60
Asosiy maktab o‘quvchilarga zarur bo‘lgan umumiy ta‘limni beradi. 5 yoki 6
yillik ta‘limdan so‘ng asosiy maktab bitiruvchilarining ko‘pchiligi kasb-hunar
sohasida tayyorgarlik ko‘rishga kirishadilar va 18 yoshga qadar parallel ravishda
kasb-hunar maktablarida ta‘lim oladilar. Asosiy maktabni muvaffaqiyatli bitirish
ko‘pchilik hollarda kasb-hunar ta‘limining ideal tizimiga o‘tishga imkoniyat
yaratadi.
Real maktablar. Bular 5 yoki 7 sinfdan 10 sinfgacha bo‘lgan,
chuqurlashtirilgan maktablardir. Real maktablarning bitiruv hujjati umuman
olganda barcha turdagi muhim kasb – hunar uchun asos bo‘la oladi va maxsus
yuqori maktab, maxsus gimnaziyaga borish yoki shakllantiruvchi gimnaziyaga
o‘tish huquqini beradi. Real maktablar kengaytirilgan umumiy ta‘lim beradi.
Gimnaziyalar. 9 yoki 8 (5 sinfdan 13 yoki 12 sinfgacha) yoxud 7 (7 sinfdan
13 sinfgacha) yillik ta‘limni qamrab olgan chuqurlashtirilgan, umumiy o‘rta ta‘lam
maktablaridir. Qariyb, barcha federal yerlarda hozirda 12 sinfdan so‘ng bitiruv
imtihonlarini topshirish imkoniyatini joriy etish rejalashtirilmoqda. Bundan
tashqari shakllantiruvchi gimnaziyalar ham mavjudki, ularda asosan real
maktablardan kelgan o‘quvchilar tahsil oladi. Bitiruv hujjati gimnaziya tomonidan
taqdim etiladi (umumiy oliygohga kirish huquqi) barcha oliygohlarda tahsil olish
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ba‘zi fanlar va fan majmualarini o‘qish majburiy bo‘lib qolishiga qaramay,
sinf o‘quvchisi ta‘lim sohasida o‘zining individual qobiliyatlarini rivojlantirish
uchun keng imkoniyatlarga ega, chunki unga teng ko‘lamdagi fanlar taklif etiladi.
Fanlar
o‘qishning
yo‘nalishiga
qarab
taqsimlanadi:
til-adabiy-badiiy,
jamiyatshunoslik yoki matematika, tabiiy-ilmiy-texnik. Yuqori sinflarda o‘qish
tugagunga qadar o‘quvchilar uchchala yo‘nalish bo‘yicha o‘qishlari lozim.
Gimnaziya‘ning yuqori sinflarida ta‘lim olish, shahodatnoma olish uchun 4 ta
fandan imtihon topshirish bilan yakunlanadi. 13 yillik o‘qishdan (yerlarning
to‘rttasida hozirda 12 yillik o‘qishdan so‘ng) va yetuklik shahodatnomasini olish
uchun imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirilganidan so‘ng uchinchi darajali o‘rta
ma‘lumot haqida guvohnoma beriladi. Bu guvohnoma istagan ixtisoslik bo‘yicha
oliy o‘quv yurtida o‘qish huquqini beradi.
Dostları ilə paylaş: