2.3. Dunyoviy davlat qurishda «O‘zbek modeli»ning jamiyat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayot sohalarida namoyon bo‘lishi
Dunyoviy va milliy davlatchilik tushunchalari. O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurishning asosiy vazifalari. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar jahon maydoniga chiqishda ular dunyoviy davlat qurish yo‘lidan borganligi bilan xarakterlanadi. Aslida 1) dunyoviy davlatchilik, 2) milliy davlatchilik va 3) islom davlatchiligi tushunchalari mavjud bo‘lib, ularning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud.
1. Dunyoviy davlat tushunchasi, avvalo, demokratiyaning muhim umumjahon e’tirof etgan asosiy tamoyillariga asoslanadi. Bu tamoyillar:
Erkin va adolatli saylovlar.
Ochiq va hisobot beruvchi hukumat.
Inson huquqlarining ustuvorligi.
Hokimiyat organlarining saylanib qo‘yilishi.
So‘z, matbuot va vijdon erkinligining Konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlanishi.
Qonun ustuvorligi.
Fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy huquqlari mavjudligi va tengligi.
Tayinlash yo‘li bilan shakllangan davlat organlarining saylab qo‘yiladigan organlari oldida hisob berib turishi.
Ko‘ppartiyaviylik tizimining mavjudligi.
Umummilliy masalalarning hal etilishida referendumlarning o‘tkazilishi.
Mulk shakllarining xilma-xilligi va ularning tengligini kafolatlovchi qonunlarning mavjudligi.
Demak, dunyo mamlakatlari dunyoviy davlat qurishda 1)dan demokratiya va qonunchilikka rioya qilgan, 2) mulkchilikning xilma-xil shakllarini keng yo‘lga qo‘ygan, 3) ma’naviyat, madaniyatga e’tibor qaratgan, 4)dan dunyo hamjamiyati bilan aloqa bog‘laganlar. Agar shu jihatlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, O‘zbekiston dunyoviy davlat qurish yo‘lidan bormoqda. Lekin bunda albatta Prezidentimiz belgilab bergan tamoyillar shundan dalolat beradiki, Milliy davlatchilikxususiyatlari bilan ham bevosita bog‘liqdir.