1. Osiyo taraqqiyoti modeli – jamoaning kuchli pozitsiyasi va diniy omilga asoslangan bo‘lib, bu modelda undiruvchi sanoat va qishloq xo‘jaligi asosiy o‘rinda turadi. “Osiyo arslonlari” deb e’tirof etilgan: Janubiy Koreya, Singapur, Tayvan, Malayziya kabi mamlakatlar rivojlandi.
Mustaqillikdan meros qolgan qaloq, an’anaviy iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish. Bu model milliy mustaqillik sharoitida amalga oshadi. Bunda bozor iqtisodiyotiga xos belgilar xo‘jalik turlarining transformatsiyasi orqali yuz beradi.
1) Azaliy natura xo‘jalik bozor doirasiga tortilib, tovar xo‘jaligiga aylanadi va undan bozor iqtisodiyoti belgilari o‘sib chiqadi.
2) Kam rivojlangan, lekin real mavjud milliy kapitalistik xo‘jalik bozor iqtisodiyoti tomon yuz tutadi.
3) Xorijiy kapital yaratgan xo‘jalik, ishlab chiqarishning xorijiy sektori zaminida bozor iqtisodiyoti unsurlari rivoj topadi.
Osiyo modelining muhim belgisi shundaki, unga bozor munosabatlari rivojiga xos bosqichlarning hammasidan o‘tilmaydi, hatto ayrimlari chetlab ham o‘tiladi. Masalan, qoloq natura xo‘jalik to‘g‘ridan-to‘g‘ri bozor iqtisodiyotiga xos yirik fermer xo‘jaligiga aylanadi.
“YAngi YApon” yigit-qizlari bilak kuchiga va aqliga tayanadilar. CHetdan texnika, asbob-uskuna, kapital olib kelinadi. Ishchi kuchini “ajdoha”lar beradi. AQSH texnologiyasidan nusha ko‘chirgan Janubiy Koreya ham tez rivojlandiki, bunda 1) ishchilarni bepul qayta o‘qitish; 2) sanoat tarmoqlarini rivojlantirish; 3) subsidiya va past foizli kreditlar berish; 4) “Eksport” – iqtisodiyotning harakatlantiruvchi kuchi” aqidasi hukmron; 5) mamlakatda bilimdon va intizomli ishchi kuchlarining etarliligi.
2. Evropa (cha) modelida – iqtisodiy taraqqiyotning ijtimoiy yo‘naltirilganligi, xususiy tashabbusning yuqori darajada rivojlanganligi, biznesni qo‘llab-quvvatlash va soliq undirishning sharoitga moslashuvchan tizimi, jamiyatning texnokratik yo‘nalishi, YAIMda xizmat ko‘rsatish sohasining yuqori hissasi ko‘zga tashlanadi.
Evropacha modelda evolyusion yo‘l orqali oddiy tovar xo‘jaligidan klassik kapitalizm tomon va undan bozor iqtisodiyoti tomon boriladi. Bunda oddiy pul-tovar munosabatlarining kapitalistik shaklga ko‘chishi, uning bozor iqtisodiyotiga aylana borishi orqali yuz beradi. Bu modelda bozor iqtisodiyotining yovvoyi ko‘rinishlari ham kuzatiladi: o‘ta tarqoqlik, tartibsizlik, o‘zbilarmonchilik, shafqatsiz ekspluatatsiya, ommaning qashshoqlashuvi, g‘irrom raqobat, g‘ayri insoniy xatti-harakatlarga moyillik. Bu jarayon XIX asr oxirigacha hukmron bo‘ldi. XX asr 30-yillaridan bozor iqtisodiyotiga o‘tildi, 50-yillarda shiddatli tus oldi.