“gandbol tarixi va o‘yin qoydalari”



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə22/31
tarix22.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#119659
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
iXaL3CdFghVEmKjN155

O„yin taktikasi.


O‗yinda muvaffaqiyatga erishish asosan to‗g‗ri harakat qilishga bog‗liq. Buning uchun o‗yinni boshqarishda xilma-xil taktik vositalardan foydalanmoq kerak.
Taktika deganda, o‗yinchilarning raqib ustidan g‗alaba qozonishga qaratilgan shaxsiy yoki jamoa harakatlari tashkil qilinishini, ya‘ni jamoa o‗yinchilari-ning muayyan rejaga binoan aynan shu, aniq raqib bilan muvaffaqiyatli kurash olib borishga imkon beradigan birgalikdagi harakatlarni tushunish kerak.
Taktikadagi asosiy vazifa hujum va himoya xarakatlarining maqsadga erishtira oladigan eng qulay vosita, usul va shakllarni belgilashdan iboratdir.
Qanday taktikani tanlash har bir alohida holda jamoa oldida turgan vazifalarga, kuchlar nisbati va o‗yinchilarning o‗zaro kurashuvchi guruhlariga, maydonning ahvoliga, iqlim sharoiti va hokazolarga bog‗liq.
Qo‗l to‗pi o‗yinida ko‗p martalab hujumdan himoyaga va himoyadan hujumga o‗tishdan iborat bo‗lgani uchun ham, tabiyki, har qaysi jamoaning hujum va himoya harakatlari uyushgan bo‗lishi kerak.
Taktika uchrashuv vaqtida butun o‗yin faoliyatining asosiy mazmuni hisoblanadi. Aniq raqibga qarshi to‗g‗ri tanlangan kurash taktikasi muvaffaqiyat qozonishga yordam beradi, noto‗g‗ri tanlangan yoki uchrashuv mobaynida asqotmagan taktika esa odatda mag‗lubiyatga olib keladi.
Qo‗l to‗pi o‗yinida taktika bilan texnika bir-biriga chambarchas bog‗lanib ketgan bo‗ladi. To‗pni kimga va qanday uzatishni, raqibni dog‗da qoldirish usuli to‗p bilan ximoyani yorib o‗tishni ishlatish kerakli yoki to‗pni sherigiga uzatish ma‘qulmi, darvozaga qaysi paytda to‗p otishni hal qilayotgan o‗yinchi taktik tafakkuridan foydalaniladi, qilmoqchi bo‗lgan
harakatini amalga oshirilayotganda esa u texnik mahoratini namoyish qiladi. Demak, texnika o‗yinchining taktik rejalarini amalga oshirish vositasi bo‗lib xizmat qiladi. Texnik tayyorgarlik a‘lo darajada bo‗lsagina xilma-xil taktik harakatlarni bajarish mumkin.
Kuchi teng jamoalar uchrashuvidagi g‗alabaga ko‗pincha mag‗lub bo‗lganlarda iroda kamlik qilgani yoki jismoniy va texnik tayyorgarlik bo‗sh bo‗lgani sabab qilib ko‗rsatiladi. Lekin qo‗l to‗pi o‗yinidagi g‗alaba ko‗pincha taktik rejalar kurashi bilan belgilanadi. Taktika ikki jamoaning jismoniy, texnik va irodaviy tayyorgarlikdagi darajalari teng bo‗lganda, ulardan birini g‗alaba qilishini ta‘minlab beradigan muhim omildir. Oldindan mukammal o‗zlashtirib ishlatilgan taktika muvaffaqiyat keltira oladi. Ba‘zi jamoalar har qanday raqibga qarshi o‗ynaganda ham bir xil taktika ishlataveradilar. Taktik jihatdan bunday qashshoqlik, bir xillik mahoratning o‗sa borishiga to‗sqinlik qiladi. Har bir jamoa, ayniqsa, yuqori malakali jamoa xilma-xil taktik rejada o‗ynay bilishi kerak, aks holda u, ayrim yutuqlari bo‗lishiga qaramay, musobaqalarda katta g‗alabaga erisha olmaydi.
O‗quv-mashg‗ulot jarayonida taktik tayyorgarlikka jiddiy e‘tibor beriladi. Har bir o‗yinchi, va, umuman jamoa harakatlarning xilma xil variantlarini mukammal egallagan bo‗lishi lozim.
Hujum va himoyada qo‗llaniladigan taktik harakatlar qarama-qarshi vazifalarni echish uchun qo‗llaniladi. SHuning uchun taktika ikki katta turkumga-hujum taktikasi va himoya taktikasiga ajratiladi.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin