144
Ular
predmet ichida integratsiya, predmetlararo, ikki yoki undan ortiq
predmetlar yig‘indisi.
Shuningdek, mavzu bo‘yicha birlashtirilgan materiallar, yangilik yoki
tushunchalar haqidagi integratsiyalashgan o‘quv dasturlari va kurslari kabilar.
Integratsiyalashtirishning oliy darajasi sifatida
har xil fanlar sohasidagi
maktablarning yuqori sinflari, oliy o‘quv yurtlari yoki aspiranturalar uchun
tayyorlangan o‘quv loyihalari, tadqiqotlardagi, yangi
axborotlardan foydalanish
hisoblangan.
1
To‘liqsiz o‘rta maktablar uchun ‖Tabiiy bilimlar‖ integratsiyasining yuqori
ko‘rinishiga Norvegiya misol bo‘la oladi.
1
Norvegiyada tabiiy bilimlarni o‘rgatishning asosiy maqsadi quyidagicha,
ya‘ni o‘quvchilarning kuzatish va amaliy ishlarida tasavvur va mustaqillik
fazilatlarini rivojlantirish, bolalarni tabiatga
hurmat ruhida tarbiyalash, tabiiy
resurslar
va
texnologiyalardan
foydalanishda
javobgarlik
his-tuyg‘ularini
shakllantirish, sog‘liqni saqlash va shu to‘g‘risidagi bilimlarni olish, shuningdek
tabiiy fanlar va texnologiyalar madaniyatining bir qismi sifatida o‘quvchilarni
elementar izlanishlar olib borishga o‘rgatishdan iborat bo‘lgan.
Tabiiy bilimlar kursi 14 mavzuda o‘rganilgan: kuzatish va tajriba,
analiz
o‘tkazish, fizik dunyo (quyosh sistemasi, mikrokosmos, yadro energiyasi, atom
radiastiyasi va hakazolar), iqlim va ob-havo, hayot,
rivojlanish va davomiylik,
o‘simlik va hayvonot, gavda va salomatlik, bizning sezgi, energiya va tabiiy
resurslar, kundalik
hayotni elektrlashtirish, axborot va kompyuter texnologiyasi,
kundalik texnologiya va hokazolar.
Angliyada keng tarqalgan to‘liqsiz o‘rta maktablar uchun darsliklarda
‖Tabiiy fanlarni o‘rganishda‖ tahliliy mavzular: ‖Ixtirochi olim to‘g‘risida
ocherk‖, ‖Yer‖, ‖Rang-barang hayot‖, ‖Katak‖, ‖Molekula‖, ‖Atom‖, ‖Energiya‖,
‖Biosfera‖, ‖Aholi‖, ‖Muloqot‖, ‖Koinot‖ kabi mavzularda o‘rganilgan.
Bu kurslar tabiiy fanlar haqidagi asosiy tushunalari, amaliy xarakterlari bilan
norvegiyaliklarning o‘quv kurslariga yaqindir.
Demak, ko‘plab mamlakatlarda maktab o‘quvchilari
tabiiy fanlarni
integratsiyalashgan kurslarda o‘rganishadi. Shuningdek, xuddi o‘sha o‘quvchilar
mazkur fanlarni qiziqishlari va qobiliyatlariga qarab alohida o‘rganishlari mumkin
bo‘lgan.
Buning uchun to‘liq o‘rta maktablarda chuqurlashtirilgan kurslar va
dasturlar mavjud. Masalan, Fransiya, sobiq GDRda
tabiiy bilimlar alohida
kurslarida o‘rganiladi. Fransiyada bir vaqtning o‘zida (to‘liqsiz maktabda) ‖Fizika,
kimyo‖ kabi predmetlarning integratsiyasi mavjud.
90-yillarda tabiiy va gumanitar fanlardan birlashgan materiallarni yaratish
fikrlari
birinchi o‘rinda jamiyat haqidagi bilimlarni rivojlantirishga e‘tibor
qaratgan. Bu fanlarning tabiiy yo‘nalishlarini
insonparvarlashtirishdan guvohlik
beradi. Birinchi o‘rinda bu yo‘nalishdagi ta‘limning vazifalari tabiat uchun
javobgarlik, tabiiy resurslarni o‘rganishda sotsial muammolarni o‘rganish va
1
Dostları ilə paylaş: