasavvurlarni vujudga keltirish uchun natural va tasviriy ko‘rgazmalikdan keng foydalanilsa, yuqori sinflarda tasviriy va simvolik ko'rgazmalardan foydalaniladi, chunki bola rivojlanishining dastlabki bosqichlarida mavhum materialni faqat aniq ko'rsatmali material orqali o'zlashtirishga qobiliyatli bo'ladi. O‘quv kino va diafilmlarni ko'rsatish ham ta’limning ko'rgazmalilik usuliga kiradi. Bolalar filmni ko'rish orqali filmda ko’arilgan savollarga javob topishlari lozim.
Sayohat ham ko'rgazmali usullarni tashkil qiladi. Sayohat o‘qituvchi tomonidan puxta o'ylanib, yaxshi tayyorlansa va uyushtirilsa samarali natija beradi. Sayohatdan olingan taassurotlarni kuzatish natijalarini umumlashtirish juda muhim.