“gandbol tarixi va o‘yin qoydalari”



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə24/31
tarix22.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#119659
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31
iXaL3CdFghVEmKjN155

Himoya taktikasi.


Himoyada o‗ynashning umumjamoa usuli shaxsiy, hududiy va aralash bo‗lishi mumkin. Biroq qisman bo‗lsa ham boshqa usul elementlaridan foydalanmasdan birgina usulda o‗ynayverish xato bo‗ladi, chunki bu hol himoya taktikasini qashshoqlashtirib qo‗yadi. Himoyada o‗ynash usullarini himoyachilarning shaxsiy xislatlari va imkoniyatlarini xisobga olib tanlash kerak.
Mudofaa qilayotgan jamoa harakatlarining hammasi xujum qilayotganlar
harakatiga javob tariqasida bo‗lib, raqiblar taktikasining xususiyatlariga qarab uyushtiriladi. Mudofaaning yaxshi uyushtirilganligi jamoaga hujum harakatlarini ham muvaffaqiyatli bajarish imkonini beradi.
Himoyaning asosiy maqsadi raqiblarning darvozaga to‗pni aniq otishi imkoniyatini kamaytirishdir. Bunda asosiy vazifalar quyidagilardan iborat bo‗ladi:

  1. qisqa vaqt ichida raqiblardan to‗pni olib qo‗yish;

  2. hujumda ishtirok etuvchi guruh o‗yinchilari orasidagi o‗rganilgan aloqalarni buzish;

  3. darvozaga to‗p otishlariga qarshilik ko‗rsatish.

  4. o‗z darvozasi oldida to‗p uchun kurashish va to‗p egallangandan so‗ng hujumni tashkil qilish.

Himoyada o‗ynash usullari xilma-xil bo‗lib, asosan darvozani mudofaa qilish, to‗pni qo‗lga kiritish uchun faol kurashishni nazarda tutadi.
Himoyadagi o‗yin ham hujumdagi singari shaxsiy, guruh va jamoa harakatlaridan iborat.

Jamoa harakatlari.


Himoyada jamoa harakatlarini tashkil etishda uch tizimdan: shaxsiy, zonali va aralash himoya tizimlaridan foydalaniladi.
SHaxsiy himoya. Bu qo‗l to‗pi o‗yinida asosiy himoya qilish tizimidir. SHaxsiy himoya uch variantdan iborat: butun maydon bo‗ylab, maydonning o‗ziga qarashli qismida va erkin to‗p tashlash zonasida.
Butun maydon bo‗ylab shaxsiy himoya to‗pni yo‗qotgandan so‗ng darhol uni egallash uchun faol kurashishga mo‗ljallangan. Himoyachilar oldindan ma‘lum yoki o‗ziga yaqin turgan o‗yinchilarni taqsimlab oladilar va ularni to‗p egallash hamda va uzatish imkoniyatlaridan mahrum etish uchun ulardan ajralmay kuzatadi. Hujumchilar darvozaga yaqinlashgan sari himoyachilarning faollik darajasi ortadi.
Agar raqib jamoasi o‗yinchilari texnik jihatdan bo‗sh yoki hujum qilishi sust bo‗lsa, o‗yin vaqtini ataylab cho‗zishsa yoki himoya qiluvchi o‗yinchilar son jihatdan ustunlikka ega bo‗lsa, u holda butun maydon bo‗ylab shaxsiy himoya qilishni qo‗llashi maqsadga muvofiqdir.
Maydonning o‗ziga qarashli qismida himoya harakatlarini bajarar ekan, jamoa o‗z darvozasi tomon chekinadi va maydonning o‗rta chizig‗i yaqinida oldindan taqsimlangan o‗yinchilarni tanlab oladi. To‗p egallagan o‗yinchi zich «devor» bilan pana qilinadi, boshqalarining to‗silishi esa, o‗yinchi bilan darvoza orasidagi masofaga bog‗liq, u darvozabonga qancha yaqin bo‗lsa, shuncha zich pana qilinadi.
Hujumchilar harakatini maksimal murakkablashtirish uchun himoyachilar butun maydon bo‗ylab yoki erkin to‗p tashlash zonasida hamma hujumchilarni zich to‗sib tursa, qo‗llanilsa yaxshi natija beradi. To‗pni burchakdan o‗yinga kiritishda yoki o‗yinning oxirgi minutlarida
jamoa minimal xisobda yutqazayotgan bo‗lsa, pressing qo‗llash maqsadga muvofiq bo‗ladi.
Zonali (xududiy) himoya. Bu tizimda har bir himoyachining harakat qilish zonasi aniqlanadi, ya‘ni, uning zonasiga kirgan har bir hujumchini zich panohgoh bo‗lishga harakat qiladi.
O‗yinchilar himoyaga qaytib kelib, o‗zlari tanlagan joylarini egallaydi, so‗ng hujumchilarning siljishi va to‗pning almashtirilgan joyi tomon harakat qiladi. Hujumchining to‗p bilan qilgan har qanday harakatiga shu zonadagi himoyachi javobgardir. Birmuncha xavfli bo‗lgan 10-12 m masofadan hujum qiluvchi hujumchiga unga yaqin bo‗lgan himoyachi chiqadi, boshqalari esa bo‗sh qolgan joyni to‗ldirishadi.
O‗yinchilarning himoyada joylashishining bir necha variantlari mavjud
bo‗lib asosan ularning beshtasi zonada joylashishga harakat qiladilar: burchaklarda, markazda va ikkitasi ularning orasida. Bunday holda birdan- uchgacha mudofaa chizig‗ini tashkil qilishi mumkin. Eng baland bo‗yli himoyachilar o‗rtada, qolganlari esa birin-ketin burchak tarafga joylashadi. U yoki bu variantni tanlash raqib o‗yinchilarining tarkibi va harakat qilishlariga bog‗liq. Uzoq masofadan natijali hujum qiladigan jamoaga qarshi ikki chiziq bo‗ylab mudofaa tashkil etiladi. Burchakdagi va chiziq bo‗ylab o‗ynaydigan o‗yinchilar orqali hujum qilinsa, u holda himoyachilarning bir-ikki qator mudofaa qilish chizig‗ida joylashish usuli qo‗llaniladi. Keng tarqalgan zonada himoya qilish tizimlari qatoriga 6-0, 5-1, 4-2, 3-3 lar kiradi
Har bir variant o‗zining turiga ega. SHunday qilib, 5-1 oldinga chiqarilgan o‗yinchi xar xil usulda harakat qilishi mumkin; to‗p bilan bo‗lgan o‗yinchiga hujum qilish, bombardir o‗yinchiga qarshi harakat qilish yoki umumiy hujumdan chetlashtirish maqsadida markazdagi o‗yinchining, unga qarshi o‗ynashi.
Zonali himoyani qo‗llashda, muhimi darvozaga to‗p otishga halaqit qilish bilan cheklanmay, balki hujumchilarning zonaga kirishiga yo‗l qo‗ymaslik va ularning erkin to‗p uzatish imkoniyatini murakkablashtirishdir. Zonali himoyada o‗yinchi har doim harakatchan, egiluvchan va shiddatkor bo‗lishi talab etiladi. Uning qudrati, shaxsiy himoyaga yaqinlashgan sari ortaveradi. Raqiblarning joylashishini dastlabki holatga qaytarish yoki hamma o‗yinchilarni zich panohgoxda ushlashni kuchaytirish maqsadida shunday joylashtirishlar qo‗llaniladi.
Aralash himoya. Bu tizimda shaxsiy va zonali himoyaning ijobiy tomonlari birlashtirilgan. Ikki asosiy tamoyil manfaati alohida o‗yinchiga qarshi harakat va zonadagi mudofaani natijali qilishdir.
Bunday himoya quyidagi variantlarga bo‗linadi: 5+1, 4+2, 1+4+1. Bularning anglatishicha, o‗yinchilarning bir qismi (birinchi raqam) zonani ushlab turadi boshqalari esa, (ikkinchi raqam) hujumchini shaxsan himoya qiladi.
Variant 5+1 – himoyani tashkil etishda ko‗p uchraydigan usuldir. Bunda o‗yinchilar 6-0 zonadagiga o‗xshab harakat qiladilar, o‗yinchilardan biri esa, kuchli hujumchiga qarshi shaxsiy himoyada o‗ynaydi.
Variant 4+2 bir vaqtda ikki o‗yinchining (bombardir va markazdagi yoki yana boshqa o‗yinchilari) harakatini bog‗lab qo‗yish maqsadida qo‗llaniladi. YA‘ni ikki mahoratli hujumchiga qarshi shaxsiy himoyada, boshqalari esa chiziq bo‗ylab zonada himoya qilish tamoyillarida o‗ynaydilar.
Variant raqiblar jamoasi chiziq bo‗ylab o‗ynaydigan bo‗lsa shunga qarshi qo‗llaniladi va u o‗yinchini himoyachidan biriga panohgoxlik qilish yuklanadi. Hujumni tashkil qiluvchi o‗yinchiga qarshi shaxsiy himoya qo‗llanilib boshqa o‗yinchilar esa zonada o‗ynaydilar.
Himoyada muvaffaqiyatli o‗ynash, barcha himoya tizimlarini to‗la takomillashtirib egallashga va shaxsiy himoyada yaxshi harakat qilishni
bilishga asoslangan. SHuning uchun shaxsiy tizimga ustunlik berish kerak. Keyinchalik zona variantlarining birini qo‗llash va undan so‗ng aralash himoyaga o‗tish hujum qilishida raqiblar oldiga murakkab vazifalar qo‗yadi.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin