G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni


yil 21 oktyabrda “O‘zbekiston SSRning Davlat tili haqida”



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə19/104
tarix06.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#125769
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   104
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

1. 1989 yil 21 oktyabrda “O‘zbekiston SSRning Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilindi. Bu qonun 30 moddadan iborat edi. 1-moddada “Davlat tili – o‘zbek tilidir” deyildi. Qonunda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatida s’ezd, plenum, qurultoy, sessiya, konferensiya, majlis, kengash va boshqa masalalar davlat tilida olib borilishi aytilgan. 1990 yil 19 fevralda “Davlat tili haqida”gi qonunni amalga oshirish davlat programmasi qabul qilindi. 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Konstitutsiyasining 4-moddasi davlat tili o‘zbek tili ekanligi aytildi. 1993 yil 2 sentyabrda «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida” qonun qabul qilindi (31 harf va 1 tutuq belgisi (apostrof)dan iborat o‘zbek alifbosi joriy etilishi qayd qilindi. 1994 yil 16 iyunda Vazirlar Mahkamasi tomonidan bu qonunni amalga oshirish maqsadida davlat dasturi qabul qilindi. 1995 yil 6 mayda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritish haqida qonun qabul qilindi (31 harf va 1 tutiq belgisidan, so‘zlari 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasidan so‘zlar bilan almashtirildi). 1995 yil 21 dekabrda “Davlat tili haqida”gi qonunga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilib, uning yangi tahriri qabul qilindi. Bu qonunning yangi tahriri 24 moddadan iborat. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish bilan bog‘liq bo‘lgan 2, 10-bandlardagi “2005 yil” so‘zlari “2010 yil” deb almashtirildi47.
2. 1990 yil 24 martda O‘zbekiston tarixida birinchi marta Prezidentlik lavozimi joriy qilindi (bu haqida to‘liq ma’lumot 6.3-mavzuda berilgan).
3. “Mustaqillik deklaratsiyasi”ning (1990 yil 20 iyun) qabul qilinishi, uning mazmuni va mohiyati. Ushbu “Mustaqillik deklaratsiyasi” O‘zbekiston Oliy Sovetining 2-sessiyasida 1990 yil 20 iyunda qabul qilindi. Bu hujjat O‘zbekistonning mustaqillikka erishishida qo‘yilgan navbatdagi qadam bo‘ldi. Bu umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan hujjat deputatlar tomonidan moddama-modda, bandma-band muhokama qilindi. “Mustaqillik deklaratsiyasi”ning kirish qismida O‘zbekistonning davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan an’analari, har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iboratligi aytib o‘tildi. Birinchi moddada “O‘zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o‘z hududida barcha tarkibiy qismlarni belgilashda va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir”, deb qo‘yilgan. Bu Deklaratsiya o‘zbek xalqi tomonidan to‘la qo‘llab-quvvatlandi. SHu kundan boshlab respublikada O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal qilina boshlandi. 1991 yil 17 martda referendum o‘tkazildi. Bunda O‘zbekiston Federatsiya tarkibida mustaqil, teng huquqli ekanligi aytib o‘tildi. Referendumda 9.215 mingdan ko‘proq kishi qatnashdi, 93 foiz ovoz to‘plandi.
Demak, “Mustaqillik Deklaratsiyasi” 13 bo‘limchalardan iborat bo‘lib, u O‘zbekistonning mustaqillik sari qo‘ygan qadamlarida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Endilikda o‘zbek xalqi, millatining tepasida Islom Karimovdek dono rahbar shaxsning kelishi va davlatni oqilona boshqarishi tufayli O‘zbekiston asta-sekin o‘z iqtisodiy bo‘hronlaridan xalos bo‘lmoqda. Mustaqillik deklaratsiyasining tarixiy ahamiyati yana shundaki, bu hujjatning qabul qilinishi, o‘zbek xalqining o‘zini anglash borasidagi siyosati albatta muvaffaqiyatli kechdi. Lekin bugungi kunda ba’zi bir buzg‘unchi kuchlar O‘zbekistonni bu yo‘ldan qaytarib, iqtisodiy muammolarni chigallashtirishga harakat qilmoqdalar.
4. 1991 yil 15 fevralda Oliy Kengash “O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risida” maxsus qaror qabul qildi.
5. 1991 yil 22 iyulida Oliy Kengash “O‘zbekiston hududidagi joylashgan Ittifoqqa bo‘ysunuvchi davlat korxonalari, musassasalari va tashkilotlarini O‘zSSRning huquqiy tobeligiga o‘tkazish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin