G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/109
tarix19.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#117982
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   109
@pp kitoblar qiyosiy ped

Savol va topshiriqlar: 
1. Ta‘limni isloh qilishda o‘quv dasturlarining ahamiyati qanday? 
2. Jahon mamlakatlarida ta‘limni integratsiyalashtirish va kasbga yo‘naltirish 
masalalarini izohlang. 
3. Ta‘limni differensiyalashtirish muammolari va maxsus maktablar faoliyati 
haqida so‘zlab bering. 
4. O‘quvchilar bilimini baholash mezonlarini ayting. 
5. Yaponiyada baholash tizimining o‘ziga xosligi nimada? 
6. Fransiyada o‘quvchilarni baholash qanday ko‘rinishda tashkil etilgan?
7. Germaniyada o‘quvchilarni baholash qanday tashkil etilgan?
IV 
BOB. 
YEVROPA MAMLAKATLARIDA TA’LIM-TARBIYA 
MASALALARINING OLIB BORILISHI VA UNING QIYOSIY TAHLILI 
 
4.1. Germaniyada ta’lim-tarbiya jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari 
 
Germaniyada mavjud bo‘lgan asosiy qonun har bir fuqaroga o‘z shaxsini 
erkin kamol toptirish, qobiliyatlari va qiziqishiga qarab maktab, o‘quv yurti va 
kasb tanlash xuquqini beradi. Ta‘lim sohasidagi siyosatning maqsadi shundan 
iboratki, u har bir insonni optimal darajada qo‘llab-quvvatlash, uning manfaatlariga 
javob beradigan malakaviy tayyorgarlikdan o‘tish imkoniyatini yaratadi. Har bir 
fuqaro hayoti davomida umumiy, kasbiy va siyosiy ta‘lim olish imkoniyatiga ega 
bo‘lishi lozim. Ta‘lim sohasidagi siyosatning asosiy yo‘nalishlaridan biri yosh 
avlodni demokratik mamlakatda mas‘uliyat hissiga ega mustaqil fuqarolar etib 
tarbiyalashdir.
Germaniya sanoatlashgan davlat. Xom ashyo jihatdan zaif mamlakat sifatida 
yaxshi tayyorlangan mutaxassislarsiz rivojlana olmaydi. Buning uchun Germaniya 
ta‘lim sohasiga katta mablag‘ ajratadi.
Huquqiy asoslar. Asosiy qonunning 7-moddasiga muvofiq butun maktab 
ta‘limi tizimi davlat nazorati ostidadir.
Federativ qurilishga muvofiq ta‘lim sohasidagi vakolatlar federatsiya va yerlar 
o‘rtasida bo‘linadi. Jumladan, Germaniyadagi mavjud 16 ta yerlarning hammasida 
ham o‘zlarining ta‘lim to‘g‘risidagi qonunlari mavjud.
Ta‘lim sohasidagi qonunchilik va boshqaruv, asosan, yerlarning vakolatiga 
kiradi. Bu, avvalombor, o‘rta va oliy ta‘lim tizimi, kattalarni o‘qitish tizimi va 
ta‘lim darajasini oshirish tizimiga tegishlidir.
―Maktab ta‘limi tizimini muvofiqlashtirish‘ to‘g‘risidagi yerlararo bitim (1971 
y. 14 sentabrda qabul qilingan Gamburg bitimi) ushbu tizimning umumiy va 
qiyosiy tuzilmasini belgilaydi. Ushbu bitimga asosan yerlar qonunchilik organlari 
tomonidan maktabda ta‘lim olishning majburiyligi, tashkiliy shakllar, imtihon 
natijalarini e‘tirof etishga tegishli bo‘lgan majburiy qoidalar qabul qilindi. Bundan 
tashqari qo‘shimcha qarorlar qabul qilinib, yerlar Madaniyat va ta‘lim vazirligining 
Doimiy anjumani (KMK) barcha yerlarda umumta‘lim va kasb-hunar maktablarini 


58 
tamomlaganlik haqidagi guvohnomalarni tan olish uchun ham umumiy asoslarni 
yaratadi.
Bular, xususan, gimnaziyalarning yuqori bosqichlarini qaytadan tashkil qilish 
to‘g‘risidagi, yetuklik shahodatnomasi uchun imtihonlarga qo‘yiladigan yagona 
talablar to‘g‘risidagi va maktab ta‘limi tizimida yakdillik va qiyoslashning zarur 
darajasini ta‘minlaydigan birlashgan maktablarni tamomlaganlik to‘g‘risidagi 
guvohnomalarni o‘zaro e‘tirof etish haqidagi qarorlardir.
Germaniya‘ning birlashuvidan so‘ng KMK doirasidagi bitimlarga asosan 
yangi yerlarning ta‘lim tizimini tuzilmaviy qayta qurish markaziy vazifaga aylandi. 
Landtaglar tomonidan maktab to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilingandan so‘ng 
yangi yerlarning beshtasida 1992-1993 o‘quv yilidan boshlab maktab ta‘limining 
ko‘proq onali tizimi joriy etildi.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin