G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə44/104
tarix06.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#125769
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   104
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

Uchinchidan, klassik o‘tish uchun xos bo‘lgan kapitalistik munosabatlar sharoitida demokratiyaga o‘tishda eski tuzum xavf tug‘dirmaydi, balki u o‘rnini rivojlanayotgan yangi demokratik munosabatlarga «bo‘shatib» bera boshlaydi.
Totalitarizm esa yangi demokratik jarayonlar uchun xavf tug‘diradi. CHunki uning hukmronligi davrida shakllangan, nihoyatda kuchga tayangan munosabatlar va ma’naviy-ma’rifiy salohiyat demokratik jarayonlar rivojlanishi uchun qarshilik ko‘rsatib turadi. Buni albatta hisobga olmaslik mumkin emas.
SHuning bilan bir qatorda mamlakatning taraqqiyot darajalari, xalqning mentaliteti, urf-odatlari va qadriyatlarini hisobga olish evolyusion yo‘lining katta imkoniyatlari bo‘lib, bu o‘tish davrida nisbatan kam talofatlar sodir bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
SHuning uchun ham ko‘pgina olimlar bugungi kunda evolyusion yo‘lni o‘tish davri uchun eng maqbul yo‘l sifatida tan olmoqdalar. Jumladan, Rossiya Fanlar akademiyasining akademigi A.N.YAkovlev shunday yozadi: «... inqilob bu - boshi berk ko‘cha, yo‘lini yo‘qotish demakdir. O‘zaro janjal va to‘polonlar sharoitida ham quyidan, ham yuqoridan boshlanadigan jinoyatlar avj oladi. SHu tariqa lyupenlar jinoyati hokimiyat jinoyati bilan bir-biriga aralashib ketadi. Inqilob davrida shafqatsizlik misli ko‘rilmagan darajaga etadi. U olg‘a rivojlanish haqidagi nazariyalarni yaratadi-yu, oxir oqibatda o‘zi ana shu harakat yo‘lida to‘g‘anoq bo‘ladi. Faqat tabiiy, tadrijiy yo‘l insonga qoniqish tuyg‘usini, jamiyatga esa o‘z taraqqiyotini izchil puxta o‘ylangan, rejali tarzda amalga oshirish imkonini beradi».1
Evolyusion yo‘lning yana bir afzalligi shundaki, bugun insoniyat juda katta intellektual kamolot darajasiga ko‘tarildi. SHuning bilan birga, uning ehtiyojlari ham unga mos ravishda rivojlanib bormoqda. Ana shu ikki jarayonni uyg‘un holatda rivojlantirish imkoniyatini faqat evolyusion yo‘ldan borish bilan hal qilish mumkin bo‘ladi. Bugun xuddi ana shu yo‘l fojealarga olib keluvchi qarama-qarshiliklarning oldini olishga va taraqqiyotga murosa-yu, madora yo‘l bilan erishish imkonini bermoqda. Bu yo‘l bugun o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritib endi taraqqiyot yo‘liga kirayotgan Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlari uchun ham samarali bo‘lgan yo‘l hisoblanadi. Ular hozir taraqqiyotning qaysi bosqichlarida bo‘lishlariga qaramasdan, demokratik taraqqiyot bosqichiga ham tabiiy-tadrijiy yo‘ldan borishlari pirovard bosh maqsadga erishish demakdir.
Ammo, ularning ichki hayotiga aralashuv, demokratiyani tashqaridan bir «zarb» bilan kiritishga har qanday urinishlar kutilgan natija bermaydi. Bunday holat faqat mamalakatda ichki va tashqi ziddiyatlarning kuchayishiga, demokratiyaning bunyodkorlik kuchiga emas, uni taraqqiyotdan orqaga uloqtirib tashlovchi vayronkor kuch sifatida namoyon bo‘lishiga olib keladi. Bunday sharoitda mamlakatda fuqarolar urishi kelib chiqish xavfi yuzaga keladi. Bu esa o‘z navbatida mamlakatlararo, millatlararo qarama-qarshiliklarni kuchaytirib, demokratiyaning qaror topishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Evolyusion yo‘lning samarali rivojlanishi uchun tashqaridan bo‘ladigan har qanday «yordam» mamlakatda demokratik jarayonlar rivojlanishi uchun zarur bo‘ladigan shart-sharoitlarini yuzaga keltiradi. CHunki demokratiya hokimiyatni boshqaruvida xalqning ishtirok etishi bilan belgilanar ekan, uni «majburlab», boshqaruv jarayoniga jalb qilib bo‘lmaydi. Uning uchun ehtiyoj, zaruriyat, shart-sharoitlarning yuzaga kelishi va xalqning undan foydalanishiga bo‘lgan «tabiiy» intilishi shakllanmog‘i kerak bo‘ladi.
Ana shu jarayonning yuzaga kelishi evalyusion yo‘l bilan demokratik jamiyatga o‘tish imkonini beradi. Ular mavjud bo‘lgan mamlakatlarda bu yo‘l o‘z samarasini berayotganligini O‘zbekiston misolida ko‘rish mumkin.
Xullas, evolyusion yo‘l bugun dunyo mamlakatlarining rivojlanishiga va mintaqalarda barqarorlikning yuzaga kelishiga hamda umumiy taraqqiyot uchun samara bera oladigan yo‘l sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu jarayonlarni o‘rganish zarur.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin