15-tajriba. Galogenid ionlari: Cl,Br,J uchun sifat reaksiyalar. Uchta probirka olib, ulardan biriga NaCl, ikkinchisiga KBr va uchinchisiga KJ eritmalaridan 5-6 tomchidan quying. Har bir probirkaga 3-4 tomchidan AgNO3 eritmasidan qo’shing.
Nima kuzatiladi? Tegishli reaksiyalarnig molekulyar va ionli tenglamalarini yozing.
16-tajriba. Xlorid ionining boshqa anionlardan farqi.Uchta probirkaning biriga natriy xlorid, ikkinchisiga natriy karbonat, uchinchisiga natriy sulfat eritmalaridan 5-6 tomchidan quying. Har qaysi probirkaga 3-4 tomchi kumush nitrat eritmaisdan tomizing. Uchchala probirkada ham cho’kma hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan cho’kmalarning ustiga 8-10 tomchidan nitrat kislota eritmasidan qo’shing. CHo’kmalarning qaysilari nitrat kislotada eriydi? Reaksiyalarning molekulyar va ionli tenglamalarini yozing.
QO’RG’OSHIN YODIDINING OLINISHI
Tarozida 0,3 gkaliy yodid tortib olib, uni probirkaga soling va ustidan probirka hajmining 1/4qismi qadar suv quyib, tuzni eriting. Tarozida xuddi shuncha (0,3 g) qo`rg`oshin nitrat tortib oling va uni ham shuncha miqdor suvda eriting. Qo`rg`oshin nitrat eritmasiga kaliy yodid eritmasidan qo`shing. Bunda qo`rg’oshin yodid PbJa ning sariq cho`kmasi hosil bo`ladi:
Pb(NO3)2 + 2KJ = PbJ2↓ + 2KNO3
Sig`imi 100 ml bo`lgan kolbada suv qaynating, qo`rg`oshin yodid cho`kmasi ustidagi eritmani chiqindilar solinadigan idishga to`king va qo`rg`oshin yodid cho`kmasini qaynab turgan suvda eriting. Qo`rg`oshin yodid suvda erigandan keyin kolbani alangadan olib, eritmani asta-sekin soviting. Eritma sovigan sari qo`rg`oshin yodidning tilla rang kristallari cho`kmaga gushishini kuzating.