“gandbol tarixi va o‘yin qoydalari”



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə25/31
tarix22.05.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#119659
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
iXaL3CdFghVEmKjN155

Guruh harakatlari.


Himoyachilarning guruh bo‗lib harakat qilishi, jamoa o‗yinining asosidir. To‗siqlarga qarshi harakat qilishda, to‗p bilan o‗tishga to‗p otishga qarshi kurashda, raqiblar son jihatdan ustunlikka ega bo‗lganda shunday harakatlarni qo‗llash zarurdir.
Himoyachilar asosan uch holatda harakat qilishga tayyor bo‗lishlari kerak: son jihatdan teng bo‗lganda (2x2, 3x3 va yana boshqalar), hujumchilar son jihatdan ustun-likka ega bo‗lganda (2x1, 3x2 va yana boshqalar).
Son jihatdan teng bo‗lish raqiblarning pozitsiyadan hujum qilishida uchraydi; himoyachilar hujumni «straxovka» qilish harakatiga qarshi, qo‗shilish, guruhli to‗siq, sirg‗anib o‗tish va darvozabon bilan o‗zaro harakatda qo‗llaniladi.
«Straxovka» to‗p egallagan hujumchilarga qarshi qo‗llaniladi, himoyachilar hujumining xavfliroq bo‗lgan tomoniga siljishadi va bo‗sh bo‗lib qolgan zonani yopishadi. Agar himoyachi to‗p bilan bo‗lgan o‗yinchini to‗xtatish uchun chiqsa, u holda uning joyini unga yaqin bo‗lgan boshqa himoyachi egallaydi.
O‗tish – to‗siq yordamida harakat qilib yoki aldab o‗tib, to‗p otish xolatiga chiqmoqchi bo‗lgan hujumchilarni doimo nazorat qilishni saqlovchi asosiy usul bo‗lib hisoblanadi. U hujumchilarning joy almashinishidan iboratdir. Bunday joy almashtirishlar bir marta bo‗lishi mumkin, unda panohgohidan qutulgan o‗yinchini himoyachilardan biri oladi yoki o‗rin almashinishda ikki o‗yinchi qatnashsa, unda ikki o‗zaro harakat qiluvchi himoyachilar vasiylik qiluvchi o‗yinchilarini almashtiradi.
To‗siq yordamida qutulib, zonaga kirmoqchi bo‗lgan o‗yinchini zich ushlaganda sirg‗anib kirish qo‗llaniladi. Uning kirishiga yo‗l qo‗ymaslik uchun, himoyachi uni yaqin masofada kuzatishi kerak. Buning uchun o‗yinchi panohgohlik qiluvchi sherigi to‗siq sifatida foydalanishi uchun orqaga chekinadi va harakat qiluvchi himoyachini oldinga o‗tkazadi.
Guruh bo‗lib to‗siq qo‗yish to‗p otuvchi hujumchiga qarshi hujum qilgan holatlarda ishlatiladi va uni bir-biriga yaqin joylashgan ikki-uch himoyachi amalga oshiradi.
Darvozabon bilan o‗zaro harakat to‗siq qo‗yuvchi himoyachilar bilan darvozabonning kelishib qilgan harakatlaridan iboratdir. Bunday holatda o‗yinchilar xarakati oldindan o‗zaro bo‗lishilgan vazifa shartini hisobga olib himoyachi oxirgi pozitsiyani egallaydi. Ko‗pincha to‗siq qo‗yuvchi himoyachilarga darvozaning ularga yaqin burchagini berkitish yuklanadi.
Raqiblar son jihatdan ustunlikka ega bo‗lib qolgan holatda, himoyachilar avval hujumning rivojlanishini to‗xtatishga harakat qilishlari kerak. Ikki himoyachi uch hujumchiga qarshi kurashda quyidagicha ish tutmog‗i lozim. Agar to‗p burchakdagi hujumchida bo‗lsa, unga yaqin himoyachi hujumga o‗tadi, boshqasi esa xavfli bo‗lgan zonani taxminan darvoza qarshisining markazida egallaydi. Agar to‗p o‗rtadagi o‗yinchida bo‗lsa, unga himoyachilardan biri hujum qiladi, ikkinchisi esa qolgan ikki hujumchiga baravar bo‗lgan oraliqdagi xolatni egallaydi.
Agar jamoa son jihatdan kamchilikni tashkil qilsa (5x6), u holda himoyachilar to‗p bilan hujum qilayotgan tomonga zichlashishi tufayli qarama-qarshi tomonda bo‗sh o‗yinchini qoldirishga imkon yaratadi. Demak, son jihatdan kamchilikni tashkil qilish himoyachilarni to‗p yo‗nalishi tomon siljishga majbur etadi. O‗yin davomida son jihatdan ustunlik holatidan to‗g‗ri foydalanish zarurdir. Agar jamoada olti himoyachi besh hujumchiga qarshi o‗ynasa, u holda bo‗sh qolgan himoyachi, markazda darvoza qarshisiga
joylashadi va boshqalarni «straxovka» qiladi yoki raqiblardan to‗pni olib qo‗yishga intiladi.
O‗yinning ayrim hollarida to‗p bilan bo‗lgan o‗yinchini ikki himoyachi bilan hujum qilishini qo‗llash mumkin.



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin