G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni


U har qanday davlat uchun umumiy qonuniyatdir



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə35/104
tarix06.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#125769
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   104
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

U har qanday davlat uchun umumiy qonuniyatdir. CHunki davlatlar vujudga kelishi bilanoq, birdaniga yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarila olmaydi, balki har bir davlat eng avvalo, shakllanadi va ma’lum tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o‘z boshidan o‘tkazadi. Ma’lumki, har bir davlatning vujudga kelish, rivojlanish va yuksak darajasiga ko‘tarilish jarayonlari olimlar tomonidan o‘rganilgan va bugungi kunda o‘rganish davom etmoqda.
Aslida o‘tish davri nazariyasi deganda nimani tushunmoq kerak? O‘tish davri u haqidagi turli qarashlar tizimi hisoblanadi. Ular asosida umumlashgan nazariyalar shakllanadi. Qarashlar turli-tuman, hatto ular bir-biriga qarama-qarshi bo‘lishi ham mumkin. Eng muhimi ularni tahlil qilish asosida ilmiy xulosalar ishlab chiqiladi. Xulosalarning ilmiyligi esa ularning moddiy kuchga aylanishida o‘z ifodasini topadi. YA’ni, o‘tish davri haqidagi nazariy qarashlar real hayotda o‘z ifodasini topsa, amaliyotda o‘z samarasini bersagina, ilmiy xulosa darajasiga ko‘tariladi. Ana shu ma’noda ham o‘tish davri nazariyasi deganda, mamlakatlarning ma’lum bir ijtimoiy taraqqiyotdan ikkinchisiga o‘tish uchun zarur bo‘lgan oraliq bosqichlar natijasi haqida shakllangan qarashlar tizimi tushuniladi.
Berilayotgan bu ta’rif o‘tish davrining mohiyatini o‘rganish asosida shakllangan qarashlar natijasi o‘laroq, yuzaga keldi. O‘tish davri haqida turli-tuman fikrlar bo‘lishiga qaramasdan uni bir tizimga keltirish, umumlashtirish asosida shakllangan ta’riflar bugungi kungacha deyarli uchramayotganligi sababli, «o‘tish davri nazariyasi»ga yuqorida berilayotgan ta’rifni boshqalari bilan taqqoslash imkoniyati ham cheklanganligini nazarda tutish lozim.
S.Abduxoliqovning fikricha, «ijtimoiy-taraqqiyot bir tamaddundan ikkinchi tamaddunga o‘tish, birinchi namunadagi madaniy borliqdan ikkinchi namunadagi madaniy borliqqa o‘sib o‘tish tarzida yuz beradi».
Totalitar tizimdan demokratik jamiyatga o‘tish qaysi sohada bo‘lishiga qarab, uning ma’no-mazmunini aniqlash mumkin bo‘ladi. Demokratik taraqqiyot bosqichiga o‘tish, uning muqarrarligini hisobga oladigan bo‘lsak, uning zarurligini inkor etib bo‘lmaydi. CHunki jamiyat ham inson kabi yuzaga kelganidanoq yuksak kamolot darajasiga ko‘tarila olmaydi, balki ma’lum bosqichlarni bosib o‘tishi zarur bo‘ladi. Hamma masala ana shu bosqichlarning o‘ziga xosligini, ularda mavjud bo‘ladigan muammolar ko‘lamini aniqlash va hal qilish mexanizmlarini ishlab chiqish bilan bog‘liq. Ammo, bu jo‘n, oson ish emas. CHunki jamiyatning bir bosqichdan ikkinchisiga o‘tishi o‘z ichiga keng ko‘lamdagi vazifalarni hal etishni qamrab oladi. Ularni amalga oshirishda nafaqat ob’ektiv, ayni paytda sub’ektiv omillarini ham hisobga olish zarur. Ularning o‘tish davridagi vazni o‘zaro bog‘liq holda kechadi. SHuning uchun ham o‘tish davri haqida fikr yuritganda, gap faqat jamiyatning demokratik tamoyillar tizimiga o‘tishi bilan cheklanmasdan, balki ungacha jamiyatlar bir bosqichdan ikkinchisiga o‘tishi uchun zarur bo‘lgan «oraliq» ham nazarda tutilmoqda.
Albatta, masalaga bunday yondashuv vujudga kelishi, ular o‘rtasidagi kurashlar va u yoki bu sinf hukmronligining o‘rnatilishidan iborat bo‘lgan formatsion yondashuvdan xoli bo‘lib, u jamiyat taraqqiyotiga sivilizatsion yondashuvni talab etadi. YA’ni, jamiyatning bir bosqichdan ikkinchisiga o‘tishi inson turmushida, uning tafakkurida, jamiyatning moddiy, siyosiy va ma’naviy-ma’rifiy hayotida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar darajalarining markazini aniqlash va mezonlarini belgilash g‘oyasi turadi.
Bugun, umuman, davrga, shu jumladan o‘tish davriga qarashlar tubdan o‘zgardi, ular mazmunan zamonamizning o‘ziga xos qadriyatlariga asoslangan. Professor I.Ergashev to‘g‘ri ta’kidlaganidek, «Bugun davrga qarash o‘zining mazmuni va mohiyatiga ko‘ra, an’anaviy yakka mafkuraviy qarashdan tubdan farq qiladi. Mustabid tuzumning emirilishi bilan davrni siyosiylashgan, mafkuralashgan mazmuniga va harakteriga barham berildi»56. Demak, «o‘tish davri»ni bir tomonlama emas, balki uni siyosiy, falsafiy, iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy sohalarni o‘zida mujassamlashtirgan tushuncha sifatida qarash va shu yo‘nalishda tahlil qilish to‘g‘ri bo‘ladi.
Ana shunday qarashlarning majmuasigina o‘tish davrining mohiyatini o‘zida to‘la ifodalaydi. Albatta, o‘tish davri - nimadan nimaga yohud qaysi jamiyatdan yana qaysi biriga o‘tilishi haqida gap borishi masalasi dunyo olimlari diqqatida turganligini ham ta’kidlash lozim bo‘ladi. Ayniqsa, jamiyat taraqqiyoti bosqichlariga formatsion yondashuv (yuqorida ta’kidlanganidek) barham topgan bugungi kunda bu masalaga aniqlik kiritish maqsadida turli konsepsiyalarni ilgari surishga e’tibor ham kuchaymoqda.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin