13-tajriba. Gipobromid kislota tuzlari. Probirkaga bromli suvdan quyib, so’ngra uning ustiga eritma qizil-qo’ng`ir tusdan to och sariq tusga kirguncha tomchilatib ishqor eritmasidan qo’shing. Hosil bo’lgan natriy gipobromid eritmasini probirkaga indigo eritmasi (yoki siyox) ustiga tomizing. Bo’yoqning rangsizlanishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing.
14-tajriba. Yodid kislota tuzlari.Probirkaga KJ ning suyultirilgan eritmasidan solib, unga probirkani chayqatib turgan holda oz-ozdan xlorli suv qo’shing. Bunda oldin erkin yodning paydo bo’lishini, so’ngra uning qizil-qo’ng`ir rangi yo’qolishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing.