G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/109
tarix19.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#117982
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   109
@pp kitoblar qiyosiy ped

Keyingi ta’lim
Keyingi ta‘lim 16 va undan katta yoshdagi talabalarning oliy o‘quv yurtlariga 
kirish uchun jadal tayyorlaydigan turli kurslarda o‘qishlariga mo‘ljallanadi. 
Bunday ta‘lim turli fanlar bo‘yicha mutaxasis tayyorlaydigan, texnika va tijorat 
fanlarining eng quyi darajadan boshlab, to yo‘naltirilgan kurslarigacha, biznes 
sohasida, ma‘muriyatchilik va xo‘jalikning nufuzli doiralarida yuqori malakali 
xodimlar tayyorlashga yo‘naltirilgan ―keyingi ta‘lim‖ kollejlarida bo‘lishi mumkin. 
Shuningdek, o‘qishning davomi nokasbiy yo‘nalishdagi kurslarda ham bo‘lishi 
mumkin. Ularga ixtisoslashtirilgan GCSE va ―A‖ level kurslari ham tegishlidir. 
Kunduzgi o‘qish kurslariga qo‘shimcha tarzda o‘qishni ish bilan birga olib 
boruvchilar uchun qator sirtqi va kechki kurslar ham mavjud. ―Keyingi ta‘lim‖ 
kollejlari tijorat va ishlab chiqarish korxonalari bilan chambarchas bog‘langan va 
asosan ishchilar ixtisosligi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi, ammo ―keyingi 
ta‘lim‖ning ko‘p kollejlari oliy o‘quv muassasalari bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Bu kollej talabalariga oliy ma‘lumot olishlari uchun universitetda o‘qishni davom 
ettirishlariga imkon beradi.
Oliy ta’lim
Oliy ta‘lim ―A‖ 1eveldan yuqori darajadagi ta‘limning har qanday turini o‘z 
ichiga oladi. Bunday ta‘lim universitetning turli kurslarida, kollejlarda, oliy ta‘lim 
institutlarida (shu jumladan, pedagogika institutlari), shuningdek, keyingi ta‘lim 
institutlarida ham bo‘lishi mumkin. Hozirgi vaqtda Buyuk Britaniyada 89 ta 
universitet mavjud (shu jumladan oliy ta‘limning 1992 yildagi Aktiga muvofiq 
tashkil etilgan 39 ta ―yangi‖ universitetlar ham) bo‘lib, ular sobiq politexnika 
yo‘nalishi mutaxasisliklariga ham o‘z sohasi bo‘yicha daraja berishga va 
universitet nomini olib yurishga ruxsat beradi. 
Universitetga kirish
Universitetlar va kollejlarga barcha rasmiy talablar UCAS (Universities and 
Colleges Admission Service) - oliy ta‘limning Britaniya universitet va kollejlariga 
agentlik kabi harakatdagi markaziy organi orqali uzatiladi. UCAS savollarni 
sentabrning boshlari va dekabrning o‘rtalarida bo‘lgan oraliqda, oliy o‘quv 
muassasalarida o‘qishga keyingi yilning oktabridan qabul qiladi. Kechikkan 
talablar 30 iyungacha uzatilishi mumkin, lekin bu davrda OO‘Yularida bo‘sh joylar 
anchagina qisqaradi va OO‘Yularining tanlovi cheklanadi.
Abiturient turli universitetlardan ko‘pi bilan 6 kursni tanlaydi va ularni UCAS 
qayd qiladigan shaklda ko‘rsatib beradi. Afzalliklar tartibi belgilanmaydi.
UCAS dagi har bir talab detallar qaydnomasi shaklida kompyuterga 
kirgiziladi va talablar nusxalari unda ko‘rsatilgan universitetlarga jo‘natiladi.
Har qaysi universitet rasmiy talabni qarab chiqadi va abiturientni suhbatdan 
o‘tishga chaqirishi mumkin, shundan keyin universitetga taklif etish haqida qaror 
qabul qiladi.


76 
Odatda, bunday taklif ―shartli‖ bo‘ladi va bu shartlar har yili avgustning 
uchinchi haftasida e‘lon qilinadigan ―A‖ level imtihonlarining natijalari 
hisoblanadi.
UCAS abiturientlarga qaror va har bir tanlangan universitetning o‘tish balini 
e‘lon qiladi.
Qachonk, tanlangan universitetlar o‘zlarining qarorlarini e‘lon qilsalar
abiturient ko‘pi bilan ikkita taklifni tanlashi mumkin. Takliflardan biri asosiy va 
ikkinchisi esa ―har ehtimolga qarshi‖ bo‘ladi.
―A‖ level imtihonlarining natijalari e‘lon qilinganda, (avgustning uchinchi 
haftasida) universitetlar abiturient qabuli haqida yakuniy qaror qabul qiladilar.
―A‖ level imtihonlari bo‘yicha kerakli ballarni to‘plagan barcha abiturientlar 
universitetga qabul qilinishlari shart.
―A‖ level imtihonlarida yetarli ball yig‘olmagan abiturientlar universitet 
ixtiyori bilan unga qabul qilinishi mumkin.
Tanlangan universitetlardan taklif olmagan yoki kech (1 iyuldan so‘ng) 
murojaat qilgan abiturientlar keyingi tanlov bosqichida qatnashishlari mumkin. Bu 
bosqichda UCAS mavjud o‘rinlar haqida abiturientlarga axborot beradi va 
abiturient bunday universitetlar bilan mustaqil muzokaralar olib borishi mumkin.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin