“gandbol tarixi va o‘yin qoydalari”



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə28/31
tarix22.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#119659
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
iXaL3CdFghVEmKjN155

Diskvalifikatsiya – o‗yinchi yoki jamoaning rasmiy shaxsini o‗yindan
yoki musobaqadan chetlashtirish.
Diskvalifikatsiya qilingan o‗yinchi yoki jamoaning rasmiy shaxsi darhol maydonni va zahira hududini tark etishi shart. Bundan so‗ng o‗yinchi, jamoaning rasmiy shaxsi jamoa bilan hech qanday aloqada bo‗lishga ruxsat etilmaydi. Diskvalifikatsiya holati o‗yinchi yoki jamoaning rasmiy vakili uchun ushbu o‗tkazilayotgan o‗yin oxirigacha amal qilinadi.
Hakamlik jestlari - Erkin to‗p yoki yon chiziqdan to‗p tashlashni belgilashda hakamlar darhol to‗p tashlash yo‗nalishini ko‗rsatuvchi jestni ko‗rsatish lozim.
Agar shunga zaruriyat tug‗ilsa, hakamlar albatta jestdan foydalanishi lozim.
Agar erkin to‗p tashlash yoki 7 metrli jarima to‗p tashlash belgilash sababli tushunarli bo‗lishi uchun 1-6 va 11 jestlarni qo‗llash maqsadga muvofiqdir (ammo, 11 jest sust o‗yin jesti uchun erkin to‗p tashlash holatlarida doim qo‗llaniladi). Zarur sharoitda albatta 12, 16 va 17 jestlar qo‗llaniladi.
Texnika grekcha so‗z bo‗lib «bajara olish san‘ati» degan maononi bildiradi. Jismoniy mashq texnikasi doim o‗zgarib turadi va takomillashadi. Takomillashganharakat texnikasi yuqori natija ko‗rsatish garovi bo‗lib unga sportchilarning tinimsiz ter to‗kishi orqali erishiladi. Sportchining jismoniy tayyorgarligini ortishi yoki uning gavdasi tuzilishi (anatomiyasi), boshqacha aytganda jismoniy rivojlanganlikni ko‗rsatuvchi ko‗rsatkichlarning turli- tumanligi (son suyagini kaltali yoki uzunligi, elka suyagi o‗lchamining turli xilligi va h.k.) sport turi jismoniy mashqlar bajarish texnikasini asosini uning zvenolari yoki detallarini o‗zgarishiga, almashishiga sabab bo‗lishi mumkin.
Texnik tayyorgarlik. Har xil sport turlarini texnik elementlarini, hamda tayyorgarlik mashqlarini o‗rganish.
Bu etapda harakat texnikasini turg‗unlashtirish shart emas, lekin malum sport natijalariga erishishga, harakat ko‗nik-masini egallashga qaratish shuning uchun bu etapda har tomonlama texnik tayyogarlikni vujudga keltirishadi.
Musobaqa faoliyatini sportchilar tomonidan shu sport turi uchun maxsus bo‗lgan harakat ko‗nikma va malakalari turi bajara oladigan holatdagina amalga oshirishi mumkin. SHu sababli harakat texnikasini o‗rganishda harakat ko‗nikmasini malakaga aylanishi sport turi uchun eng kerakdir.
Taktika - so‗zining ma‘nosida – nazariya, amaliyotni tuzishda va maxsus faoliyatni o‗tkazishda, prinsiplarga asoslangan aniq to‗qnashuv holatlarida, sxema va qonun qoidalar xulq – atvorida, alohida qoidalardan chiqqan holda shakllanishdagi maqsadlarga erishishdir. Umumiy qilib aytganda, taktika strategiyaga bo‗ysunadi.
Sport taktikasini qisqa qilib sportda bahslashish sanati deb tariflash ham mumkin. Kengaytiribroq aytganda, sport taktikasi, birinchidan, sportchilarning imkoniyatlarini, raqibning xususiyatlarini hamda
musobaqalarning aniq shart-sharoitlarini hisobga olgan holda musobaqalarda qatnashishni maqsadga muvofiq keladigan rejani ishlab chiqishdan: ikkinchidan, sportning imkoniyatlarini mumkin qadar to‗larok namoyon etadigan baxs yuritish vosita va usullaridan foydalanish yo‗li bilan bu rejani amalga oshirishdan iborat.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin