ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti
2.2. Islom Karimovning «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» asari hamda uning tarixiy ahamiyati Bu asar Prezident Islom Karimov tomonidan 1992 yilda yozildi. Asarda O‘zbekiston taraqqiyotining o‘ziga xos yo‘li va demokratik jamiyat qurishning jahon taraqqiyoti tajribasi tahlil qilindi. Jahon taraqqiyotida: 1) Demokratiya va qonunchilik. 2) Mulkchilikning turli shakllari v unga munosabat. 3) YUksak ma’naviyat va madaniyatning rivojlanishi. 4) Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, jahon hamjamiyatiga kirish masalalari ko‘rsatib berilgan. Asarda Markaziy Osiyo respublikalari ijtimoiy tuzumini o‘zgartirish uchun quydagi masalalarga e’tibor qaratilgan. 1. Ma’muriy buyruqbozlik tizimidan demokratik, butun jamiyatning tuzilishiga o‘tish. 2. Mulkchilikning begonalashuvi: rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish. 3. Totalitar, aqidaparastlik mafkurasidan hurfikrlilikka, ko‘ppartiyaviylikka, umuminsoniy ma’naviyatga amal qilish. 4. Jahon hamjamiyatiga kirib borish. Umuman, bu asarda demokratik huquqiy davlat va O‘zbekistonni 125 mamlakat (bugungi kunda esa 170 ga yaqin)tan olganligi, 40 dan ortiq davlat bilan diplomatik aloqalar o‘rnatilganligi bayon etilgan. O‘zbekiston BMTga 1992 yil 2 martda qabul qilinganligi ko‘rsatilgan. Umuman, bu asar 5 qism, bo‘limlarni o‘zida ifoda etadi. Bular:
1. O‘z yo‘limizning shart-sharoiti va zaminlari.
2. O‘zbekiston demokratik va itimoiy adolat jamiyati.
3. Milliy manfaatlar ustuvorligi va teng huquqli hamkorlikka asoslangan tashqi siyosat.
4. Ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini qurish – mustaqil O‘zbekiston ichki siyosatining negizlari.
5. Mustaqil O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari.
Umuman, ana shu asar Prezidentimiz tomonidan yozilgandan so‘ng O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishning huquqiy asoslari va tamoyillarini qabul qlish bilan birga, unda O‘zbekistonning o‘ziga xos xususiyatlari har tomonlama asoslab berildi. SHu asar yozilgandan so‘ng jamiyatimizda siyosiy hayotning barcha sohalari, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish jadallik bilan olib borilmoqda. Bizningcha, mazkur asarning tarixiy ahamiyati benihoya katta bo‘lib, bu O‘zbekiston fuqarolarining mustaqil taraqqiyot yo‘lidan sobitqadamlik bilan rivojlanib borishining siyosiy va iqtisodiy yo‘nalishlarini belgilab berdi. Xalqimiz o‘zining nimalarga qodir ekanligini isbotlamoqda. Haqiqatan ham Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «O‘zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo‘lmaydi». Men bu asarning tarixiy ahamiyatini shu boisdan ham beqiyos deb bilaman.