G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni


O‘rta Osiyo xalqlarining mustamlakachilik siyosatiga qarshi milliy



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə18/104
tarix06.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#125769
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   104
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

O‘rta Osiyo xalqlarining mustamlakachilik siyosatiga qarshi milliy
ozodlik kurashi va uning asosiy bosqichlari





1.7. XX asr ikkinchi yarmida davlat va jamiyat qurishning “sovetcha”
ko‘rinishi hamda milliy mustaqillik va O‘zbekistonning
demokratik o‘zgarishlar sari yo‘l tutishi

Milliy istiqlol uchun kurash yo‘llari va shu yo‘ldagi maqsad mushtaraklikda bo‘lgan emas. Mustaqillikka erishish kurashlari afsuski, turlicha anglangan va unga turlicha yondashilgan. Ammo, milliy ozodlik harakatining mag‘lubiyati yoxud ko‘plab ziyoli namoyondalarning qatag‘on qilinishi, shahid bo‘lishi bilan millatning hurriyatga bo‘lgan intilishi bir soniya ham to‘xtagan emas. O‘zbek ziyolilarining mustaqillik uchun olib borgan kurashi XX asr 30-40-yillarda so‘ngra 50-60-yillarda ham turli siyosiy ko‘rinishlarda davom etib boradi.


XX asring 80-yillariga kelib, kommunistik mafkura zug‘umi ostida qatog‘onlik siyosati yangi pallaga kiradi. Markaz xodimlari tomonidan uyushtirilgan “o‘zbeklar ishi”, “paxta ishi” bilan 11 mingdan ortiq o‘zbekistonlik rahbarlar va oddiy fuqarolar ta’qib ostiga olindi, jazolandi.
Ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning ziddiyatlashuvi va hodisalarning keskinlashuvi “qayta-qurish” yillarida ham o‘z ta’sir ko‘lamini kengaytirib keldi. Natijada respublikada jamiyat yaxlitligini parchalaydigan hamda vujudga kelgan egasizlik holati fuqarolar o‘rtasida parokandalik muhitini yuzaga keltirdi, millatlararo ziddiyatlar, ba’zan to‘qnashuvlar, ayniqsa, davlat boshqaruvida qonunsizlik, boshbodoqlik holatlari vujudga keldi.
Mana shunday qaltis vaziyatda, 1989 yil 23 iyunda Islom Abdug‘anievich Karimov O‘zbekistonning birinchi rahbari sifatida o‘z faoliyatini boshladi. U qisqa vaqt ichida O‘zbekistonda vujudga kelgan ijtimoiy tanglik sharoitini barqarorlashtirishga qaratilgan tubdan yangi milliy siyosatni shakllantirishga erishdi. Natijada, siyosiy beqarorlik, fuqarolar va millatlararo nizolarning oldi olindi. Davlat boshqaruvida bosqichma-bosqich demokratik tamoyillar mustahkamlandi - O‘zbekistonda mustaqil davlat tashkil etishining barcha siyosiy va huquqiy zaminlari yaratildi. Bugungi kunda u «O‘zbek modeli» sifatida tan olinmoqda. Mustaqillik sari qo‘yilgan qadamlar quyidagilardan iborat:

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin