4) 1982–1991 yillarda iqtisodiyotni erkin qo‘yish, uning ochiqligi ta’minlandi. Imtiyozli kreditlar berish bekor qilindi. Davlat faqat uzoq muddatga kredit berishni kafolatladi.
8. “O‘zbek modeli” – qisman Erxard (nemis) modeliga o‘xshab ketadi. Nemislarga o‘xshab, mamlakatimizda 2 ta islohot o‘tkazildi. 1) 1993–94 yillarda pul islohoti (kupon) joriy qilinib, milliy sum muomalaga kiritildi; 2) Narx-navo islohati 1991–2001 yillar va undan keyingi hozirgi davrgacha davom etmoqda.
Aslida XX asr 90-yillari boshida O‘zbekiston oldida bir qator strategik rivojlanish yo‘llari paydo bo‘lgan edi. Ularni 4 yo‘nalishga bo‘lish mumkin: 1) xom ashyo; 2) agrar; 3) industrial; 4) xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha guruhlash joizdir.
1. Xom ashyo yo‘lini tanlash tabiiy boyliklarning yanada talon-taroj qilinishi, aholini ish bilan ta’minlash muammosi, sanoatning undiruvchi tarmoqlariga zo‘r berishga olib keldi. Sobiq Ittifoq ixtisoslashuvi bu yo‘nalishni keltirib chiqargan edi.
2. Agrar iqtisodiy taraqqiyot modeli agrarsanoat majmui (ASM) tarmoqlarini rivojlantirishni taqozo qilib, aholining asosiy qismini qishloq xo‘jaligi bilan band qilishga olib kelardi.
3. Industiral iqtisodiy taraqqiyot modelining samaradorligi Janubiy-SHarqiy Osiyo mamlakatlari tajribasi bilan tasdiqlandi.
4. Taraqqiyotning xizmat ko‘rsatish yo‘nalishi ham O‘zbekistonga qo‘l kelishi mumkin edi. Bu yo‘ldan borayotgan Evropa mamlakatlaridan YAIMning 67–70% shu sohada yaratiladi. Ba’zi mamlakatlarda bu YAIMning 25% ni hosil qiladi.
O‘zbekiston yuqorida sanalgan global va milliy modellarning birontasidan voz kechmadi, ulardan foydalandi.
2.1-CHIZMA
Taraqqiyotning o‘zbek modeli jamiyatni inqilobiy tarzda emas,
balki evolyusion-tadrijiy ravishda isloh etishdir
J amiyatni isloh etishning besh tamoyili:
Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi.
Davlat - bosh islohotchi.
Qonunning ustuvorligi.
Kuchli ijtimoiy siyosat.
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish.
O‘zbek modeli tushunchasi, avvalo, O‘zbekistonning mustaqil milliy taraqqiyoti qanday bo‘lishi lozimligini asoslaydigan, uni muayyan maqsadlarga yo‘naltiradigan eng umumiy nazariy xulosalar va mo‘ljallar bilan davlatning belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan amaliy siyosatining mushtarakligini anglatadi.
Biz qanday jamiyat barpo etmoqlamiz, degan masala Prezidentimizning «O‘zbekiston XX1 asrga intilmoqda» (1997), «O‘zbekistonda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari» (2002), «Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir» (2005) kabi asarlarida ayniqsa o‘zining tugal va mukammal ifodasini topdi. Unda qurilajak yangi jamiyatning ilmiy-falsafiy konsepsiyasi, jamiyat hayotini tubdan isloh etishning navbatdagi strategik vazifalari asoslab berilgan. Ana shu masalalarni bajarish milliy istiqlol g‘oyasining pirovard maqsadlarini belgilaydi va bu maqsadlarga etishga xizmat qiladi.
Bizning bosh strategik maqsadimiz - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir. Bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, ko‘pmulkchilikka va ular o‘rtasidagi raqobatga tayanadi. Unda mulkning barcha qonuniy shakllari teng huquqqa ega bo‘lib, bu huquq davlat tomonidan kafolatlanadi.
«O‘zbek modeli»ni bugungi kunda demokratik jamiyat barpo etish muhim o‘ziga xos modeli ekanini dunyoning juda ko‘plab siyosatshunos etakchi olimlari o‘rganmoqda va uni tahlil qilmoqdalar 54. Masalan, rossiyalik tadqiqotchilar M.S.Gafarli, A.G.Kasaev, germaniyalik L.Levitin, Rossiya Fanlar Akademiyasining akademigi F.Burlatskiy uni yuksak baholashgan.
Mustaqil taraqqiyot yo‘liga chiqqan O‘zbekiston uchun eng asosiy, bosh masala milliy davlatchilik poydevorini barpo etish, mustaqillikning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini yaratish edi. Mazkur masalaga mustaqillikka erishgan barcha mamlakatlar turli davrlarda duch kelishgan va ular bu masalani turlicha hal etishgan. SHu sababli ilmiy adabiyotlarda ijtimoiy taraqqiyotning «SHved modeli», «Amerika modeli», «YApon modeli» kabi tushunchalar ishlatilmoqda. Mazkur tushunchalar zamirida muayyan mintaqa yoki mamlakatlar ijtimoiy taraqqiyotida siyosiy-iqtisodiy islohotlarni qaysi yo‘l bilan, qay yo‘sinda amalga oshirilishi bilan bir-biridan farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |