G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/109
tarix19.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#117982
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   109
@pp kitoblar qiyosiy ped

ROSSIYANI TASHLASH KERAK 
6.2. Rossiya vaO’zbekistonda pedagogika fani taraqqiyotidagi o’ziga 
xosliklar: umumiylik va tafovut 
Rossiya ta’lim tizimi 
Rossiyada ta'limning barcha turlari takomillashtirishning maqsad vazifalari
2000 yilda qabul qilingan.
Bu RF milliy ta'lim doktarenasi va 2010 yil bo'lgan davrda ta'limning 
modernizatsiyalashgan konsepsiyasida belgilangan. 2000 yilda mamlakatda 68804 
maktab bo'lib, uning 635 tasi xususiy
maktab edi. Ularda 1748 ming o'qituvchi 
20879 ming o'quvchiga ta'lim berdi. 2000-yilda 2589 davlat o'rta maxsus o'quv 
yurtida 2312 ming o'quvchi ta'lim oldi. Rossiyada 130 mingdan ortiq kutubxona 
bor.
Eng yiriklari: Rossiya davlat kutubxonasi (42 mln. asar) Rossiya milliy 
kutubxonasi (33 mln. asar). M.A.Rudamino nomidagi umumrossiya davlat chet el 
adabiyoti kutubxonasi (3,2. mln asar). 
Davlat ijtimoiy siyosiy kutubxonasi (2,2 mln. asar). 
2000 yilda mamlakatda 1664 muzey ishladi.
Mashhurlari: Ermitaj, Peterburk, Konstamera, Moskva Kremeli, Davlat 
tarix muzeyi, Tretyapov galeriyasi.
Savol va topshiriqlar: 
1. AQSH ta‘lim tizimining o‘ziga xos jihatlarini yoritib bering. 
2. Rossiya ta‘lim tizimini tahlil qiling. 
 
VII 
BOB. 
MARKAZIY 
OSIYO 
DAVLATLARIDA 
TA’LIM-
TARBIYANING O’ZIGA XOSLIKLARI 


120 
7.1. Qozog’istonda pedagogika fani rivojidagi o’ziga xos jihatlar 
 
19-asrning 2-yarmigacha Qozogiston hududida faqat musulmon maktab va 
madrasalari bo‘lgan. 19-asrning 2-yarmidan dunyoviy maktablar, xususan, 1850-
yil Orenburg chegara komissiyasi huzurida qozoq bolalari uchun 7 yillik maktab 
ochildi.
1864-yil Torgayda qozoq demokrat - ma‘rifatparvar pedagogi N.Oltinsarin 
tashabbusi bilan qozoq maktabi va uning qoshida internat tashkil etildi. 1879—89 
yillarda Qozog‘istonning turli uyezdlarida 2 sinfli rus-qozoq maktablari, 1888-
yil Orskda muallimlar maktabi ochildi. 1929-yil lotin alifbosi asosida qozoq 
yozuvi yaratildi. 1940-yil rus alifbosi asosidagi yozuvga o‘tildi. Qozoq xalqi 
adabiyoti xalq og‘zaki ijodi (qo‘shiq, ertak, maqol va matal, qahramonlik va lirik-
epik dostonlar)dan boshlanadi. „Er Targ‘in―, „Qambar batir― va boshqa qadimgi 
dostonlarda xalq ozodligi, erki va mustaqilligi yolida kurashgan xalq qahramonlari 
madh etiladi. „Qiz Jibek―, „Bayan Suluv―, „Ayman-sholpan― dostonlarida qozoq 
xalqining erksevarligi kuylanadi. Xalq ertaklarining Aldar ko‘sa, Jirenshi, Tazsha, 
Ayozbi kabi qahramonlarning sarguzashtlari aks ettirilgan ertaklar keng tarqalgan.
Qozog‘istonda zamonaviy maktablarning shakllanishi XX asrning ikkinchi 
yarmiga to‘g‘ri keladi. Bu davrda boshqa sohalar kabi maorif sohasida ham turli 
yangiliklar bo‘ldi. 1992-yildan ta‘lim tizimida qator islohotlar amalga oshirildi. 
Umumiy o‘rta ta‘lim maktablari kabi o‘rta ma‘lumot beradigan litsey,  gimnaziya, 
hunar-texnika maktablari, kollejlar paydo bo‘ldi. 
2003-yil respublikada 108 gimnaziya, 63 litsey, litsey va gimnaziya sinflari 
bo‘lgan 289 maktab, iqtidorli bolalar uchun mo‘ljallangan 30 maktab ishladi. 312 
hunar-texnika maktabida 89 mingdan ziyod, 382 kollejda 207 mingdan ortiq 
o‘quvchi o‘qigan bo‘lsa, bugunda ularning soni ancha ko‘paydi. Qozog‘istonda 
birinchi oliy o‘quv yurti — Qozog‘iston pedagogika instituti 1928-
yil Almati shahrida ochilgan. Hozirda Qozog‘istonda 43 dan ortiq davlat oliy 
o‘quv yurtlari ishlab turibdi 
Qozog‘istonda bir qancha kutubxona (eng yirigi Qozog‘iston Respublikasi 
milliy kutubxonasi), klub muassasalari, 12 muzey (yiriklari: Qozog‘iston 
Respublikasi davlat muzeyi, San‘at muzeyi, Muxtor Avezov uy muzeyi, Abay 
Qo‘nonboyev memorial muzeyi va boshqalar) bor. 

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin