G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə20/104
tarix06.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#125769
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   104
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

6. 1991 yil 21 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Favqulodda holat davlat qo‘mitasining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan qarorlari va farmonlari noqonuniy deb e’lon qilindi.
7. 1991 yil 25 avgustda Prezident Farmoni bilan Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi qo‘mitasi qonuniy ravishda O‘zbekiston tasarrufiga olindi.
8. 1991 yil 26 avgustda Oliy Kengash O‘zbekiston davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash hamda 31 avgustda Oliy Kengash sessiyasini chaqirishga qaror qilindi.
9. 1991 yil 28 avgustda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi Markaziy nazorat qo‘mitasi bilan birgalikda qo‘shimcha Plenumi chaqirib, unda O‘zbekiston Kompartiyasi KPSS MK bilan har qanday aloqasini to‘xtatishga, KPSSning barcha tashkilotlaridan chiqishga, uning Markaziy organlaridan o‘z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.
10. 1991 yil 31 avgustda O‘zbekiston Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari 6-sessiyasi o‘z ishini boshladi (Bu haqda keyingi sahifaga qarang).
Demak, Mustaqillik ­ tenglik sari qo‘yilgan birinchi qadam. Tenglik bo‘lmagan joyda kim kimgadir qaram bo‘ladi. Tenglik odamlarning o‘zaro munosabatlaridan tortib mamlakatlararo munosabatlargacha hamma narsani me’yor-mezonga soladi.
Mustaqillik ­ o‘zaro hurmat, bir-birini tan olish, bir-birini qadrlash asosida mamlakat fuqarolari o‘zaro munosabatida ham, davlatlar o‘rtasidagi aloqalarda ham ana shu insoniy qadriyatlarga tayanish, umumiy mezonlar asosida yashash demakdir. Milliy mustaqillik erkin dunyoqarash, erkin tafakkurga tayanib yashashdir. Tabiatan ongli yashash, ongli munosabatni qaror toptirishning mezoni hamdir.
1991 yil 19-21 avgust kunlari yuz bergan davlat to‘ntarishiga urinish va zo‘ravonlik siyosatini chuqurlashtirishga intilish bu jarayonning yakuni bo‘ldi. Prezident Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, “Mustaqil o‘zbek davlati xalqimizning tarixiy yutug‘idir. Xalqi yuz yillar mobaynida ozodlikni orzu qilgan O‘zbekiston chinakam mustaqillikni qo‘lga kiritdi. XX asr 90- yillariga kelib, sotsialistik mamlakatlarda inson huquqlarini himoya qilish, ozodlikka intilishning yangi bosqichi boshlandi. SHarqiy Evropada sobiq sotsialistik mamlakatlar o‘z milliy mustaqilliklarini qo‘lga kirita boshladi. 1989 yil Islom Karimov davlat hokimiyatiga kelgach, mustaqillik sari bir qator qadamlar tashlashga muvaffaq bo‘ldi. 1989 yil 21 oktyabrda «Davlat tili to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. 1990 yilga kelib Sobiq SSSR boshqaruvi yanada murakkablashib bordi. 1990 yil 6 avgustda sobiq SSR Prezidenti M.Gorbachyov “YAngi ittifoq shartnomasini asos sifatida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning Ittifoq dasturi Konsepsiyasini tayyorlash haqida» farmon chiqardi. 1990 yil sentyabrda Sobiq SSSR Oliy Kengashi 4-sessiyasida N.Rijkov “Boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga o‘tishga tayyorgarlik va mamlakat xalq xo‘jaligida barqarorlikni vujudga keltirish haqida“ ma’ruza qildi. Bunda S.SHatalinnig “500 kun“ Dasturi ham ko‘rildi. Bu dastur RSFSR Oliy Soveti II sessiyasida 1990 yil 11 sentyabrda qabul qilinib ijobiy baholangan edi. Lekin har ikkala dastur ham qabul qilinmadi. Aksincha ikkovini qayta uyg‘unlashtirilib qabul qilishga kelishib olindi. Demak, bu davrga kelib sobiq SSSRni boshqarish bo‘yicha bir qancha guruhlar paydo bo‘ldi. 1. Birinchi kuchlar. N.Rijkov va V.Pavlov dasturi tarafdorlari eskicha yashashga intilish kuchli edi. 2. S.SHatalin dasturi, bu yangilik sari edi. 3. M.Gorbachyov komandasi va 4-guruh bu YAnavevning hokimiyat tepasiga kelishi va 3 kun boshqaruvi bilan bog‘liq edi.
1991 yil 31 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasining mustaqilligi e’lon qilindi. Ammo, mustamlakachilik siyosatidan so‘ng qolgan siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy meros bilan mustaqillikni mustahkamlash va uning istiqbol yo‘lini aniqlash, aslida undan-da murakkab vazifa edi. Bunday vazifa mamlakatda demokratik huquqiy davlat qurish, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish, uning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishini ta’minlash bo‘yicha qat’iy va izchil siyosat yurgizishdan iborat bo‘ldi.
Prezident I.A.Karimov «Biz yangi ozod jamiyat, huquqiy davlat qurishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, adolat tamoyilini ustuvor prinsip sifatida e’tirof etamiz»48, deb O‘zbekistonda adolatparvar demokratik jamiyat qurishning nazariyasini milliy davlatchiligimizning uch ming yillik tarixi hamda madaniy merosi bilan bog‘lashga qaratadi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin