81
Italiyada davlat va xususiy maktablar faoliyati teng olib boriladi. O`quv
dasturlari bir – biridan uncha farq qilmaydi. 1985 – yilda qabul qilingan qonunga
muvofiq
boshlang`ich
maktablar
konstitutsiyada
belgilangan
shaxs
va
fuqarolarning ta‘lim olish huquqlariga asosan ish ko`radi. Ta‘lim tizimini
boshqarishda fuqarolarning erkinliklariga qadriyat sifatida qaraladi va inson
huquqlari umumjahon deklaratsiyasi talablariga javob beradi.
Boshlang`ich ta‘limning yana bir
asosiy talablaridan biri bu – bolalarda
madaniy savodxonlikni shakllantirishdir. Maktablar afsuski, ta‘limda amalga
oshirilishi ko`zda tutilgan barcha vazifalarni to`liq bajara olmaydi. Shuning uchun
o`qituvchilar doimo ota – onalar va tashkilotlar yordamiga ehtiyoj sezishadi. Ular
bilan hamkorlikda ish faoliyatini olib borishadi. Asosy maqsad o`quvchilarning
bilim olib, savod chiqarishlari barobarida erkin demokratik jamiyatda yashashga
o`rgatishga qaratiladi. Ta‘lim tizimi qonunchiligida asosan maktablar o`ziga xos
yo`nalishlarga bo`linadi va ulardan o`quvchilarda avvalo, shaxsni rivojlantirish,
ularning individual qobiliyatlarini hisobga olish talab etiladi.
Shu bois maktablar
o`quvchilarning o`z fikrini shakllantirish va erkin ayta olish, savodxonlik, tabiiy
fanlarni o`rganishda fundamental imkoniyatlarni yaratish bu borada ta‘limda ilmiy
metodlarni qo`llash, shuningdek, kommunikativ uslublar orqali tarbiyalashga
alohida e‘tibor qaratadi.
Italiyada maktablar 2 turga bo`linadi:
1)
scuoleparitarie
2)
scuole private autorizzate
Bulardan
birinchisi scuoleparitarie maktablari bo`lib, ular 2000 – yildan buyon
davlat ta‘lim muassasasi sifatida bitiruvchilarga guvohnoma berib kelmoqda.
Ikkinchi turi esa,
scuole private autorizzate maktablaridir. Bunday
maktablarning o`ziga xosligi shundaki, ularni ma‘lumotga ega bo`lmagan,
shuningdek, yuridik shaxs bo`lmagan o`rta maktabni bitirgan fuqarolar boshqaradi.
Bunday maktablar bitiruvchilarga sertifikat berish huquqiga ega emas.
Shuningdek, Italiya ta‘lim tizimida
anchagina
nom qozongan xususiy ta‘lim
muassasalari mavjud. Bular
Steynarian maktablaridir. 2000 – yil 11 – sentabrda
Italiya ta‘lim vazirligi qabul qilgan shartnomaga ko`ra, bu maktablarga faqat
boshlang`ich sinflarni tashkil etish uchun ruxsat berilgan bo`lib, ularda Montessori
metodi bo`yicha dars o`tiladi shu bois, bunday sinf rahbarlaridan maxsus
Montessori didaktikasi differensial diplomiga ega bo`lish talab etiladi.
Italiya maktablarida ko`p miqdorda o`qituvchilar
uchun alohida darsliklar va
yordamchi materiallar mavjud. Biroq o`qituvchilar o`zlari istagan boshqa
darsliklardan foydalanishlari mumkin. Bu esa, natijalarning samarali bo`lishini
ta‘minlaydi. Italiya maktabi ta‘lim tizimininig boshqa davlatlar ta‘lim tizimidan
o`ziga xos farqli jihatlaridan biri shundaki, Italiya maktablarida
multi sinflar
mavjud. Bunday sinflar o`quvchilarini turli yoshda bo`lgan bolalar tashkil etadi.
Ularning soni 6 dan 12 nafargacha bo`ladi. Multi sinf o`quvchilari birgina
o`qituvchi nazoratiga topshiriladi. Lekin bunday sinflar barcha maktablarda
mavjud emas. Ular faqatgina tog`li jorlarda,
aholi juda kam joylashgan
hududlardagi maktablarda tashkil etiladi. Bu sinfda ota – onalar bolalari bilan
shug`ullanish imkoniyati bo`lmagani yoki boshqa sabablarga ko`ra band oilalar
82
farzandlari tahsil olishadi. Maktabda o`quv jarayonini tashkillashtirish maktabning
hududiy joylashuvi hisobga olingan holda olib boriladi. O`quv yili 1 – sentabrdan
boshlanib, yozgi ta‘til 30 – iyundan boshlanadi. Maktab bitiruvchilari bitiruv
imtihonlarini iyul oyida topshiradilar.
Boshlang`ich maktablarda darslar haftasiga 27 – 30 soatni tashkil qilsa,
shundan 3 soati chet tilini o`rganishga ajratiladi. Dars jadvalini rejalashtirish
jarayonida asosiy e‘tibor fanlarni bir xil taqsimlashga qaratiladi.
Umumiy modul tizimidagi maktablarda (haftada 27 soat) haftada 5 kun
o`qitiladi. O`quv jarayoni 40 soatni tashkil etadigan maktablar ham haftasiga 5
yoki 6 kun ishlaydi. Soatning ko`pligiga qarab darslar umumta‘lim maktablar
uchun 8:30 dan 16:00 gacha olib boriladi. O`rtadagi tanaffus uchun 30 daqiqa vaqt
ajratiladi. 5 - sinf yakunida o`quvchilar
esame di licenza elementare, ya‘ni
boshlang`ich ta‘limning yakunlanishi imtihonini topshirishdi. Shundan so`ng,
Dostları ilə paylaş: