73
Sorbonnaning tarixi 1215-yildan boshlanadi. Bu vaqtda Senaning chap tomonida
joylashgan cherkov kollejlari Parij universiteti degan umumiy nom ostida
birlashtirilgan edi. 40 yil o‘tgach qirol Sorbon tashabbusi ostida universitet qoshida
kollej ochildi va u yerda kambag‘al aholi tahsil oldi. 1968 yil universitet bir necha
avtonom institutlarga bo‘lib tashlandi:
1. Panteon Sorbonna ─ bu yerda 40 ming student ta‘lim oladi. Bu erda huquq,
iqtisod, san‘at va arxeologiya tarixi, geografiya, tarix, falsafa, matematika,
informatika, boshqaruv va menejment bo‘yicha diplom beriladi.
2. Yangi Sorbonna ─ Sorbonna ko‘chasida joylashgan bo‘lib, gumanitar
yo‘nalishi va nisbatan kichkinaligi bilan ajralib turadi. Bu erda 20 mingga
yaqin talaba fransuz va lotin tillari hamda adabiyoti, nemis tili,
ispanshunoslik, sharqshunoslik, Arabshunoslik yo‘nalishlaridan tahsil
oladilar.
3. Rene Dekart nomli universitet /Strasburg Universiteti/
Strasburg Universiteti Fransiyaning tarixiy universitetlaridan biri. Unga 1621 yil
asos solingan. Fransiya ─ Prussiya urushidagi mag‘lubiyatdan so‘ng universitet
Kayzer Vilgelm nomiga o‘tgan. 1918 yil esa yana o‘z nomiga qaytgan. 1970
yillarda Strasburg 3 qismga bo‘lingan:
1. L.Paster nomidagi Strasburg universiteti ─ o‘z ichiga tibbiy, aniq va tabiiy,
yer haqidagi ta‘limot fakultetlarini, matematika bo‘limini, fizika institutini,
Yer fizikasi, kimyo, fiziologiya va bioximiya, botanika, zoologiya, umumiy
biologiya, geologiya, geofizika fakultetlarini va 2 ta kollejni oladi.
2007 yil 15 yanvar kuni Universitetga 1847 talaba qabul qilindi. Shulardan 3000
tasi chet ellikdir.
2. Mark Blox nomidagi 2 ─ Strasburg Universiteti ─ 10 ta fakultetni o‘z ichiga
qamrab olgan. Bular: san‘at, tarixiy fanlar, gumanitar fanlar, filologiya, lingvistika,
falsafa, ijtimoiy fanlar, sport ta‘limi, katolik va pravoslav teologiyasi. Bu yerda
13000 ga yaqin student o‘qib, 25 % i ajnabiylardir.
3. Robert Shuman nomidagi 3 ─ Strasburg Universiteti ─ 160 ta mutaxassislik
bo‘yicha talabalarni tayyorlaydi. 10000 ta‘lim oluvchilar bo‘lib, 1500 chet el
talabalaridir.
Dostları ilə paylaş: