G’altakning induktivligini, to’la kuchlanish vat ok orasidagi faza siljishini, hamda muhitning magnit singdiruvchanligini aniqlash



Yüklə 1,33 Mb.
səhifə12/14
tarix23.05.2022
ölçüsü1,33 Mb.
#59045
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
2-semestr ucun fizika fanidan tajriba ishlari

Nazоrat savоllari
1. Absolyut qora jism deb nimaga aytiladi ?
2. Absolyut qora jismning nurlanish qonunini keltiring.
3. Vin siljishini tushuntiring.
4. Issiqlik nurlanishi deb nimaga aytiladi.
8- TAJRIBA ISHI
Fotoeffekt qonunlarini tekshirish.
Ishning maqsadi: Fotoelementning voltamper xarakteristikasini olish va fotoeffekt qonuniyatlarini o`rganish.
Kerakli jihozlar: Yorug`lik manbai, o`zgarmas tok manbai, o`zgaruvchan va o`zgarmas tokka mo`ljallangan voltmetr va ampermetr, vakuumli fotoelement FEU-2, o`lchov lineykasi.


Nazariy qism
Fotoefekt-yorug`lik ta’sirida jism sirtidan elektronning ajralib chiqishidir. Bu hodisani birinchi bo`lib, 1887 yilda G.Gerts kuzatgan. Rus fizigi A.G. Stolotev fotoeffekt hodissasini chuqurroq o`rgandi. A.G. Stoletov tajribasining sxemasi 1-rasmda keltirilgan. Havosi so`rib olingan ballon ichidagi katod K ning sirtiga monoxromatik nurlar dastasi kvarts "KB" darcha orqali tushadi. Sxemadagi potensiometr P elektrodlar orasidagi kuchlanishning qiymatlarini hamda ishorasini o`zgartirishga yordam beradi.

1-rasm

Voltmetr yordamida kuchlanish, fototok esa galvanometr bilan o`lchanadi.


2-rasmda F1, F2 va F3 yorug`lik oqimi uchun fototokning anod va katod orasidagi kuchlanishga bog`liqligini ifodolovchi grafik, ya’ni volt-amper xarakteristikasi tasvirlangan. Rasmdan ko`rinishicha kuchlanishning biror qiymatidan boshlab fototok o`zarmay qoladi, ya’ni to`yinadi. Boshqacha

2-rasm

qilib aytganda, fotoelektronlarning barchasi anodga yetib boradi. Fototokning bu qiymati to`yinish toki deb ataladi. Fotokatodga tushayotgan yorug`lik oqimi o`zgartirilsa, to`yinish tokining qiymati ham o`zgaradi. Bu tajribalardan fotoeffektning birinchi qonuni kelib chiqadi. Muayyan fotokatodga tushayotgan yorug`likning spektral tarkibi o`zgarmas bo`lsa, fototokning to`yinish qiymati yorug`lik oqimiga tug`ri proporsional.


Rasmdan ko`rinadiki anod va katod orasidagi kuchlanish nolga teng bo`lgan holda ham fototok mavjud bo`ladi. Bu shuni ko`rsatadiki kinetik energiyasi katta bo`lgan elektronlar maydon kuchlanganligiga qarshi ish bajaradi va anodga etib borib anod tokini hosil qiladi. Agar elektr maydon yetarlicha kuchli bo`lsa fotoelektronlar anodga etib bormasdan o`z energiyalarini sarflab qo`yadilar. Natijada zanjirdagi fototok to`xtab qoladi. Bu holga mos keluvchi tormozlovchi kuchlanishning qiymati "Um" to`xtatuvchi kuchlanish deb ataladi. Bu vaqtdagi chegaraviy hol uchun
(1)
bu yerdan fotoeffektning ikkinchi qonuni kelib chiqadi: muayyan fotokatoddan ajralib chiqayotgan fotoelektronlar boshlang`ich tezliklarining maksimal qiymati yorug`lik intensivligiga bog`lik emas. Yorug`likning to`lqin uzunligi o`zgarsa, fotoelektronlarning maksimal tezliklari ham o`zgaradi. Fotoeffekt vujudga kelishi uchun tushayotgan fotonning energiyasi Eynshteyn qonuniga bo`ysunadi.
(2)
Bu yerda, h=6,62  10-34 J  s Plank doimiysi, v - yorug`lik chastotasi, λ - sirtiga tushayotgan yorug`likning to`lqin uzunligi, A - metall sirtidan elektronning chiqish ishi, v - fotoelektronlarning maksimal tezligi, m - elektron massasi.



Yüklə 1,33 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin