“gandbol tarixi va o‘yin qoydalari”



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə23/31
tarix22.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#119659
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31
iXaL3CdFghVEmKjN155

Hujum taktikasi.


Hujum o‗yinni hal qiluvchi omildir, ya‘ni muvaffaqiyat ko‗pincha uning oxirgi natijasiga bog‗liq bo‗ladi. Hujumning mutlaqo yagona maqsadi bu raqibning himoyadagi harakatlari tartibini buzish va darvozaga to‗p otishda shaxsiy qarshilikni engishdir. Hozirgi kunda qo‗l to‗pi o‗yini xujumning tez- tez va qisqa vaqt davomida uyushtirilishi bilan tavsiflanadi. Zamonaviy qo‗l
to‗pi o‗yinida himoyadan hujumga o‗tish tezligi, taktik «kombinatsiya»larni bajarish tezkorligi va aniqligi oshdi. Buning natijasida texnik usullarning bajarilish vaqti qisqardi.

Jamoa harakatlari.


Hujumda jamoalar asosan ikki taktik tizimni qo‗llaydilar. Tez yorib o‗tish va pozitsiya hujumi. Bu tizimlarning har qaysisi bir-birini to‗ldiradi va, shuning uchun hamma jamoalar qurollangan bo‗lishi kerak.
Tez yorib o‗tish. Bu hujumda ko‗proq natija beradigan usuldir. Ammo, uni qo‗llaganda o‗yinchilarning o‗zaro yonma-yon holatda bo‗lib qolishi qiyin. SHuning uchun pozitsiyada hujum qilishning solishtirma og‗irligi biroz baland hisoblanadi. SHunga qaramasdan, tez yorib o‗tish qanchalik ko‗p qo‗llansa, hujumchilar to‗p otishni shunchalik ko‗p bajaradilar. Zamonaviy qo‗l to‗pi faqat shuning hisobiga rivojlanmoqda.
Tez yorib o‗tishning maqsadi raqiblarning to‗pni yo‗qotib, hujumdan
himoyaga o‗tishi paytida sodir bo‗ladigan vaqtincha uyushmagan harakatidan foydalanishdir. SHuning uchun tez yorib o‗tishga albatta raqiblardan to‗pni kutilmaganda olib qo‗yilganda kirishiladi. Bu ko‗pincha to‗pni olib qo‗yishda, to‗siqlardan, darvoza-bondan yoki darvoza ustunlariga urilib qaytgan to‗pni egallaganda va hujumchilar tomonidan o‗yin qoidasi buzilgan hollarda amalga oshiriladi.
Tez yorib o‗tishdagi o‗zgarishlar uning shiddati bilan bog‗liq hujum 4-7 s davom etadi, o‗zaro harakatlar oddiy bo‗lsa ham, oz sonli o‗yinchilar bilan ustunlik vujudga keltiriladi.
Vaqtdan yutish va bo‗shliq, son jihatdan ustunlikni vujudga keltiradi va darvozani ishg‗ol etish uchun qulay sharoit yaratadi. Ammo buning uchun barcha himoyachilar harakati imkon boricha tezkor, dadil va yaxshi kelishilgan bo‗lishi kerak.
Tez yorib o‗tishda ayniqsa, darhol qulay vaziyatni tanlash va birinchi to‗pni to‗g‗ri uzatish muhimdir. Tez yorib o‗tish yolg‗iz va jamoaning hamma o‗yinchilari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Tez yorib o‗tishga qanchalik ko‗p o‗yinchilar qatnashsa, ularga qarshi kurashish shunchalik murakkablashadi.
Darvoza tomon tez yorib o‗tishda hujumchilar butun maydon kengligida bir yoki ikki qator bo‗lib joylashadi. Birinchi bo‗lib start olgan (1-3-o‗yinchi) o‗yinchilarni orqadagi o‗yinchilar qo‗llashi kerak. Hujumchilar to‗pni yo‗qotishi va ularga javoban hujum uyushtirilishi mumkinligi sababli bir o‗yinchi orqada qoladi. Agar old qator o‗yinchilari son jihatidan ustunlikka erisha olmasa, unda hujumning muvaffaqiyatli yakunini himoyachilar orasidagi bo‗sh joyga kirishga harakat qilayotgan orqa qator o‗yinchilari amalga oshiradi. Bunday birin-ketin rivojlanadigan va orqa qator o‗yinchilari yakunlaydigan tez yorib o‗tish hujumi «rivojlangan hujum» deb nom olgan.
Uzoq masofaga to‗p uzatib tez yorib o‗tish oddiy va muddatidan ilgari yakunlanadigan hujumning mas‘uliyatli usulidir. Odatda uzatishni darvozabon yoki to‗pga ega bo‗lgan o‗yinchi bajaradi. Tez yorib o‗tishni boshlagan o‗yinchi maydonning yon chizig‗i bo‗ylab yoki maydon markazi tomon chaqqon oldinga intiladi. Muvaffaqiyat uchun oldinga intilgan o‗yinchi boshqalardan o‗zib ketishi mumkin. Odatda, buni oldinga chiqib o‗ynayotgan himoyachi yoki to‗p otilgan joyga qarama-qarshi burchakdagi himoyachi amalga oshiradi.
Taqibdan qutilgan o‗yinchiga to‗pni tez va aniq uzatish kerak. YAxshisi, to‗pning yo‗nalish traektoriyasi pastroq bo‗lgani ma‘qul. SHuningdek, to‗p uzatish masofasi juda uzoq bo‗lmasligi kerak, chunki bunday to‗pni raqiblar darvozaboni egallab olishi mumkin. Agar tez yorib o‗tgan o‗yinchiga darvozabonning darhol to‗p uzatishiga xalaqit berishsa, u
holda bu o‗yinchi to‗pni kechiktirmasdan o‗z sheriklariga, ular esa oldindagi o‗yinchilarga uzatishi zarur.
To‗pni qisqa masofada uzatib tez yorib o‗tish. Ushbu harakatni birinchi bo‗lib boshlagan o‗yinchining har tomondan pana qilinganiga ishonch hosil qilinganda amalga oshiriladi. Ular orqasidan boshqa o‗yinchilar ham tez yorib o‗tishga intiladi. Raqiblarni hujumni to‗xtatish imkoniyatidan mahrum etish uchun, to‗pni egallagan o‗yinchi qoidani buzib bo‗lsa ham, avvalo, o‗yinning borish vaziyatini aniqlaydi, himoyachi bilan munosabatga kirishmasdan tez mo‗ljal olishga harakat qiladi va to‗pni bo‗sh sheriklariga uzatadi.
Hujumchilar butun maydon kengligida oldinga qarab harakat qiladilar. Birinchi qatorda 3-4 o‗yinchi bo‗lib, ular qisqa yo‗l bilan oldinga intiladilar. Odatda, himoyachidan bo‗sh bo‗lgan hujumchini topish uchun 3-4 marta to‗p uzatishni bajarish kifoyadir.
Tez yorib o‗tish hujumi bir-biriga bog‗liq bo‗lgan uch bosqichdan tuzilgan: to‗pni egallab hujumga o‗tish, son jihatdan ustunlikka erishish va hujumni yakunlash.
Hujumchi tez yorib o‗tish harakatining birinchi bosqichida irg‗ib oldinga tashlanadi va o‗zini ta‘qib qiluvchi o‗yinchidan qutulishga harakat qiladi. To‗p uzatmoqchi bo‗lgan o‗yinchi, qaysi o‗yinchiga to‗p uzatishni, vaziyatni to‗g‗ri baholab, to‗p traektoriyasini va yo‗nalishini aniqlashni, agar kerak bo‗lsa, himoyachilarni chalg‗itish uchun qilinadigan harakatni to‗g‗ri tanlashni bilishi kerak. Tez yorib o‗tgan hujumchilarning asosiy maqsadi himoyachilar orqasiga o‗tgan sheriklariga bo‗ylama yoki diagonal to‗p uzatishdir.
Tez yorib o‗tishning ikkinchi bosqich hujumchilar hujum kuchini imkon boricha kengaytiradi va maydon kengligida bir va ikki qator bo‗lib joylashadi. To‗p hujumning oldingi qatoriga uzatiladi.
Uchinchi bosqichining vazifasi - hujumni muvaffaqiyatli yakunlashdir. Yaxshisi, himoyachilardan hujumchilar soni ko‗p bo‗lishi kerak. Ammo son jihatdan tenglik bo‗lgan holatda hujumning yakunlanishi o‗yinda tez-tez uchrab turadi. SHuning uchun hujumchilar kam kuch bilan tez harakat qilishga doim tayyor bo‗lishi kerak. Bunday holatlarda birinchi qatordagi hujumchilar o‗rin almashtirish, chalg‗itishlar yordamida hujumni yakunlashga intiladilar yoki ikkinchi qatordagi o‗yinchilarning o‗yinga qo‗shilishiga qulay sharoit yaratishga urinadilar, bu alohida ahamiyatga egadir. Noqulay xolatdan shoshilib otilgan to‗p raqiblarning xujumga o‗tish uchun kuch jihatdan ustunlikka erishuviga olib kelishi mumkin.
SHunday qilib, tez yorib o‗tish yuksak uyushqoqlik bilan tashkil topgan xarakatdir. Uni qo‗llaganda yaxshi natijaga erishish uchun texnik-taktik tayyorgarlikning yuksak darajasi etarli emas; ruhiy holat, dadillik, jur‘at va ba‘zan tavakkal harakat qilishlar hujumni yaxshi natija bilan yakunlashga yordam beradi.
Pozitsion xujum. Jamoa tez yorib o‗tish hujumini yakunlay olmasa, unda hujumchilar majburan himoyachilarning uyushqoqlik bilan tuzilgan himoyasiga qarshi kurashmog‗i kerak. Buning uchun ular maydonning o‗zlariga qarashli yarmiga qaytib, raqiblar to‗liq himoyaga o‗tganda, ularga qarshi hujum uyushtiradilar va bu «pozitsion xujum» deb ataladi. Zamonaviy sharoitda himoyachilarning hamjihatlik bilan tashkil etilgan mudofaasini tez engib chiqish nihoyatda muhim, chunki hujumchilarning to‗p bilan hujum qilishiga 1 min dan ortiq vaqt berilmaydi.
Pozitsion hujumni qo‗llash quyidagi holatlarda o‗rinlidir:

  • to‗pni o‗yinga kiritish uchun ko‗p vaqt sarflansa;

  • o‗yin tezligi jihatidan raqiblarning ustunligi yaqqol sezilib tursa;

  • o‗yin sur‘atini o‗zgartirish zaruriyati tug‗ilganda, qayta tiklanish uchun tanaffus qilishda;

  • o‗yinchilarni almashtirish kerak bo‗lsa.

Pozitsion hujum uch bosqichdan iborat: boshlang‗ich, tayyorlovchi va yakunlovchi. Birinchisida o‗yinchilarni joy-joyiga qo‗yish amalga oshiriladi. Vaqtincha son jihatdan ustunlikka ega bo‗lish yoki hujum zonalaridan birida qulay vaziyat yaratish uchun to‗p va o‗yinchilarning o‗rin almashishi ikkinchi fazada boshlanadi. Oxirgi fazada esa darvoza olinishiga erishiladi yoki kuchlar qayta tiklanib, hujumni davom ettirish va hujumdan himoyaga o‗tish uchun qulay vaziyat yuzaga keltiriladi.
Pozitsion hujumni uyushtirish uchun jamoa ikki taktik guruhga bo‗linadi. Birinchi guruhchani oldingi qatorda darvoza maydonchasi chizig‗i yaqinida ikkitasi burchakdan va bir chiziq bo‗ylab o‗ynaydigan o‗yinchilar tashkil etadi. Ikkinchi qatorni markaziy va ikki yarim o‗rtalikda o‗ynaydigan o‗yinchilar egallaydi. Birinchi qatordagi o‗yinchilar zimmasiga murakkab vazifa yuklangan ular raqiblar mudofaasi orasida harakat qiladilar. SHuning uchun birinchi qator o‗yinchilari to‗pni egallab, chalg‗itishlarni qo‗llab, himoyachini aldab o‗tib va to‗p otishga qulay vaziyat yaratish uchun joy tanlashni bilishi zarurdir. Bu o‗yinchilarning o‗z qatoridagi sheriklari bilan hamkorlikda o‗yin xolatlarini vaqti-vaqti bilan almashib turishni bilishi maqsadga muvofiqdir.
Ikkinchi qator o‗yinchilari o‗yinni tashkil etish bilan bir qatorda hujumni yakunlash funksiyasini ham bajaradi. SHuning uchun ular yuqori tayyorgarlik darajasiga, ham texnikada ham taktikada yuksak malakaga erishmog‗i kerak.
Birinchi va ikkinchi qatorda o‗ng tomondan chap qo‗l bilan, chap tomondan esa o‗ng qo‗l bilan to‗p otadigan o‗yinchilarning o‗ynashi raqib darvozasiga unumli hujum uyushtirishga imkoniyat beradi.
Pozitsion hujumning har xil variantlarida chiziq bo‗ylab o‗ynaydigan o‗yinchilar soni o‗zgarishi mumkin. Pozitsion hujumda o‗yinchilarning 3-3
yoki 4-2 bo‗lib chiziq bo‗ylab joylashishi ko‗p tarqalgandir. Pozitsion hujumda yana boshqacha joylashishlari ham mavjud.
Joylashish variantini tanlash ularning imkoniyatiga va raqiblar himoya tizimining tuzilishiga bog‗liq. Pozitsion hujumda hujumchilar orasidagi o‗zaro asosiy taktik harakatlar joylashish variantiga bog‗liq bo‗lmaydi. Ikki o‗yinchi orasidagi «qaytar va chiq», «aldamchi hujum», «joy almashtirish»,
«to‗siq» singari oddiy harakatlar boshqalariga nisbatan ko‗proq ishlatiladi.
«Qaytar va chiq» – bu eng oddiy taktik kombinatsiya. U o‗yinchining to‗pga peshvoz chiqib uni bo‗sh joyga uzatishi va yana o‗ziga qaytarib olishidan iborat bo‗ladi. Bunday holatda himoyachiga tasodifan kirishni boshlagan o‗yinchining tezlik jihatdan ustunligi yaxshi natija beradi.
«Aldamchi hujum» – bu o‗zaro harakat bo‗lib hujumchining to‗p bilan ikki himoyachi orasidan o‗tib, uni otmoqchi bo‗lganda himoyachilarni shu hujumchi yo‗lini to‗sish uchun oldinga chiqishga majbur etishda va ishontirishda qo‗llaniladi. Bunday hollardan so‗ng boshqa xujumchilar uchun ochilgan «yo‗lakcha»da erkin harakat qilish imkoniyati yaratiladi
«Joy almashtirish» - o‗zaro harakatda bo‗lgan o‗yinchilardan birini himoyachilardan yashirincha ozod etish uchun qo‗llaniladi. To‗p egallagan o‗yinchi sherigi tomon harakat qiladi va to‗pni orqadagi bo‗sh joyga o‗tgan sherigiga uzatadi.
Hujumchilarning o‗zaro harakatida to‗siq qo‗yish alohida ahamiyatga ega. Uning yordamida himoyachilar qarshiligini bartaraf etish, zonaga kirayotgan hujumchi-ning ta‘qib qilinishiga halaqit berish mumkin. To‗siq qo‗yishning turlari quyidagilar: joyda turib va harakatda, tashqaridan va ichkaridan bulardan boshqalarga qaraganda birinchi qatordagi hujumchilar samarali foydalanadilar.
Pozitsion xujumda jamoa harakatlarini tashkil etishda chiziq bo‗ylab o‗ynaydigan o‗yinchi orqali xujum qilish etakchi o‗rinni egallaydi. CHiziq
bo‗ylab o‗ynaydigan o‗yinchilar soni har-xil bo‗lishi mumkin. (1-2) va ularning o‗yindagi asosiy o‗rni - markazda, darvoza qarshisidadir. Ammo u yon tarafga chiziq bo‗ylab harakat qilishi, oldinga erkin to‗p tashlash chizig‗iga chiqishi va to‗pni o‗yinga kiritishda ishtirok etishi mumkin.
Chiziq bo‗ylab o‗ynaydigan o‗yinchining asosiy vazifasi to‗pni egallab, uni darvozaga otishdir. Buning uchun u xamisha xiyla ishlatib (manevr) holi joyga «ochilishga», to‗p otish uchun kuchli qo‗lini bo‗shatishiga harakat qiladi.
Keyingi harakatlari uning himoyachidan qutulishini va orqa bilan turgan holda uni chalg‗itib, har qaysi tomonga aldab ketishini ta‘minlaydi; chiziq bo‗ylab o‗ynaydigan o‗yinchi o‗zi to‗siq qo‗yishni va to‗p uzatishda sheriklariga yordam qilishni bilishi shart.
Umuman, oldinga qo‗yilgan vazifani amalga oshirish uchun hujumchilar keng joylashishi va butun maydon bo‗ylab hujum qilishi, to‗siq qo‗yishi, burchak va uzoq masofadan to‗p otishni bajara olishi kerak. CHiziq bo‗ylab o‗ynaydigan o‗yinchi holi joyga kirib «ochilsa» va darvoza maydoniga sakrab kirsa, u holda unga darxol to‗p uzatiladi.
Bir necha o‗yinchilar chiziq bo‗ylab hujum qilishganda ularning vazifasi chegaralangan bo‗ladi: biri hamisha darvozaga xavf tug‗diradi, boshqalari esa ko‗pincha sheriklariga yordam qiladi.
Joy almashishga kelishib hujum qilish samarali usuldir. Buning uchun hujumchilar o‗yinning har bir vaziyatida muvaffaqiyatli o‗ynay olishi, to‗pni uzatish va darvozaga otishni bilishi, o‗yin jarayonini yaxshi tushunishi va uning rivojlanish yo‗lini oldindan ko‗ra bilishi zarur. Joy almashishga kelishib hujum qilishni, himoyaning har qanday tizimiga qarshi qo‗llash mumkin. Bunday hujum usullarida ko‗p tarqalgan variantlar: «vosmerka»,
«ikki burchak» hisoblanadi.
Bu variantlarga bir necha o‗yinchilar harakatining uchrashuv tamoyili asos solgan (3-6). Bunda hujumchilar guruhlarga bo‗linadi va o‗zlarining yo‗nalishi bo‗yicha harakat qilishi mumkin. Bir-biriga qarama-qarshi harakat qilib uchrashishi to‗p harakatining muntazamligiga to‗siqlar qo‗yishga, bir himoyachi zonasiga ikki hujumchining tasodifiy kirishiga qulay sharoit yaratadi.
Ko‗pincha hujumning «vosmerka» variantida bu tamoyil to‗la yoritilgan. Uning nomi hujumchilar haraka-tining shaklidan kelib chiqqan bo‗lib katta va kichik «vosmyorka» degan ikki turga ajratiladi
O‗yinchilar kombinatsiyasi bir-biriga qarama-qarshi «skrest» harakat qilib bog‗laydi. Har qachon to‗p uzatilganda o‗yinchi diagonal bo‗ylab maydon burchagiga ketadi va o‗zi to‗p uzatgan joyiga qaytadi. Bu bir necha marta takrorlangandan so‗ng himoyachilar o‗rganib qoladi, shundan foydalangan hujumchilar to‗satdan boshqa sheriklarini ham jalb qilgan holda hujum shaklini o‗zgartiradi va raqiblar mudofaasini vaqtincha sarosimaga soladi.
Olti metrli chiziq bo‗ylab, burchak va chiziq bo‗ylab o‗ynaydigan o‗yinchilarning muntazam harakat qilishi, himoyachilar harakati uchun undan ham ko‗p qiyinchiliklar tug‗diradi. Ikki kichik «vosmerka»da yoki ikki uchburchak bilan harakat qilish oddiy o‗zaro harakatni; 2-3 o‗yinchi orasiga to‗siq qo‗yish va asosiy to‗p uzatishlarni qo‗llash yaxshi natijaga erishishga imkon beradi. Harakat qilishda muhimi bir pozitsiyada ikki xujumchining to‗xtab qolmasligi; to‗p bilan bo‗lgan o‗yinchi esa himoyachilarning oldinga chiqishiga majbur etuvchi hujum harakatlarini ishlatishi kerak.
Zonali himoyaga qarshi hujumda muhimi himoyachilarga noqulay bo‗lgan joylashtirishdan foydalanishdir. SHunday qilib, 6-0 va 5-1 zonasiga qarshi kurashda yaxshisi ikki chiziq bo‗ylab o‗ynaydigan o‗yinchi bilan
hujum qilish. 4-2 va 3-3 zonali himoyaga qarshi kurashda esa, bir o‗yinchi chiziq bo‗ylab o‗ynasa yaxshi natija beradi.
Pozitsion hujum muvaffaqiyatining oxirgi natijasi o‗yinchilarning o‗zaro kelishib qilinadigan harakatiga, oldindan o‗rganganini qo‗llashiga va o‗yinda vujudga keladigan holatlarni ijobiy hal qilishiga bog‗liq.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin