Boshlang’ich ta’lim
Boshlang‘ich maktablarning asosiy vazifasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan
bolalarga to‘laqonli bilim, ta‘lim berish, ularning umuminsoniy, axloqiy
xislatlariga ega bo‘lib shakllanishini ta‘minlashdan iboratdir.
Boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan o‘quv predmetlari va dasturlari
bolalarning yoshi, muhitiga moslashgan bo‘lib, ular o‘quvchilarning umumiy
savodxonligini ta‘minlab berishdan tashqari ma‘lum darajada kasb yo‘nalishiga
ham ega qiladi.
Sinfdan-sinfga ko‘chirish o‘quvchining o‘qish tezligi, yozuvi, husnixati,
arifmetika, tarix, geografiya, musiqa va san‘at kabi predmetlarni boshlang‘ich sinf
dasturi hamda darsliklari doirasida qanday o‘zlashtirib olganligiga qarab
belgilanadi.
Amerika maktablarida o‘quv-tarbiya ishlari bilan bog‘lik masalalarni
to‘laligicha har bir shtat o‘ziga mustaqil belgilab olish huquqiga ega. Shu boisdan
boshlang‘ich maktablarda o‘quv davomiyligi turli shtatlarda turlicha belgilangan.
Ya‘ni boshlang‘ich ta‘lim 4, 5, 6, 8 yillik bo‘lishi mumkin. O‘quvchilar shu davr
ichida ingliz tili, ijtimoiy fanlar, tabiat va gigiena, matematika, hunarmandchilik va
san‘at, badantarbiya va sport predmetlaridan saboq oladilar. AQSH maktablarida
o‘qish har bir o‘qvchi uchun faxr-iftixor bo‘lishiga o‘quvchi o‘z bilimi imkoniyati,
nuqtai nazariga ishonch hissini tarbiyalashga katta e‘tibor beriladi. O‘quvchilarni
maktabdan bezdirish, ularni darslarga ishtiyoqsiz va loqayd bo‘lib qolishlari
favqulodda salbiy holat hisoblanadi.
O‘quvning boshlang‘ich ta‘lim bosqichidanoq o‘quvchilar uchun turli
to‘garaklar, sayohatlar tashkil etiladi, xilma-xil ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkaziladi.
Lekin ular pullik bo‘lib, unga oila byudjetining 10-16 foizi sarflanadi. Kam
ta‘minlangan oila farzandlariga bu borada ba‘zi imtiyozlar beriladi.
O’rta ta’lim
Amerika Qo‘shma Shtatlarida to‘laqonli o‘rta maktab sirasiga 10, 11, 12-
sinflar kiradi. 7, 8, 9-sinflarni aksariyat holda quyi o‘rta maktab deb ham yuritiladi.
Binobarin, quyi o‘rta makta6 kursini muvaffaqiyatli o‘taganlar yuqori bosqichga
— to‘laqonli o‘rta maktabga qabul qilinadilar.
Ma‘lum darajada 9-sinfni bitirganlar yuqori o‘rta maktablarga tanlov yo‘li
bilan qabul qilinadi. Ammo yuqori o‘rta maktablar o‘quvchilarning bilimiga qarab
tabaqalashtirilganligi tufayli 86,4 foiz o‘quvchi ularga qabul qilinadi.
117
Amerikalik yoshlarning ko‘pchiligi o‘rta maktablarni tugatgach, tegishli
diplom va maxsus kurslarni bitirganliklarini isbotlovchi hujjat olishadi.
O‘quvchilar odatda ma‘lum bir sinfni, kurs yoki maktabni yakunlashda test
sinovlariga jalb etiladi.
O‘quvchilar bilimi quyidagicha baholanadi:
A — 95-100 ball;
V — 85-92 ball;
S — 71-80 ball;
D — 65-70 ball;
G — 0-64 ball (qoniqarsiz).
Test natijalariga ko‘ra qoniqarsiz baholangan o‘quvchilar yil davomida
ma‘lum vaqt o‘tkazib sinovdan qayta o‘tkaziladilar. Bu sinovlarga o‘quvchilarning
sinf muloqotida qatnashganligining natijalari, og‘zaki va yozma vazifalarning
yechimlari ham ilova qilinadi. AQSH maktablarida chorak va o‘quv yili
natijalariga ko‘ra ham o‘quvchilar test sinovlaridan o‘tkaziladilar.
Ba‘zi shtatlarda, shuningdek, Nyu-Yorkda ham ta‘lim departamenti
tomonidan belgilangan imtihonlar ham o‘tkaziladi.
AQSH maktablarida odatda, o‘quvchilar o‘quv yili davomida ikki marta
o‘zlashtirish tabeli olishadi. Ayrim shtatlarda bunday tabellar har bir fan bo‘yicha
6 marttagacha beriladi. Har bir maktab o‘quv yili boshlanishidayoq o‘z o‘quv
tartibini oldindan belgilab oladi. U quyidagicha bo‘lishi mumkin:
7 sentabr — o‘quv yilining boshlanishi;
12 oktabr — Kolumb kuni munosabati bilan bayram;
21 oktabr — o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlarini aniqlovchi test sinovlari;
10 noyabr — insholar konkursi;
22-27 noyabr — dastlabki ta‘tillar;
2 dekabr — kollejga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi;
22 dekabr — Rojdestvo ta‘tili;
13 yanvar — kollejga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi;
26 yanvar — o‘quv yili ikkinchi yarmiga o‘tish imtihonlari;
24 fevral — yaxshi o‘quvchilarni aniqlovchi milliy imtihonlar;
2 mart — kollejga kirish imtihonlarining uchinchi bosqichi;
5 aprel — 3-davraga o‘tish imtihonlari;
12-20 aprel — bahor ta‘tillari;
4 iyun — kollejga kirish imtihonlarining to‘rtinchi bosqichi;
30 may — Xotira kuni;
12 iyun — bitirish kechasi;
20 iyun —yozgi ta‘tilga chiqish kuni.
O‘rta maktablarda o‘quvchilarga o‘zlari tanlagan yo‘nalishlariga mos holda
predmetlar tanlashda ma‘lum erkinliklar bor. Masalan, ingliz tili, ijtimoiy fanlar,
matematika, fizika predmetlari asosiy fan bo‘lib, chet tillari, nafis san‘at, kasb
ta‘limi predmetlari o‘quvchilarning xohish - istaklariga qarab qo‘yilishi mumkin.
O‘rta maktab o‘quvchilari kundalik faoliyatida yarim vaqtni o‘quv sinflarida,
qolgan vaqtni esa, laboratoriya, maydonlar, tajriba uchastkalari, amaliyot uchun
mo‘ljallangan joylarda o‘tkazishadi. 10, 11, 12-sinflarda maktab – oila hamkorligi,
118
ayniqsa, mustahkam bo‘ladi. Chunki ayni shu bosqichda o‘quvchilarning kasb-
korlarga moyilligi to‘la qaror topadi.
O‘quvchilar va ota - onalarning istaklariga muvofiq, kasb-kor yo‘nalishiga
mos keladigan predmetlardan olinadigan saboqlarni ko‘paytirish mumkin.
Boshqacha qilib aytganda, o‘quvchi kelajakda qaysi sohaga o‘z hayotini
bag‘ishlashga ahd qilgan bo‘lsa, aynan o‘sha yo‘nalishdagi predmetlarni ustun
darajada o‘rganib, tayyorgarlik ishlarini olib boradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki, AQSH o‘rta
maktablari o‘z o‘quvchilariga uch yo‘nalishda: akademik, kasb - kor, umumiy
yo‘nalishlarda bilim beradi. Ayni vaqtda o‘quvchilarga to‘rt yo‘nalishda hunar,
kasb-kor asoslarini berib boriladi. Bular quyidagilar:
Dostları ilə paylaş: |