“gandbol tarixi va o‘yin qoydalari”



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə26/31
tarix22.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#119659
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
iXaL3CdFghVEmKjN155

Individual harakatlar.


Individual (shaxsiy) harakat joy tanlash uchun to‗p bilan va to‗psiz hujumchiga qarshi kurashda mo‗ljallangan.
Joy tanlash – himoyada muvaffaqiyatli harakat qilishning muhim holatidir. Hujumning rivojlanishini diqqat bilan kuzatib, to‗p egallagan hujumchiga yaqin bo‗lish niyatida himoyachi muntazam joy almashtiradi va ayni vaqtda vasiylik qilgan o‗yinchisini nazorat qilishda davom etadi. Buning uchun himoyachi maqsadga muvofiq usulda harakat qilishni tanlagani ma‘qul.
To‗pni olib qo‗yish - qarshi hujum muvaffaqiyatining asosidir. SHuning
uchun himoyachi hamisha to‗pni egallashga harakat qilishi kerak. Buning uchun u darvozani imoya qiluvchi o‗yinchilar orasida va shu bilan to‗p uzatish imkoniyati bo‗lgan chiziq yaqinida joylashishi kerak. Ba‘zi hollarda oldinga chiqishi va to‗p uzatish yo‗nalishini to‗la berkita olgani maqsadga muvofiqdir.
To‗p egallashga chiqmoqchi bo‗lgan o‗yinchining yo‗nalishini gavda bilan to‗sib, unga halaqit qilish mumkin. To‗p egallagan o‗yinchini mo‗ljalga olish imkoniyatidan va to‗p uzatishga qulay usuldan foydalanishdan mahrum etish, to‗pni otishi yoki erga urib olib yura olmasligi uchun unga hujum qilish zarurdir.
To‗p bilan bo‗lgan o‗yinchini yon chiziq tomon yoki uning kuchsiz qo‗li tarafiga siqib chiqarish maqsadga muvofiq bo‗ladi. To‗p bilan to‗xtatgan
o‗yinchiga darhol uning kuchli qo‗li tomonidagi elkasiga qo‗l qo‗yib, hujum qilish zarurdir. Bombardir o‗yinchilarni darvozaga yaqinlashtirmasdan, uzoqroq masofaga chiqib kutib olish ijobiy natija beradi (to‗qqiz metrlik chiziq oldida).
To‗p otuvchi o‗yinchiga qarshi himoyachi to‗siq qo‗yishni ishlatishi shart. SHu bilan birga, qo‗shimcha to‗siq qo‗yishni tashkil etish uchun, unga yaqin turgan sherigi yordamga kelishi kerak.
Himoyachi darvoza bilan to‗p otayotgan o‗yinchining zarba beruvchi qo‗li orasiga joylashib, u to‗p otayotgan tomondagi darvozaning burchagini to‗sadi. Bu darvozaning yaqin va uzoq burchaklari bo‗lishi mumkin. To‗p, to‗siq qo‗yuvchining qo‗li va darvoza markazi xayolan chiziqlar bilan biriktirilib, o‗tmas burchak hosil qilinadi. Burchakning yo‗nalishi, darvozaning qaysi tarafini ximoya qilish kerakligini ko‗rsatadi.
Ayniqsa, chalg‗itishlardan foydalanadigan o‗yinchiga qarshi
ehtiyotkorlik bilan harakat qilish kerak. Muayyan sharoitda hujumchiga qaysi harakat qulay bo‗lishini oldindan belgilab olishi va aldamchi harakatga ahamiyat bermasdan, diqqat-e‘tiborni asosiy xavf keladigan joyga qaratish kerak. Faqat hujumchining to‗p otmoqchi bo‗lgan qo‗li tarafga siljish maqsadga muvofiqdir.
Agar himoyachi aldamchi harakat qilib hujumchini shoshilinch chora ko‗rishga majbur etsa, u holda hujumning yakuni himoyachilar foydasiga hal bo‗ladi. Himoyachining vazifasi - hujumchilarni kam foyda keltiradigan harakat qilishga majbur etishdir.

  1. Yüklə 0,56 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin