G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


 Tojikiston va Turkmanistonda pedagogika fani rivoji



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/109
tarix19.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#117982
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   109
@pp kitoblar qiyosiy ped

 
7.3. Tojikiston va Turkmanistonda pedagogika fani rivoji. 
 
Tojikistonda maorif tizimining bugungi shaklda rivojlanishi XX asrga 
to‘g‘ri keladi. Tojikiston ta‘lim tizimi tuzilishi quyidagicha: 
-boshlang'ich ta‘lim; 
- to'liqsiz o'rta ta‘lim; 
- umumiy o'rta ta'lim maktablaridan 
- o'rta maxsus ta‘lim; 
-oliy o'quv yurtlarida iborat.


121 
Yirik oliy oliy o'quv yurtlari: Tojikiston universiteti, Politexnika instituti, 
Qishloq xo‘jalik instituti, Tibbiyot instituti, Pedagogika institutlari, Qo'lob va 
Xo'jand pedagogika institutlari.
Bundan tashqari turli vazirliklarga qarashli ilmiy muassasalar mavjud. 1999 
yil Tojikistondagi 8 ta yirik oliy o'quv yurtlarining tashabbusi bilan tuzilgan Fan va 
maorifni rivojlantirish uyushmasi ilmiy tekxnika muassasalari oliy o'quv yurtlari 
jamoalarini birlashtirdi.U yangi axborot texnologiyalarini ishlab chiqib, oliy va 
o'rta ta'lim tizimiga joriy etish innovasion texnologiyalarni rivojlantirish, xalqaro 
ta'lim andozalarini Tojikiston oliy va o'rta ta'lim tizimiga joriy etishga qaratilgan. 
Bu sohada xalqaro tajriba ayirboshlashga ko'maklashish kabi ishlar bilan 
shug'ullana 
boshlandi. 
Tojikistonda 
Firdavsiy 
nomidagiTojikiston 
davlat 
kutubxonasi, Tojikiston Fanlar akademiyasining Markaziy ilmiy kutubxonasi va 
mingdan ortiq ommaviy kutubxona, 15 davlat muzeyi bor.
VIII BOB. AFRIKA MAMLAKATLARI TA'LIM TIZIMI MAZMUNI 
8.1.Janubiy Afrika Respublikasi ta'lim tizimi 
Hozirgi JAR hududiga yevropaliklar kelgunga qadar (17-asr o'rtalarigacha) 
afrikalik yoshlarga ta'lim berish an'anaviy afrikacha yo'ldan borgan: yosh avlodga 
turmush ko'nikmalari va hayot falsafasini o'rgatar edi. Yevropalikalarning 
dastlabki manzilgohlari barpo etilgach, ularning farzandlari cherkov ruhoniysida 
diniy kitob o'qishni o'rganardi. Xristian dini targ'ibotchilari (missionerlar) 18-asr 
oxiri-19 asr boshlarida dastlabki maktablarni ochishdi. Inglizlar avval boshdanoq
bu maktablarda yevropaliklar va mahalliy millat bolalarining alohida-alohida 
o'qishini joriy etdilar. 1995-1996 yil o'quv yilida maorif ehtiyojlari uchun 8,9 mln. 
AQSH dollari miqdoridagi mablag' ya'ni davlad byudjetining 21,2 % sarflandi. 
Jami, o'quvchilar 9,3 mln. kishiga yetdi. Boshlang'ich maktab o'qituvchilari 
kollejlarga, o'rta maktab o'qituvchilari 17 universitet va 3 politexnika institutida 
tayyorlanadi. Hozirgi kunda JARda minglab boshlang'ich maktab va kollejlar, 17 
universitet va 3 politexnika instituti ishlab turibdi. 
Yirik universitetlari: Pretoriya universiteti, Vitvatersrand universiteti, 
Stellenbosh universiteti, Keyptaun universiteti.
Yirik kutubxonalari: Blumfonteyndagi ommaviy kutubxona (1875 yilda 
tashkil topgan), Keyptaundagi shahar kutubxonasi (1952), Parlament kutubxonasi 
(1857), Janubiy Afrika ommaviy kutubxonasi (1818), Keyptaun universiteti 
kutubxonasi (1829).
Asosiy muzeylari: Blumfonteyndagi milliy muzey, Janubiy Afrika tabiat tarixi 
muzeyi, Janubiy Afrika madaniyat tarixi muzeyi, Keyptaundagi Milliy galereya. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin